Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
— Yo‘qlar, desam, ostonaga o‘tirib oldi. «Yarim kechada kelsalar ham poylayman», 
deydi. 
Kesakpolvon yana g‘o‘diranib so‘kindi-da, yigitga ergashib ko‘chaga chiqdi. 
— Ha, singil, keling. Nima ishingiz bor menda?— dedi uni tanimaganday. 
— Men... Mirodil akaning ayollariman, — dedi juvon unga najot ko‘zi bilan qarab. U «Ie, 
ukaxonimizning ayolimisiz, tinchlikmi, nima gap?» degan shirin gap kutgan edi. Biroq 
boshqa ohangdagi boshqa gapni eshitdi: 
— Kim? Mirodil deysizmi? Sen taniysanmi shunaqa odamni? — dedi Kesakpolvon 
orqasidagi yigitga o‘girilib. — Eringiz qaerda ishlaydi? 
— U kishi... sizda... 
— Menda? Men taksi kooperativining xo‘jayiniman. Menda Mirodil degan bola yo‘q. Siz 
adashganga o‘xshaysiz, singlim. 
— Siz... to‘yimizga borgansiz... 
— Men kunda o‘nta to‘yga boraman. Xo‘p, nima dardingiz bor, eringizni ishga olaymi? 
— Yo‘-o‘q... adamiz besh kundan beri uyga kelmaydilar. Milisa ham surishtirib qoldi. 
— O‘h-ho‘, singlim, milisa aralashgan ish bilan mening oldimga kelmang. Eringiz 
uyingizga qaytmagan bo‘lsa, milisa biladi, darrov milisaga uchrang. Men eringizni 
tanimayman, bora qoling. Ikkinchi bu ko‘chadan o‘tmang. 
Ayol ro‘parasidagi jonzotning odammi yoki shayton ekanini farqlab olmoqchiday unga bir 
oz tikilib turdi-da, so‘ng asta orqasiga o‘girildi. Kesakpolvon «qarasang qarayver, 
kimligimni ikki dunyoda ham bilolmaysan», degandek uning tikilishiga monelik qilmadi. 
Jala kuchdan qolgani bilan, yomg‘ir tinmagan edi. Ayol yomg‘ir tomchilarining kuztuvida 
yurib borardi. 
Erining joni arzonga ketdi. Kunda uch-to‘rt mahal ovqat, necha o‘n yoki yuz yutum aroq, 
vino... vassalom. U «akaxon, xizmatingizda bo‘lay», deb huzuriga kelgan edi. Aslida 
«muhtaram jon olg‘uvchi akaxonim, siz jonimni olingu evaziga meni boqing», desa ham 
bo‘laverardi... 
VIII b o b 
1 
Uyga kechroq qaytgan Zohid jiyanini ko‘rdiyu yuragi qandaydir noxushlikni sezganday 
uvishdi. O‘g‘lini uxlatib chiqqan Fotimaning ko‘z qarashlarida ham g‘alati besaranjomlikni 
ilg‘aganday bo‘ldi. Jiyanidan «opam, pochcham, ukalaring yaxshimilar, katta hovliga 
o‘tib turibsanmi, buving, opoq dadang sog‘-salomatmilar?» deb so‘ragach, «Tinchlikmi?» 
degan so‘rog‘iga «Tinch-lik, o‘zim shunchaki bir aylanib keluvdim», degan ko‘ngil 
tashvishini bosuvchi javob kutdi. Yoshi hali o‘n beshga yetmagan o‘smirning daladan 
shaharga «shunchaki aylanib kelishi» mumkinmasligini bilsa ham o‘zini shunday javob 
bilan ovutishni istadi. Jiyani dilga orom bera oluvchi gapni aytishga ulgurmay xotini 
uning umidini chippakka chiqarib qo‘ya qoldi: 
— Peshindan bu yog‘iga ishxonangizga ming martacha qo‘ng‘iroq qilgandirman. Voy... — 
xotini shunday deb ko‘kragiga qo‘lini qo‘ydi. — Hozir yuragim yorilib ketadi. 
Barcha ayollarga in’om etilgan vahima kasalidan Fotimaning ham bahramand ekani 
Zohidga ma’lum. Do‘konda bir soat navbatda turib sut yetmay qolsa ham u eriga 
shikoyat qilib «hozir yuragi yorilib ketajagini» albatta aytadi. Bunaqa paytda Zohid 
«yurak ham sal narsaga yorilaverar ekan», deb kulimsirab qo‘yardi. Yurakning yorilishi 
haqidagi gapning ohangida hozir xavotir mavjudligi uchun Zohid kulimsiramadi. «Nima 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling