Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
132 atalmish mamlakatni ertaklarda tasvir etilgan qizil ajdaho saltanati kabi deb bilar edilar. Ota-onalarining Vatani bo‘lmish yurtini bosib yotgan bu ajdahoning boshlarini uzguvchi bir bahodir chiqarmikin, deb ular ham orzu qilar edilar. Faqat suratlarinigina ko‘rgan bu yurtga ularning dillarini qandaydir bir kuch tortib turardi. Bir kuni dadalari hasratli ohangda: — Yulduzlarim, kindik qonlariniz buraya to‘kilmish o‘lsa-da, chin Vatanlaringiz O‘zbekistondir. O‘zbekiston — bizim galbimiz, bizim umidimiz yulduzidir. Olloh jannatdan bir ulush olib, bizim ajadodlara Vatan qilib vermish ekan. Bu Vatan — O‘zbekistondir. Manda tunda Vatan, deb ko‘z yumiyurman, subhi sodiqda esa yana Vatan, deb ko‘z ochiyurman. Ollohning nomidan so‘ng eng suyukli so‘z men uchun Vatan — O‘zbekiston! Vaqti kelibkim, barcha so‘zlarimni yoddan chiqarsalaringizda, mening bu so‘zlarimni unutmakdan tiyiliniz, — degan edi. Muzaffarxon Vatanga yo‘l ko‘rsatar, degan umidda yo‘lchi yulduz — tong yulduziga umid qilib, qizining ismini Cho‘lponoy qo‘ygan edi. Qizlar bularni bilishardi. Bilishgani uchun ham O‘zbekistonga kelin bo‘lib borajaklari haqidagi xabarni bir oz xavotir, ayni damda jindek shodlik ila kutib oldilar. Ularning xavotirlari qizil ajdaho egallab yotgan yurtga borishdan bo‘lsa, shodliklari «bizim bahonamiz ila ota-onamiz Vatanga yetishurlar, yulduzlari chindan-da chaqnar», degan o‘yda edi. Bo‘lajak kuyov bolalar bilan tanishib, gaplashishgach, xavotirlari ancha chekindi. Bo‘lajak qaynotalarini qanday yumushlar bilan band ekani, Tangri bu yumushlar evaziga qanday ajrlar tayyorlab qo‘ygani, ular uchun shubhasiz mavhum edi. Bu yoruq olamda yashab turgan odam, istiqomat yeridan, sig‘inayotgan dinidan qat’i nazar, biron joyga bormoq istasa, aqli yetgan darajada rejalar tuzadi. Biroq, Ollohning istagi tamoman o‘zgacha bo‘lmog‘i mumkinligini o‘ylab ko‘rmaydi. G‘ofil banda mo‘ljalidagi tadbiru rejalari amalga oshmasa-da, yana o‘z aqlining mahsuli bo‘lmish tadbirlaridan umid qilaveradi. Donolar deb ekanlarkim: «Qul tadbir oladi, biroq, taqdirning qaysi markazda bo‘lishini bilmaydi. Tadbir esa Yaratganning taqdiri ro‘parasida mahv etilajakdir». Vatan havosining gadosi Muzaffarxon ham, Guluzor begim ham o‘z tadbirlaridan baxt kutgan nodon qullardan edilar. Roviylar derlarkim: Ibrohim Adham Balhda podshohlik martabasida ekanida ovga chiqib, bir jayron izidan ot solibdi. Jayron bechora qochaveribdi, u esa quvaveribdi. Ot charchab, holdan toygach, jayron to‘xtab, inson singari tilga kirib, debdiki: «Quvishni bas qilsang-chi, ey g‘ofil banda! Sen bu ish uchun yaratilmagansan. Seni Olloh meni ovlamog‘ing uchun bor etmadi. Menga yetib olib, ovlagan taqdiringda nimaga yetishasan?» Bu gapni eshitgan Ibrohim Adham haqiqatni anglab, podshohlik liboslarini cho‘ponlik kiyimlariga almashtirgan ekan. Afsus shuki, bu haqiqatni anglamak baxti ham barchaga nasib etavermaydi. Ota-onalarining tadbirlari tufayli baxtga yetishajaklariga ishongan ikki qiz charchagan bo‘lishlariga qaramay uxlay olishmadi. Oy nurida yaltillagan shilliq qurtdan quyosh yasab bo‘lmaganidek, ota-onalarining tadbiridan baxtga yetisholmasliklarini anglab yetmagan qizlarning har biri bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘zlaricha tahlil etardilar. Qizlarini ko‘zlarining ikki gavhari singari avaylagan Muzaffarxon ularga yuqori maqomda odob bermoq maqsadida islomni qabul qilgan nemis ayolini tarbiyachilikka yollagan edi. Fizika ilmidan e’tiborli olimalardan hisoblangan frau Xelga islomning ilmiy mo‘’jizalari bilan tanishgach, universitetdagi vazifasini tark etgan, hatto ismini «xonim Xadicha» deb o‘zgartirgan edi. Tarki dunyo qiluv niyatidan uzoq bo‘lmish bu ayol ilmdagi yolg‘on, noto‘g‘ri yo‘nalishlardan yiroq yurmoqni istagan edi. Muzaffarxon ham zamonni, ham islomni biluvchi ayolning qizlariga tarbiya bermog‘ini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling