Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet129/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
Ay, dunyoga sig‘magan bolam, 
Ay, dunyoning bevafoligin 
Go‘daklikdan ilg‘agan bolam... 
Elchin bu satrlar qaerdan quyilib kelayotganini bilmadi. Barmoqlari lozim pardalarni 
o‘zlari topganlari kabi, til ham zarur satrlarni o‘zi bayon qilardi: 
Qaydan kelib, qayga yo‘qolding, 
Achchiq-achchiq o‘ylarga solding, 
Onangning yo mening gunohim 
Qay birining kasriga qolding. 
Noilasining o‘limidan so‘ng qamoqxonada taqdiri hal bo‘lishini kutib yotganida xuddi 
shunga o‘xshash marsiya quyilib kelgan edi. Xayolida tug‘ilgan marsiyaning so‘zlari, kuyi 
tilga chiqmay, buning evaziga ko‘z yoshiga aylanib yonoqlarini yuvgan edi. 
Bu safar ham shunday bo‘ldi. Ko‘z yoshlariga singgan marsiyadan yonoqlari kuydi. 
Uyg‘ongan dardini esa yana qalbiga dafn etdi. 
2 
Erining qarindoshlari aytib ketgan gap Zaynabning hamiyatiga tegib, g‘azabini uyg‘otdi. 
U «nogiron erni kim olib ketadi?» degan muammo uyg‘onar, deb sira o‘ylamagan edi. 
«Bunaqa notavonni boshimga uramanmi, battar bo‘lsin, kim olib ketsa-olib ketaversin. 
Xudoning o‘zi meni undan qutqardi. Yosh umrimni xazon qilib jinnimanmi, endi 
xohlaganimga tegaman...» deyish u yoqda tursin, bunaqa bema’ni gaplar hatto xayoliga 
ham kelmagan edi. Otasi kabi o‘jarlik g‘azab o‘tlarida yonib tursa-da, onasi singari 
tobelik, erga itoat uning hamishalik yo‘ldoshi edi. To‘g‘ri, u Jamshidni sevdi. Ammo hayo 
qo‘rg‘onidan chiqmadi. Bu tarzda sevmoq ayb emas, balki juvonning o‘zi uchun mislsiz 
bir azobdir. Qora dorining xumori kuchi bilan Mardona boshlagan botqoqqa qadam 
qo‘ydi, biroq, botmadi. Chunki ona tomonidan ham, ota tomonidan ham yetti pushti toza 
edi. Kishining aqli bovar qilmas nasl quvvati uni saqladi. Eri o‘lib ketgan taqdirda ham 
uning ruhi ro‘parasida vijdoni qiynalmas edi. 
Eri o‘lmay qoldi. Qo‘lsiz, oyoqsiz, tilsiz bo‘lsa ham eri bor. Zaynab buning uchun 
Yaratganga shukr qilmasa ham, xotinlik majburiyati yuzasidan notavon erga qanoat 
etmog‘i lozimligini bilardi. Bila turib, uni parvarishlashga hozirlik ko‘rardi. 
Bo‘lajak zahmatlarga o‘zini ruhan tayyorlagan damda qandaydir qarindoshlar erini olib 
ketishmoqchi bo‘lishsa? Ularning bu harakatlarini Zaynab o‘zi uchun haqorat deb bildi. 
«Kimsan, Asadbekning yolg‘iz qizi bo‘lsa, erga qaramaydi, xorlaydi» — Zaynabning 
nazarida ular do‘xtirga shunday deb, o‘z da’volarini asoslashga urinishgan. Juvonning 
alami aynan shundan edi. «Erimni olib chiqsammi yo yo‘qmi?» deb ikkilanganida ham 
ularning bu harakatlari, bu gaplari g‘azabini qo‘zg‘otmagan bo‘lardi. 
Bu gap-so‘zlar bo‘lib o‘tganda Manzura Olmoniyada edi. Uning qaytishini sabrsizlik bilan 
kutayotgan Zaynab hasrat daftarini varaqlab, onasiga dardlarini aytish umidida edi. 
Akalarini nima sababdandir Moskvada qoldirib kelgan onasi, kelin ayalarining yuzlaridagi 
ma’yuslik uni bu harakatdan to‘xatdi. 
Hasrat daftarining ochilmaganiga yana bir sabab bor edi. O‘sha kuni erining 
qarindoshlaridan g‘azablanib, ota uyiga qaytdi-yu, yuragi toshib ketaverdi. Uyga ham, 
hovliga ham sig‘madi. G‘oyibona bir kuch uni shifoxonaga tortaverdi. Shunda otasi 
ziyofat berganda xizmat qiladigan oshpazni chaqirtirdi-da, dimlama pishirtirdi. Shomga 
qolmay qaynoq ovqatni ko‘tarib, shifoxonaga jo‘nadi. Uning nazarida uydagi dimlama 
pishguncha erining qarindoshlari ishni pishitib, uni olib ketishganday edi. Eri yotgan 
xona eshigini ochib, uni joyida ko‘rguniga qadar yuragi hapriqib ketaverdi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling