Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 — Gips noto‘g‘ri solinibdi, — Tabib shunday deb bemorga o‘girilib so‘radi: — Qo‘ltiqlaringiz tortib og‘riyaptimi? Bemor tasdiq ishorasini qilgach, tabib Zohidga «nima qilamiz?» degan ma’noda qaradi. — Do‘xtirga olib borib aytish kerak. Rentgen qog‘ozga yaxshiroq qarasin. — Moshtabibning o‘g‘li bo‘lsang o‘zing tuzatasan, boshqa gap yo‘q. Gips qo‘yishni bilmaydigan do‘xtiringga boshqa bormaydi. — Agar rozilik bersangiz urinib ko‘raman. O‘zga chora bo‘lmagach, nima qilishsin? Gips olingach, tabibning barmoqlari yelkani silab borib bir nuqtani qattiqroq bosdi. Bemor ingrab yuborgach, Uloqchi buva cho‘kkalab olib, tabibning harakatlarini diqqat bilan kuzatdi. Zohid buyurilgan narsalarni keltirgach, tabib Uloqchi buvaga yuzlandi: — Endi menga ko‘maklashib yuboradilar. Sog‘ yelkalarini mahkam ushlab turadilar. — Uloqchi buva tabibning amriga bo‘ysunib, unga yaqinlashgach, Moshtabib bir bog‘lam dokani oldi: — Amaki, shuni mahkam tishlang. Ozgina og‘riq bo‘ladi, chidaysiz. — Baqirmasin, deb tishlatyapsanmi? Qo‘y buningni, oshnam chidamli bola, uncha- buncha dard baqirtirolmaydi. Otang ham menga doka tishlatmagan. Bu aralashuv tabibga yoqmay, qoshlari chimirildi. «Buningiz qanaqa odam o‘zi?» deganday Zohidga qarab oldi. Izoh berishni yoqtirmasa ham yoqimsiz yordamchisini tinchitish uchun: — Bexosdan tilni tishlab olishlari mumkin, — deb qo‘ydi-da, ishga kirishdi. Tabib chaqqon harakatlari bilan bir necha nafasda muolajani yakuniga yetkazgan bo‘lsa-da, otasining azoblanayotganini ko‘rib turgan Zohid uchun bu fursat juda uzoq tuyuldi. Yelka bog‘lab bo‘lingach, tabib bemorning peshonasidagi terni artdi-da, ko‘z qorachig‘iga tikildi. So‘ng yana qilinajak ishlarni Zohidga tayinlab, qutichadagi malhamni bergach, qaytishga chog‘landi. — Otangga balli, qo‘ling yengil ekan, oshnamning ko‘zlarini moshdek ochib qo‘yding. Endi biz bilan bir piyola choy ich. Boshqa gap yo‘q, — dedi Uloqchi buva amr ohangida. Moshtabib uyda onasi betob ekanini, xastalar kelib kutayotgan bo‘lishi mumkinligini bu odamga aytishning foydasizligini anglagani uchun «bir piyola choy ichishga» o‘tirdi. Uloqchi buva esa choy qaytarayotgan Zohidga qarab: — Menga qara, milisa bola, — dedi, — sen menga bir narsani tushuntirib ber: uch-to‘rt yil burun raisimizni paxtadan o‘g‘irlik qilgan, deb qamovdilaring. — Men qamamaganman, adashmang, buva, — dedi Zohid, tabibga choy uzata turib. — Sen bo‘lmasang, oshnalaring qamashgan. Lekin to‘g‘ri qamovdilaring, o‘g‘riligi bor edi. Endi zamon o‘zgarib, chiqaribsanlar. Endi... nima endi... — Uloqchi buva o‘ylandi, — Ivanovmidi? Yana bittasi kim edi? — Gdlyanmi? — dedi Zohid. — Ha, o‘sha. Xullasi, endi o‘shalar muttaham ekan. Qaysi biri to‘g‘ri? — Hamma narsaning oxiri to‘g‘ri bo‘ladi-da. — Sen milisa, meni laqillatma. Haligi Eshim akang bor-ku, maktabingga direktor bo‘lgan, o‘shanga aytsam, «Siz raisning boyligini ko‘rolmaysiz», deydi zang‘ar. Meni bilasan-a, «oqmasa ham soy yaxshi, boqmasa ham boy yaxshi», deydigan odamman. Mana, Abdujabbor, sen ayt: otang qori edi, a? Senga ham yuqtirgandir bu ilmdan? Bu qizig‘arlarning hammasi boy bo‘laman, deb intiladi. Shu raisimiz qamoqdan chiqib tinch yurarmidi? Burniga suv kirgan deb o‘ylaysanmi? Be, u yana amalini qaytarib olishga urinadi. Ha, bosh-qa gap yo‘q! Endi sen gapir-chi, Abdujabbor. Tabib unga darrov javob qilgisi kelmadimi, choydagi shamaning ohista suzishini kuzatganday tikilib turdi. — Odamning bu dunyoda boy bo‘lishi qiyinmas, — dedi u o‘ychan tarzda. — Boyning u |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling