Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
111 vujudini qalqitib yubordi. Uning nazarida qulfga qandaydir odam emas, Azroil kalit solib burayotganday edi. ... Hozir kirib keladi. Suratlarda chizilganday chalg‘i ko‘tarib, kafanga o‘ralib olgan qoqsuyak mahluk ko‘rinishida kiradimi... ... Balki ... Mamatbey qiyofasida kirar? ... Boshi chalg‘ida olinadimi? Balki... Qilarqonda bo‘g‘ilar?.. Ertalabgacha tili osilib yotadimi? Jag‘ini bog‘lab qo‘yishga bir mehribon topilmaydimi? Bu fikrlar yashin tezligida kelib ketgan bo‘lsa-da, shumligini amalga oshirishga ulgurdi: Asadbekning hatto tili ham muzlab qolgandek bo‘ldi. Xayolidagi Azroil kirib kelishga ulgurmay, o‘lishga tap-tayyor bo‘lib qoldi. O‘zini himoya qilishga kuch topish u yoqda tursin, nechundir xohish ham uyg‘onmadi. Yumuq ko‘zlarini bilinar-bilinmas ravishda ochib yotaverdi. Eshik juda astalik bilan ochildi. Oyoq sharpasi eshitildi. So‘ng bir bosh ko‘rindi... Kim u? Jamshidmi? «Shunga topshirishgan ekanmi?» Asadbek ko‘zlarini baralla ochdi. — Jamshid? — Asadbek shunday deb qaddini sal ko‘tardi. — Nega mushukka o‘xshab pisib yuribsan? — Bek aka, — Jamshid ichkari kirib, qo‘l qovushtirdi, — uxlayotgan bo‘lsangiz, uyg‘otvormay dedim. O‘n ikkidagi samolyotning uchishi ertalabga qoldirilibdi. Aytib qo‘ydim, uchadigan paytda xabar qilishadi. Ke-yin... — Chaynalma, nima demoqchisan? — Restoranda ham to‘rt kishilik joy tayyor. Birga... — Qornim to‘q, o‘zlaring o‘tiraverlaring. Kenna-yingga aytib qo‘ydingmi? — Aytdim, lekin... Bek aka, chiqsangiz yaxshi bo‘lardi. Chehrangizni ochib o‘tirsangiz... har holda do‘st bor, dushman bor. Jamshid aql o‘rgatishga o‘rgatdi-yu, biroq, xojasining yuzlari uchganini ko‘rib, nafasini ichiga yutdi. Asadbek esa g‘ashlangan ko‘yi tirsagiga tiralganicha bir necha soniya harakatsiz yotdi. A’yonining taklifiga na «ha» dedi, na «yo‘q». Ko‘kragida «Sen bola, menga aql o‘rgatma!» degan hayqiriq uyg‘ondi-yu, baqiriq shakliga kirishi mumkin bo‘lgan bu norozilikni sergak aql bo‘g‘izdan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymadi. «Nega sachramoqchisan, bola to‘g‘ri aytyapti, — dedi aql. — Mushukka o‘xshab hurpayib olganing nimasi? G‘alaba qilganingda gerdayib yurishni bilarding. Bir mushtlik holing bormi? Sen yig‘lasang ular mazza qilib kuladilar. Yo‘q, yaxshisi sen kul, ular alamdan dod solishsin!» Aqlga taslim bo‘lgan Asadbek o‘rnidan turib ki-yindi-da, a’yon hukmiga bo‘ysunib, ikki o‘g‘lini ikki qanotiga olgan holda, qaddini g‘oz tutib, restoran tomon yurdi. Ko‘cha tomondan odamlar qo‘yilmagan, xos mehmonxonaning nozikta’b mehmonlarigagina xizmat qilgani uchun restoran gavjum emas edi. Ularga deraza tomondan joy hozirlangan ekan. Asadbek yumshoq stulga o‘tirayotib tashqarida qoramtir tusda ko‘rinayotgan kreml-ning tuya tishlarini eslatuvchi devoriga ko‘zi tush- di-yu, o‘zi uchun ham kutilmagan tarzda Deputatning gaplarini esladi: «Bek aka, siz bilan bizning taqdirimiz kreml devorlari ortida hal qilinadi. Biz bu devorni buzmas ekanmiz, bag‘rimizga shamol tegmaydi...» Bu gapga javoban Asadbek o‘shanda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling