Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
100 farzanddan Olloh ham rozi bo‘lmaydi. — Tabib gapining davomida arab tilida nimadir dedi. Keyin Zohidga bir qarab oldi: — Tushunmagandirsiz? Men Qur’oni karimdan oyatlar o‘qidim. Olloh taborak va taolo aytyaptiki: «Robbing faqat uning o‘zigagina ibodat qilishingni va ota-onaga yaxshilik qilmog‘ingni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff» dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so‘z ayt. Ikovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin», deb ayt». — Tabib «shularni bilarmidingiz?» degan ma’noda Zohidga qarab oldi. Ko‘p qatori Zohid ham Tangrining kalomlarida nimalar bayon etilganini bilmas edi. Uning nazarida bu ilohiy kitobdagi satrlar inson ongi qabul qila olmaydigan, fahm etolmaydigan, faqat ayrim zukko odamlargina tushunishi mumkin bo‘lgan darajada murakkab edi. U Qur’onni biluvchi odamning suhbatidan bahramand bo‘lmagani sababli ham adash fikrda yurardi. Bolaligida bobosi «qani, do‘ngpeshonalar, beri kellaring-chi», deb chorlab aytib beruvchi rivoyatlar, nasihatlar o‘zining gaplarimidi yo Qur’on oyatlarimi yoki hadisi shariflardan misolmidi — Zohid u paytlarda farqlay olmasdi. Yoshi ulg‘aygach esa, bularni farqlab olishga harakat ham qilmadi. O‘zicha adolat uchun kurashaman, adolat alambardori bo‘laman, deb umid qildi-yu, haq yo‘li bu tomonda ekanidan xabarsiz qolaverdi. Botirovni tergov qilayotganida uning uchun qo-rong‘u bo‘lmish bu yo‘l boshida bir uchqun ko‘rindi-yu, ammo yoritishga qurbi yetmadi. Zohid «Qur’on — mo‘’minlar uchun nasihat, kofirlar uchun hasrat», degan oyati karimani avvalroq eshitganda bu muqaddas kitobga bo‘lgan munosabatining o‘zgarishi shubhasiz edi. Talabalik yillari yotoqxonasida Sasha Klimovich degan yon qo‘shnisi bo‘lardi. Huquqqa doir har qanday kitobni tahlil qilib, kutilmagan xulosa chiqarishga usta bo‘lgan bu yigit palovni, tandirda yopilgan piyozli nonni yaxshi ko‘rardi. Zohid yakshanba oqshomida qishlog‘idan qaytishi bilan Klimovich hech bir taklifsiz, manziratsiz kirib kelib, qorni to‘yguniga qadar mehmon bo‘lardi. Zohidga uning mantiqli suhbatlari yoqardi. Mehmondorchilik so‘ngida Klimovich o‘zicha duo qilgandek bo‘lib «Xudo bizga sog‘liqni bersa bas, qolganini sotib olaveramiz», deb kulardi. Bu odatini hech tark etmasdi. Bir yakshanbada Klimovichdan darak bo‘lmagach, Zohid ajablanib uning eshigini taqillatdi. «Marhamat, eshik ochiq», degan taklifni eshitgach, ichkari kirdi. Yozuv stoliga muk tushgan Klimovich qalin kitobdan nimanidir ko‘chirardi. U yozayotgan satrini oxiriga yetkazgach, bosh ko‘tarib qaradi-yu, sal ajablangan ravishda jilmaydi. — Ie, keldingmi? Vaqt o‘tganini sezmay qolibman. Qara, qanday kitob topdim. Qur’on! Sablukov tarjimasida! Zohid Sablukovning nomini ham, uning tarjimasidagi qur’on ma’nolari kitobini ham endi eshi-tayotganini yashirish uchun «Zo‘r-ku», deb qo‘ya qoldi. — Zo‘rki, u yoq bu yog‘i yo‘q. Bu kitobning chiqqaniga yuz yil bo‘lgan. Qur’onning ruschaga tarjima qilingan boshqa nusxalari ham bor. Ammo Sablukovniki eng zo‘ri hisoblanadi. O‘zbekchasi bormi? Zohid bu savoldan dovdirab, yelka qisib qo‘ya qoldi. — Men o‘zbekchasi borligini eshitmaganman. Nega tarjima qilishmaydi, a? Qiziq! Dunyodagi hamma tillarga tarjima qilingan-ku? Otamning kutubxonasida nemis, ingliz nusxalarini ham ko‘rganman. — O‘qiyapsanmi yo ko‘chiryapsanmi? — deb so‘radi Zohid qalin daftarga ishora qilib. — O‘qib chiqdim. Endi ko‘chiryapman. Ko‘chirib yozganda esda yaxshiroq qoladi. «Tavrot» bilan «Injil»ni ko‘chirib bo‘lganman. Ha, nimaga og‘zingni ochib turibsan? Bu ishim senga yoqmadi shekilli? Klimovich ahmoq emas, bu ishni bekorga qilmaydi. Sen bilan men ateistmiz. Xudoni tan olmaymiz. Bu kitoblar ilohiy emas, odam ongining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling