Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
90 olmasa ham taxtingni oladi. Bir paytlar cho‘talchi eding, kuning yana shunga qoladigan bo‘ldi...», deb o‘ylab, kulimsirab qo‘ydi. Keyin xayoliga qo‘qqis bir fikr keldi: «Maskovga ketgan O‘qilon chuvalchang bo‘lib qaytadi. Chuvalchangdan qo‘rqib o‘tiribmanmi?» Mazkur fikr vujudiga rohat berib, bu safar yayrab kerishdi. Kesakpolvon devor ichiga o‘rnatilgan po‘lat sandiqdagi boyliklarni, bu uy, bu qimmatbaho jihozlarni... hamma-hammasini o‘ziniki hisoblardi. «Shu boyliklarning egasiman», deb huzurlanardi. Nodon banda bu dunyodagi hech narsa uniki emasligini bilmasdi. Ha, hech nima! Hatto o‘zining gavdasi: bosh-ko‘zlari, qo‘l-oyoqlari... O‘ziga tegishli emasligini fikr ham qilib ko‘rmagan. Bularning barchasi vaqtincha o‘ziniki, aslida esa lahad qurtlariniki ekaniga aqli yetmaydi. «Mening boyligim» degan narsa esa jon chiqib, jasad lahad qurtlariga topshirilganda asqotmaydi. Divanda taltayib yotgan Kesakpolvon bularni o‘ylamaydi. Bunday o‘y uchun miyasida bo‘sh joy ham yo‘q. Bu kabi odamlarning og‘irligi to‘rt yarim kilodan ziyod bo‘lgan miyalarida loaqal zarra miqdoridagi ulush oxirat o‘yi bilan band bo‘lganida edi, hayot o‘zgacha tarzda kecharmidi, vallohi a’lam? Yo‘ldagi ko‘ngil noxushligi tarqab, Kesakpolvonning ichgisi keldi. Javonda o‘n-o‘n besh xil ichimlik xizmatga bel bog‘lab turibdi. Lekin ulardan birini olib ichmoq uchun divandan turmoq kerak, ikki yarim qadamli uzun masofani bosib o‘tmoq zarur, qo‘lni cho‘zmoq, shishani olmoq, qopqoqni ochmoq, piyolaga quymoq lozim. Kesakpolvon uchun bu yumushlar ancha mushkul tuyulib, osonroq yo‘lini topdi. Yotgan yerida: — Hov, bu uyda tirik jon bormi?! — deb baqirdi. Ikki nafas o‘tmay qo‘shimcha qildi: — O‘lib qoldilaringmi hammang! Taxminan bir daqiqadan so‘ng eshik ochilib, xotini ko‘rindi: — Yetib kelgunimcha chutli olamni buzib yubora-siz-a, — dedi u ostona hatlayotib. — Lopillamay tezroq yursang o‘lasanmi? — dedi Kesakpolvon zarda bilan. — Keldim-ku? Chut chto darrov baqirasiz. Nima, man sizga yosh kelinmanmi? — Ha, yaxshi, qariligingni bo‘yningga olding. — Ha, qariman, vaabshe starushkaman. Xo‘p, nimaga chaqirdingiz? — Quy, anavindan. — Qaysi biridan? — Erkakning xo‘rrozi «Napoleon»dan ichadi-da. Baquvvat qilib quyaver, bufetchilarga o‘xshab qo‘llaring qaltiramasin. Xotin piyolaga to‘ldirib konyak quyib, tortmadan shokolad olgach, eriga tutdi. Kesakpolvon ichib, shokoladdan tishlaganida: — Adajonisi, bugun sal neto‘roqmisiz? Uyga kirishga uspet qilmay baqirdingiz-a? — Baqirishim yoqmay qolgan bo‘lsa, ana, javobimni berib qo‘ya qol. — Kesakpolvon shunday degach, huzurlanib cho‘zildi. Xotini esa oyoq tomonga omonat o‘tir-di. — Menga qarang, chut chto «javobimni ber», deydigan bo‘lib qoldiyza. Shoshilmang, qutulib qolarsizam. Avval meni olib borib ko‘mib kelingda, ana, uch kundan keyin pojaluysta, uylanavering. — Shunaqami? — Kesakpolvon zaxarli iljaydi. Xotinining jig‘iga tegish uchun oyog‘ining uchi bilan yumshoq yeriga asta tepdi. — Uch kun kutadigan ahmoqmanmi men. Seni ko‘mib, uyga qaytishdayoq uylanaman. Senga janoza o‘qigan mulla yarim soatdan keyin meni nikohlab qo‘yadi. Xotin diydiyosini avjga chiqarish bahonasida og‘iz juftladi-yu, ammo «vot chto» deganicha qoldi. Kesakpolvon uni gapirtirgani qo‘ymadi: — Bo‘ldi, viji-viji qilaverma. Nima deysan, dardingni ayt. — Dard? Kakoy dard... — G‘ingshima. Sen bekorga ming‘irlamaysan. Nima, senam Leningradga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling