Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
bir nima aytib beraman. 
— Yaxshi bo‘lardi, — dedi Zohid, so‘ng uzrli ohangda qo‘shib qo‘ydi: — Men asli gapga 
no‘noqroqman. 
— Gapga no‘noqmasdirsiz. Hozir adangizning ahvollarini o‘ylab, tashvishlanyapsiz. Odam 
tashvishlanganida tiliga gap kelmaydi. Endi eshiting: Fariduddin Attor hazratlarida 
rivoyat bor: emishki, mamlakatda odam roppa-rosa o‘n yil podsho bo‘larkan. O‘ninchi 
yilning so‘nggi kuni adog‘iga yetgach, podshoni taxtdan tushirib, qayiqqa o‘tkazisharkan-
da kimsasiz orolga olib borib, qip-yalang‘och holida tashlab kelisharkan. Shu rivoyatni 
eshitganmisiz? 
— Yo‘q, — dedi Zohid aybdor odam ohangida. 
— Unda diqqat bilan eshiting: bunaqa ibratli rivoyatlarni qadimgi maktablarda 
o‘qitishgan ekan, hozirgilar bilishmaydi. Mening baxtim chopib, bir aqlli odamdan saboq 
olganman. Bo‘lmasa kamina ham omiligicha qolardi. Xullas, navbatdagi odam podsho 
bo‘lib taxtga o‘tirgach, yum-yum yig‘larmish. Vaziri ajablanib: «Shohim, nega 
qayg‘urasiz?» deb so‘rabdi. «Nega yig‘lamay, axir mening ham qismatim salaflarim 
kabidir. O‘n yil o‘tgach, meni ham kimsasiz orolga qo‘yib keladilar. O‘n yillik kayfu safo 
evaziga azob-uqubat chekaman. Oqibatda ilon-chayonlarga yem bo‘laman.» debdi. 
Shohning baxtiga vaziri dono ekan. U debdiki: «Ey, zukko shohim, hamonki shunga 
aqlingiz yetibdi, endi bir ish qiling: o‘zingizni behuda kayfu safodan ti-yingda buning 
evaziga o‘sha kimsasiz orolni obod etishga kirishing. Daraxt eking, bog‘ qiling. Shunda 
sizni azob emas, rohat kutajak». Bu maslahat podshohga ma’qul kelibdi. Rivoyatga 
tushundingizmi? 
— Ha, — dedi Zohid. 
— Yo‘q, hali to‘la tushunmadingiz, — dedi Moshtabib unga qarab olib. — Bu rivoyatning 
asl mazmuni ruhga taalluqli, juda chuqur. Attor hazratim aytmoqchilarki, har bir odam 
o‘ziga o‘zi podshohdir. Rumiy hazratlarida zo‘r bir falsafa bor: «Kishi tushida o‘zini shoh 
sifatida ko‘rsa, atrofidagi odamlarning parvona bo‘lishiga qarab turib: «hukmdor 
menman, mendan o‘zga podshoh yo‘q», deydi. Biroq, uyg‘onib, uyida bir o‘zini ko‘rgach 
«Bu — menman va mendan boshqa hech kim yo‘q», deydi. Bu — haqiqat. Haqiqatni 
ko‘rmoq uchun esa bedor ko‘z kerak. Uyquli ko‘z ko‘rmaydi». Zo‘r gap-a! 
Zohid «Ha» dedi-yu, unga ajablangan odam ko‘zlari bilan qaradi: «bu tabibmi yo 
olimmi?» deb o‘yladi. Undagi o‘zgarishni sezgan Moshtabib esa yo‘ldan ko‘z uzmay 
gapini davom ettirdi: 
— Xullas, podshoh — har bir odamning o‘zi. Va- zir — odamning vijdoni. Odam 
belgilangan muddatini yashab bo‘lgach, uni qayiqqa o‘tqazadilar. Qayiq — tobut degani. 
Tobutning odamlar yelkasida qalqib borishi dengiz to‘lqinlaridagi qayiqqa o‘xshaydi, 
to‘g‘rimi? Kimsasiz orolga yalang‘och holda tashlab kelish — lahadga joylash degani. 
Buni oxirat oroli desak ham bo‘ladi. Bu oxirat oroli kishining hayotligi chog‘idagi yaxshi, 
savob ishlari bilan obod bo‘lar. Vijdon aytyaptiki, «ey inson, hadeb maishatga 
berilavermay, odamlarga yaxshilik ham qil, shunda boqiy dunyoda seni shu xayrli 
amallaring kutib oladi. O‘zingga boshpana, hamroh bo‘ladi. «Rivoyatning asl mag‘ziga 
ko‘ra, birodar, bugungi ishimiz bilan siz o‘z oxiratingiz oroliga bir xayrli nihol ekdingiz. 
Solih farzandning ota-onasi uchun qilgan har bir xayrli ishi oxiratini obod qiladi. 
Bu gapni eshitib Zohid boshini egdi. Moshtabibga bir qarab olgisi keldi-yu, botinmadi. 
«Solih farzand... — deb o‘yladi, — otasi to‘rt kundan beri azob chekib yotibdi. Bu solih 
farzand esa endi ketyapti...» 
Zohid hamrohining maqtovini hazm qila olmadi — o‘zini solih farzandlar qatoriga 
qo‘shmoqqa haqsiz hisobladi. Ayni shu choqda yana bir narsani kashf etdi: avvallari har 
shanba qishlog‘iga borib, yakshanba oqshomida shaharga qaytish odat tusiga kirgan edi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling