Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
taqdiriga tan berganicha nozirning «ziyofati»dan bahramand bo‘ldi... 
O‘sha kuni bemorlarni kuzatib chiqqan Moshtabib ular tomon qarab-qarab qo‘ydi-yu, 
e’tibor bermaganday ichkari kirib ketaverdi. 
Otasining otdan yiqilib yelkasi singani haqidagi noxush xabardan gangigan Zohidning 
tashvishi Moshtabibni topib, qishloqqa olib borish topshirig‘ini eshitgach, o‘n karra oshdi. 
Ixcham cho‘qqi soqolli, ko‘k duxoba do‘ppi kiygan, qotma, serg‘ayrat Moshtabibning 
qiyofasi ko‘z oldiga kelib, vujudi holsizlandi. Nazarida Moshtabib «Ha, o‘zing ham 
kelarkansan-ku», deganday bo‘ldi. Fotimaning «Shunaqa odam bormi, eshitganmisiz?» 
degan savoli uni ezuvchi xotiralar oqimidan qutqardi. Fotima erining «ha», degan 
ma’noda bosh irg‘ab qo‘yishiga qanoat qilmay, savolini yana qaytardi: 
Taniyman, — dedi Zohid istamaygina. — Ertalab uchrashib ko‘raman. Uzoqqa borish-
bormasligini bilmayman. 
— Borgisi kelmasa indamay orqangizga qaytmasdan, prokurorligingizni ayting-da. 
— Prokurorning boshida shoxi bormi? 
Ming‘irlab aytilgan bu gapga javoban Fotima bir nima deyishga og‘iz juftladi-yu, erining 
avzoyini ko‘rib, oqila ayolning ishini qildi — tilini tiya qoldi. Ammo «Menga nima, azob 
chekayotgan o‘zingizning otangiz-ku» degan ma’noda labini burib qo‘yishdan ti-yila 
olmadi. 
Zohid jiyaniga «Sen ketaver, men tabibga uchrab keyin o‘taman» deb uni kuzatib 
qo‘ygach, yoshlik yillaridan noxush xotira bo‘lib qolgan o‘sha eski shaharning eski 
ko‘chasiga bordi. Poyloqchilik qilgan muyulishdan o‘tayotganida beixtiyor to‘xtadi. Oqlab 
qo‘yilgan kesak devor nazarida uning holidan kulganday tuyulib, oyoqlaridan quvvat 
ketganday bo‘ldi. Bemorni kuzatib chiqqan Moshtabibning xushchaqchaq ovozini 
eshitmaganda yurmog‘i qiyin edi. Ikki eshik orasidagi yo‘l Zohid uchun g‘oyat uzun 
tuyuldi. Moshtabibning ichkariga kirib ketmay kutib turishi ham Zohidga dalda berdi. 
Moshtabib uning salomiga alik olgach, jilmaygan holda: 
— Keling birodar, xizmat? — deb so‘radi. 
— Dadam otdan yiqilibdilar. Vaqtingiz bemalol bo‘lsa olib ketsam devdim. 
Olib ketmaysizu, birga borib kelamiz, — dedi Moshtabib kulib.— Men qiblagohimga 
aytib chiqay. 
— Ungacha mashina topib kelaman. 
— Topib nima qilasiz? Mana moshina, — dedi Moshtabib eshik yaqinidagi ko‘k «Jiguli»ni 
ko‘rsatib. Zohid bu mashinani birorta bemorniki deb o‘ylagan edi. Moshtabibning 
darrovgina ko‘nishi uning aqlini shoshirgan bo‘lsa, bu marhamati yanada lol qoldirdi. U 
so‘z aytishga ulgurmay Moshtabib ichkari kirib ketib, dam o‘tmay qo‘lida quticha 
ushlaganicha qaytdi. 
Loy ko‘chalardan o‘tishayotganda Zohid bir oz xijolat bo‘lganicha: 
— Uzr aka, boradigan joyimizni aytmovdim, sal uzoqroq, — dedi. 
— Uzoq deysizmi? Xirotda emasdir? — dedi tabib kulib. 
Uning xushchaqchaq tabiati Zohidni tuni bilan qiynagan uyatli holatdan qaytardi. 
Uyqusiz tunda moshtabibga uchrashishning bir necha shaklini mo‘ljal qilgan edi. Oxiri 
«Boramanu to‘g‘risini aytaman, olti-etti yil avval ko‘changizda poyloqchilik qilgan milisa 
men bo‘laman. Lekin sizga yomonligim yo‘q edi», demoqqa qaror qilgandi. Biroq, 
Moshtabibning «keling birodar» deyishi bu xom qarorini yo‘qqa chiqardi. Yo‘lda ketaturib 
o‘sha poyloqchilik voqeasini tilga olib uzr so‘ramoqqa taraddudlandi, ammo bunga ham 
jur’ati yetmadi. «Uzr so‘raydigan odam boshiga tashvish tushgunicha olti-etti yil 
kutarmidi», deb o‘zini o‘zi koyidi. 
Moshtabib Zohidni turli xayollar qiynayotganini sezganday o‘zi gap boshlab qoldi: 
— Birodar, yo‘limiz uzoq ekan, jim ketishni jinim yoqtirmaydi. Xo‘p desangiz, men sizga 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling