Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
88 gapirganday davom etdi: — Million do‘xtirdan bittasi qurisa dunyo kambag‘allashib qolmas, a? Nima deysan? Qozi xo‘jayinining maqsadini anglab ishshaydi: — Xo‘jayin, asli hisob-kitobni to‘g‘ri qilib qo‘yish kerakmikan? Do‘xtirning soni bitta ko‘p ekan? — Unaqada Bek akang kelgunicha hisobni to‘g‘ri qilib qo‘y. Kesakpolvon shunday deb eshikni ochdi-da, mashinadan tushib uy tomon yurdi. Xizmatga mahtal yigit esa qo‘llarini qovushtirganicha o‘zini chetga oldi. Qozi ham mashinadan tushib kalitni yigitga uzatdi-da, «o‘rtaga olib, yaxshilab art», deb buyurgach, boloxonaga chiqdi. 3 Mehmon kutishga mo‘ljallangan katta xonaning oynavand tomondagi oromkursilarni band etgan Kesakpolvonning xotini, qizi, kuyovi va xos sartarosh karta o‘yiniga shu darajada berilib ketgan edilarki, hatto eshikning ochilib-yopilganini ham sezmadilar. Kesakpolvon ostonani hatlab o‘tib, ularga bir oz qarab turdi. Qaynona bilan kuyov, Monika bilan sartarosh sherik bo‘lib, bir-birlarini yengmoq qasdida qarta tashlashardi. Pastak stolning chetidagi og‘zi ochiq konyak, billur qadahchalar ham Kesakpolvonning nazaridan chetda qolmadi. Avvaliga baqirib, so‘kib bergisi keldi. Lekin shu onda qulog‘iga kimdir «birinchi marta ko‘rayotganing yo‘q-ku, buni» deb shivirlaganday tuyulib, g‘azabini yutgandek bo‘ldi. «Yutgandek bo‘ldi», demog‘imiz sababi bor: Kesakpolvon bosh ko‘targan g‘azabni noumid qaytaruvchi nomardlardan emas. Hozir ham odatiga xiyonat qilmadi. G‘azab o‘qlarini sal qiyalatib, kuyovi tomonga otdi: — Vey, menga qara, kuyov bola, sening uy-puying bormi, xotining bilan uyingda o‘tirsang o‘lasanmi? To‘satdan yangrab, magnitofondan taralayotgan musiqa tovushini bosib ketgan bu ovozdan to‘rttovlari ham cho‘chib tushishdi. Monika barmog‘ida qistirig‘liq sigaretni shoshib kuldonga tashladi-da: — Oy, papul keldi, — deb o‘rnidan turdi. Bunaqa baqirishlarga ko‘nikib ketgan kuyov ham erinib, qo‘zg‘oldi. Monika tez-tez yurib kelib darg‘azab otasini quchoqladi. Kesakpolvon jahli chiqqanini yana bir karra ta’kid etmoq maqsadida qizini odatdagiday o‘pib, erkalamadi. — Papul bugun vne nastroeniyada, — dedi Monika arazlab. — Papanglar charchaganlar, — Kesakpolvonning xotini shunday deb unga yaqinlashdi: — Ha, adasi, tinchlikmi? Kesakpolvon xotiniga o‘qrayib qarab, xonasi tomon yurdi. — Hay, adajonisi, bir minutga to‘xtang, u nas novosti. Leningradda parikmaxerlarning mejdunarodniy vistavkasi bo‘layotgan ekan. — Vistavka emas, konkurs, — deb izoh berdi sartarosh. — Nu da, konkurs. I shu konkursga Gogik borishi kerak. — Borsa ana katta ko‘cha, qo‘lidan ushlab turganim yo‘q, — dedi Kesakpolvon ming‘irlab. — Kak eto «katta ko‘cha»? Bu prostoy konkurs emas, mejdunarodniy axir. I Gogik pobeditel bo‘lishi kerak. I Monika ham borishi kerak Leningradga. — Ha, qizing ham sartarosh bo‘lib qoldimi? — Nu zachem, adajonisi, Gogik Monikaning sochini pricheska qiladi. Kesakpolvon «Bor-e!» deganday qo‘l siltab, xonasiga kirib ketdi. Divanga yonboshlagan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling