Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
92 — Yo‘qlar, desam, ostonaga o‘tirib oldi. «Yarim kechada kelsalar ham poylayman», deydi. Kesakpolvon yana g‘o‘diranib so‘kindi-da, yigitga ergashib ko‘chaga chiqdi. — Ha, singil, keling. Nima ishingiz bor menda?— dedi uni tanimaganday. — Men... Mirodil akaning ayollariman, — dedi juvon unga najot ko‘zi bilan qarab. U «Ie, ukaxonimizning ayolimisiz, tinchlikmi, nima gap?» degan shirin gap kutgan edi. Biroq boshqa ohangdagi boshqa gapni eshitdi: — Kim? Mirodil deysizmi? Sen taniysanmi shunaqa odamni? — dedi Kesakpolvon orqasidagi yigitga o‘girilib. — Eringiz qaerda ishlaydi? — U kishi... sizda... — Menda? Men taksi kooperativining xo‘jayiniman. Menda Mirodil degan bola yo‘q. Siz adashganga o‘xshaysiz, singlim. — Siz... to‘yimizga borgansiz... — Men kunda o‘nta to‘yga boraman. Xo‘p, nima dardingiz bor, eringizni ishga olaymi? — Yo‘-o‘q... adamiz besh kundan beri uyga kelmaydilar. Milisa ham surishtirib qoldi. — O‘h-ho‘, singlim, milisa aralashgan ish bilan mening oldimga kelmang. Eringiz uyingizga qaytmagan bo‘lsa, milisa biladi, darrov milisaga uchrang. Men eringizni tanimayman, bora qoling. Ikkinchi bu ko‘chadan o‘tmang. Ayol ro‘parasidagi jonzotning odammi yoki shayton ekanini farqlab olmoqchiday unga bir oz tikilib turdi-da, so‘ng asta orqasiga o‘girildi. Kesakpolvon «qarasang qarayver, kimligimni ikki dunyoda ham bilolmaysan», degandek uning tikilishiga monelik qilmadi. Jala kuchdan qolgani bilan, yomg‘ir tinmagan edi. Ayol yomg‘ir tomchilarining kuztuvida yurib borardi. Erining joni arzonga ketdi. Kunda uch-to‘rt mahal ovqat, necha o‘n yoki yuz yutum aroq, vino... vassalom. U «akaxon, xizmatingizda bo‘lay», deb huzuriga kelgan edi. Aslida «muhtaram jon olg‘uvchi akaxonim, siz jonimni olingu evaziga meni boqing», desa ham bo‘laverardi... VIII b o b 1 Uyga kechroq qaytgan Zohid jiyanini ko‘rdiyu yuragi qandaydir noxushlikni sezganday uvishdi. O‘g‘lini uxlatib chiqqan Fotimaning ko‘z qarashlarida ham g‘alati besaranjomlikni ilg‘aganday bo‘ldi. Jiyanidan «opam, pochcham, ukalaring yaxshimilar, katta hovliga o‘tib turibsanmi, buving, opoq dadang sog‘-salomatmilar?» deb so‘ragach, «Tinchlikmi?» degan so‘rog‘iga «Tinch-lik, o‘zim shunchaki bir aylanib keluvdim», degan ko‘ngil tashvishini bosuvchi javob kutdi. Yoshi hali o‘n beshga yetmagan o‘smirning daladan shaharga «shunchaki aylanib kelishi» mumkinmasligini bilsa ham o‘zini shunday javob bilan ovutishni istadi. Jiyani dilga orom bera oluvchi gapni aytishga ulgurmay xotini uning umidini chippakka chiqarib qo‘ya qoldi: — Peshindan bu yog‘iga ishxonangizga ming martacha qo‘ng‘iroq qilgandirman. Voy... — xotini shunday deb ko‘kragiga qo‘lini qo‘ydi. — Hozir yuragim yorilib ketadi. Barcha ayollarga in’om etilgan vahima kasalidan Fotimaning ham bahramand ekani Zohidga ma’lum. Do‘konda bir soat navbatda turib sut yetmay qolsa ham u eriga shikoyat qilib «hozir yuragi yorilib ketajagini» albatta aytadi. Bunaqa paytda Zohid «yurak ham sal narsaga yorilaverar ekan», deb kulimsirab qo‘yardi. Yurakning yorilishi haqidagi gapning ohangida hozir xavotir mavjudligi uchun Zohid kulimsiramadi. «Nima |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling