Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet128/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
o‘tirardi. Hozir bunday zo‘raki suhbatga xohish ham, quvvat ham yo‘q edi. 
Hamshira kirib, bir-biriga tikilib turgan er-xotinning unsiz suhbatini uzdi. 
— Ertalab eringizning jiyanlari kelishuvdi. Professorga ham uchrashishdi. «Javob 
tegadigan bo‘lsa olib ketamiz», deyishdi. Professor aytdilarki, buni faqat siz hal qilar 
ekansiz? 
Bu gapni eshitib, Elchinning qalbi bir qalqib tushdi. O‘zi ham sezmagan holda xotiniga 
najot ko‘zlari bilan qaradi. Yaqinginada xotinining javobini berib, uni Jamshidning 
ixtiyoriga uzatishni o‘ylab yotgan Elchinning yuragi «Yo‘q!» deb faryod urganday bo‘ldi. 
Ayni faryod Zaynabning ko‘kragini zirillatdi. Chuvrindining xotini «Boyaqish oyoq-qo‘lsiz, 
tilsiz nima qiladi, bu azoblardan ko‘ra Xudo jonini ola qolmaydimi?» deganida Zaynab 
undan ranjigan edi. «Oyoqsiz-qo‘lsiz bo‘lsa ham u mening erim-ku?!» degandi. «Endi 
jiyanlari ega chiqishmoqchimi? — deb o‘yladi Zay- nab. — Ha... xotini tashlab 
ketadi, xor qiladi, deyishayotgandir-da...» Zaynab xayolida uyg‘ongan bu fikrni 
hamshiradan eshitganday, unga norozi qiyofada qa- radi: 
Bu kishi mening erim, bilasiz, a? — dedi zardali ovozda. Bu ovozda Asadbekning ruhi 
sezilib, Elchin yengil titrab oldi. Zaynab eridagi o‘zgarishni sezmay, hamshiradan, 
ko‘zlarini uzmaganicha gapini davom ettirdi: — Bu kishining uylari bor, oilalari bor. 
Jiyanlari yana kelishsa shunday deb qo‘ying. Ruxsat tekkan kuni o‘zim olib chiqaman. 
Siz esa... — Endi Zaynabning ovozidagi qat’iylik kuchaydi. — Aytilgan ishni qiling: 
kasalning oldiga har xil qalang‘i-qa-sang‘ilarni qo‘yavermang. 
Zaynab «to‘g‘ri qilamanmi?» deganday eriga qaradi. Undagi otasiga xos mardlik 
Elchinning ruhini tamomila parcha-parcha qilib tashladi. Ko‘zlari yoshga to‘lib, kipriklari 
pirpiradi. Zaynab erining bosh tomonidagi stulga o‘tirib olgach, qo‘lidagi tugunni yechdi. 
Qaynog‘i salgina bosilgan qaynatma sho‘rvadan ichirmoqchi bo‘ldi. Zaynab «bu kishi 
mening erim» deganidayoq ko‘kragida uyg‘onib, bo‘g‘ziga qadalganicha turib qolgan 
faryod sho‘rvaga yo‘l berarmidi? Zaynabning zo‘ri bilan ikki qoshiqni amallab ichdi-yu
bosh chayqab «ichmayman» ishorasini qildi. 
— Do‘xtir «kuchliroq ovqatga o‘tish mumkin», dedi. Ertaga dimlama qilib kelaymi? — 
deb so‘radi Zaynab. 
Hamma erkaklar «o‘ldirsa ham palovxonto‘ra o‘ldirsin», deganda Elchin «taomlarning 
podshosi dimlama», deb hisoblardi. Ba’zan hafsala qilib ikki kishilik dimlama tayyorlardi. 
Zaynab shifoxonada yotganida ham faqat dimlama pishirib kelardi. 
— Sizchalik shirin pishirolmasam ham urinib ko‘raman, — dedi Zaynab jilmayib. Bu 
jilmayish Elchinning ilinib turgan jonini joyiga qaytardi. U shukrona ma’nosida yengil 
xo‘rsindi. Shu xo‘rsinish bo‘g‘zida tosh kabi tiqilib turgan faryodni yo‘qot- di-yu, 
Elchin ham xotiniga jilmayish bilan javob berdi. 
Zaynab ketganidan so‘ng Elchin o‘zini soppa-sog‘ his qildi, o‘rnidan turmoqni, qanot 
chiqarib uyga qarab uchmoqni istadi. 
Tunda esa shirin bir tush ko‘rdi: tog‘ning lolazor bag‘rida Zaynab bilan quvnab 
yurganmish. Zaynabning qo‘lida shirin bir bola emish. «Bu kimning bolasi?» deb 
so‘rarmish Elchin. «O‘zimizniki» — Zaynab shunday deb quvnarmish. «O‘lik tug‘ildi», 
deyishgandi-ku?» «Sizni aldashgan». Elchin ham quvnab-quvnab yayrabdi... 
Uyg‘ondi-yu, ko‘ngli yana xiralashdi. O‘lik tug‘ilgan bolasini ko‘mgan kuni o‘z-o‘zidan 
tilga kelgan marsiyani esladi. Elchin o‘sha kuni yolg‘iz o‘zi uyiga qaytib, beixtiyor tarzda 
qo‘liga tor olgan, o‘ziga bo‘ysunmagan barmoqlari «Girya»ning pardalarini topishni iroda 
etgan edi. Kuyga monand ravishda yig‘lagisi kelgan, ammo yig‘lay olmagan edi. 
O‘shanda «Girya» tinib, undan-da ma’yusroq kuy tarala boshlagan edi, tilidan esa 
undan-da qayg‘uliroq satrlar uchgan edi. 
Ay, bag‘rimni tig‘lagan bolam, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling