Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
Aytsa ham mayli, keyingi xatiga meni ham tiqishtiribdi. Sal qoldi urilib ketishimga. Bitta 
yulduzni, — Nozir pogoniga ishora qildi, — o‘shanda kamaytirishdi. Bu qiztaloqlar 
pichanga bog‘lab qo‘yilgan itga o‘xshashadi. O‘zlari ham yeyishmaydi, birovga ham 
bergilari kelmaydi. Xo‘ja-yinlar ham qiziq, uka, men aniq bilaman, oldingi katta 
xo‘jayinni shu odam shifolagan. Bu odamning yaxshi tabibligini hammalari bilishadi. 
Lekin baribir g‘alamis xat kelsa pitirlab qolishadi. «Xat ro‘yxatdan o‘tgan, chora ko‘rish 
kerak», deb buyruq beraverishadi. Shifo topgan ular-u, shu xat orqali baloga qolgan 
menman. Hozir davr shunaqa bo‘lib qolgan, uka, bilib qo‘ying. Ana endi ikkalamiz uch-
to‘rt kun ko‘chada qoqqan qoziqdek o‘tiramiz. O‘tgan-ketganlar ichlarida so‘kadilarmi, 
har holda nima deyishsa deyishar. Basharamizga tupurib o‘tishmagani uchun do‘ppimizni 
osmonga otsak ham arzir. Uka, siz shu sohani tanlabsiz, bilib qo‘ying: mana shunaqa 
ishlar milisani odamlar ko‘ziga balo qilib ko‘rsatib qo‘yadi. Shu jamiyatning ishlariga ham 
qoyil qolmayman ba’zida. 
— Qoyil qolmasangiz ham shu jamiyatga xizmat qilyapsiz-ku? — Zohid shunday 
deyishga dedi-yu, notanish, sinalmagan odamning xafa bo‘lishi yoki achchiqlanishi 
mumkinligini hisobga olmaganini fahmlab, unga xavotir bilan qarab qo‘ydi. Baxtiga nozir 
ranjimadi, achchiqlanmadi ham, aksincha, yengil «uf» tortdi-da: 
— Tirikchilik shu bo‘lganidan keyin har qanaqa xizmatni qilaveramiz-da, — dedi. — 
Aslida men bu kasbni ishqiboz bo‘lib tanlamaganman. Harbiydan qayt-ganimda 
komsomol yuborgan. O‘qiy desam, uquvim yo‘q edi, biror hunarga ham qiziqmabman. 
Sizning yo‘rig‘igiz boshqa. O‘zingiz yaxshi ko‘rib, o‘qib kelyapsiz. Sizga o‘xshaganlar 
ko‘paysa mendaqalarga non qolmaydi. 
Hali uylanmagan g‘o‘r yigitga hasratini aytib borayotgan nozirning taqdiri yurib 
borayotganlari eski shaharning eski ko‘chalari kabi edi. Jin ko‘chalarning joni yo‘q — 
hademay buzilib, o‘rinlarida yangi yo‘l tushajagidan xavotirlanishmaydi. Nozirning taqdiri 
nochorroq... 
Jin ko‘chalardan o‘tib borayotgan Zohid o‘z taqdiriga oid bir masalani kashf etdi: o‘qishni 
tamomlagach, shunchaki bo‘sh bir o‘ringa kelmaydi. Balki xizmatni «tirikchilikda» deb 
hisoblovchi aynan shu odam o‘rniga ham kelishi mumkin. Shunda tirikchilik tashvishi 
bilan yurgan yana bir boshqa odam unga ola qaramaydimi? Bora-bora Zohidning o‘zi 
ham o‘zgarmaydimi? «Adolat uchun kurashaman!» degan shiorini tirikchilik libosi bo‘g‘ib 
tashlamaydimi? Vaqti kelib o‘rnini yosh yigitga bo‘shatayotganida uni qanday his 
chulg‘aydi: «Xudoga shukr, adolatga yetishdim», deydimi yo shu odam kabi «tirikchilik 
ekan-da, uka», deb xo‘rsinadimi? Yoki «yana uch yilgina bo‘shatmay turishsa uyning 
chalasini bitkazib olib, o‘g‘limning to‘yini ham o‘tkazib, qutular-dim-a», deb 
afsuslanarmikin? 
Bozordan o‘tib, tramvay saroyining orqa tomonidagi ko‘chaga burilishganida nozir 
Temirov: 
— Shu muyulishga kapa tikib o‘tiramiz. Chapdan ikkinchi eshik Moshtabibniki, — dedi. 
— Uylariga kirmaymizmi? — deb so‘radi Zohid. 
— Nima qilamiz kirib? — Nozir ajablanib Zohidga qaradi. 
— «Tabiblikni yig‘ishtiring», deyishimiz kerakmi? Vazifamiz shunaqami? 
— Vazifa-ku, shu. Lekin kirmaymiz. Eng muhimi — shu yerda qoqqan qoziqdek 
turishimiz kerak. Xat yozgan g‘alamislar formali odamlarni ko‘rishlari shart. «Xatim 
inobatga olinibdi» deb quvonishsin. Besh-o‘n kun tinchib o‘tirishadi. Xo‘jayinlar ham 
«chora ko‘rildi» deb hisob berishadi. Keyingi xat yozilib, kerakli joyga borib tushguncha 
biz ham dam olvolamiz. 
Shu paytda ular yaqinidan yashil «Jiguli» o‘tib, tabibning eshigi ro‘parasida to‘xtadi. 
Mashinaning old o‘rindig‘idan tushgan yigit orqa eshikni ochib, yoshi o‘tgan ayolga 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling