Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
95 yelkasini tutdi. Ayol yigitga suyanganicha, chap oyog‘ini bosolmagani sababli, hakkalab yurib ichkari kirdi. — Siz bilan men hozir borib shularni orqaga qaytarishimiz kerak. Borasizmi? — Nozir shunday deb savol nazari bilan qaradi. Zohid bu savol zamirida sinov borligini fahmlab, «o‘zingiz bilasiz» degan ma’noda yelka qisib qo‘ydi. Dam o‘tmay, haligi ayol yigitga suyanmagan, hakkalamagan holda chiqib keldi. Chap oyog‘ini sal ehtiyotlab bosayotgani hisobga olinmaganda hozirgi majruh ayol shu, deyilsa birov ishonmas edi. Zohid ajablanib: — Bo‘ldimi? — deb so‘radi. — Bo‘ldi, — dedi kapitan Temirov mamnun ohangda. Uning yorishgan chehrasini ko‘rgan Zohid «Xuddi o‘zi davolab, qoyil qilganday quvonadi-ya!» deb o‘yladi. — Oyog‘i chiqqan ekan-da, — dedi nozir tabobat sirlarini yaxshi biluvchi odamning ohangida. — Singan bo‘lganida to joyiga solib bog‘laguncha uch-to‘rt daqiqa vaqt ketardi. Endi xohlasangiz borib surishtiring: bergan bo‘lsa bir so‘m, juda boyvachchaligi tutgan bo‘lsa uch so‘m bergandir. G‘alamislar aslida shunisiga chidasholmaydi. Tabib boyib ketyapti, deb o‘ylab ichlarini it tatalaydi. Siz bir so‘m bilan boyib ketgan tabibni ko‘rganmisiz? Men ham ko‘rmaganman. Odamning joni og‘rib turganida ko‘ziga pul ko‘rinmaydi. «Mana, ming so‘mni olingu tuzating», deydi. Og‘riq to‘xtagach, ming so‘mni ataganini unutib, «qo‘l haqi» deb bir so‘mgina tashlaydi. Shunda ham mardlari tashlaydi o‘sha so‘mni. Bir tanga tashlab ketadiganlarni o‘zim ko‘rganman. G‘alamislarga shuni aytsam ishonishmaydi. Ularning nazarida bu xonadonga bosh urib kelgan odam borki bir-ikki mingdan tashlaydi. — Belgilab qo‘ygan narxlari yo‘qmi? — Qanaqa narx? — Nozir shunday deb unga «esing joyidami, uka?» deganday qarab qoldi. — Chiqqanni solishga buncha, singanga muncha, — deb izoh berdi Zohid. — E, — Temirov hafsalasi pir bo‘lib qo‘l silta-di. — Ba’zi bir xil do‘xtirlarda bo‘ladi bunaqa gaplar. Tabib berganni oladi. Do‘xturga o‘xshab ming‘irlamaydi, aksincha, shifo tilab duo qiladi. Zohid bu yerda kun bo‘yi kelib-ketuvchilarning sanog‘iga yetmay qoldi. Kuniga shuncha odam mayib bo‘ladi, deyilsa ishonmasligi tayin edi. Agar boshqa dahalarda ham tabiblar mavjudligi, do‘xtirxonalarga ham murojaat etuvchilar soni hisobga olinsa, odamning hayrat to‘riga o‘ralib qolishi tayin. Kapitan Temirov moshtabiblarning tarixi, ta’rifu tavsifini o‘zi bilgani qadarli aytib tugatgach, «Endi uka, mening bir zarur ishim bor, rov boramanu rov kelaman», deb ketdi. «Rov borib-kelishi»ni Zohid uzog‘i bilan yarim soatli muddat deb o‘ylab yanglishgan edi. Kun tikkaga kelib, tashnalikka qo‘shilgan ochlik zabtiga olganda ham Temirovdan darak bo‘lmadi. Shunda Zohid bu ko‘chada behuda poyloqchilik qilaverib bezgan nozirning ahvolini tushundi. Ochlik, tashnalikka ham chidash mumkin edi-ku, biroq o‘tgan-ketganlarning nazarlariga toqat qilish qiyin kechdi. Kun peshindan oqqan mahalda kapitan qog‘oz xaltada somsa, shishada ma’danli suv keltirdi. Zohid taomlanish uchun ham bu ko‘chani tark etmoqqa haqqi yo‘qligini bilib, ortiqcha savol bermadi. — To‘xtatmay olavering, men qozonboshida to‘ydim,— dedi Temirov shishaning tunuka qopqog‘ini ochib. Kapitan olib kelgan somsaning nomi ko‘p edi. Ayrimlar lo‘nda qilib «quloq-burun-bo‘g‘iz» deb somsaning nimalardan tayyorlanganini ta’kidlashsa, ba’zilar piching ohangida ulug‘lab «dumba-jigar» der, birovlar esa kulki ohangida «itlarning quvonchi» deb ta’rif qilar, boshqalari oddiygina «to‘rt tiyinlik» deb qo‘ya qolishardi. Zohid bugungi ahvoliga qiyosan som-saning quvonchga taalluqli ta’rifi to‘g‘riroq, degan to‘xtamga kelib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling