Ko’zi yoshularing holing na bilsun mardumi g’ofil Kavokib sayrini shab to sahar bedor o’landan so’r


Download 19.99 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2023
Hajmi19.99 Kb.
#1731395
  1   2   3
Bog'liq
Milliy sertifikat 4,2


Milliy sertifikat 4, 2
1. Ko’zi yoshularing holing na bilsun mardumi g’ofil
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o’landan so’r.
Baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan?
A) tardi aks B) talmeh C) tashxes D) tazod
2. Xabarsiz o’lma fatton ko’zlaring javrin chekanlardan,
Xabarsiz mastlar bedodini hushyor o’landan so’r.
Baytda qanday badiiy san’at qo’llangan?
A) Tardi aks B) talmeh C) tashxis D) tazod
3. Labing sirrin kelib guftora mandan o’zgadan so’rma,
Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o’landan so’r.
Misradagi “ bir sirlardan voqif kishi” quyidagilardan qaysi biriga to’g’ri keladi?
A) g’ofil B) so’fiy C) zohid D) do’st
4. Quyidagi qaysi atama “ tarki dunyo qilgan”, ya’ni jannatga tushish ilinjida bu dunyoning bor lazzatlaridan voz kechgan odam tushunchasini bildiradi?
A) g’ofil B) so’fiy C) zohid D) do’st
5. Fuzuliy qaysi g’azalida komillikka yetkazishga chog’langan, buning uchun ikki olam sirini, dunyoni o’rganishdan tinib-tinchimaydigan kishi haqida aytiladi?
A) “So’r” B) “Mani jondin o’sondirdi” C) “ Kerakmasmi sanga” D) “ Qaro ko’zim…”
Kerakmazmi sanga” radifli g’azal
1. G’amzasin sevding, ko’ngul, joning kerakmazmi sanga ?
Tig’a urdung, jismi uryoning kerakmazmi sanga ?
2. Otashin ohim-la aylarsan manga taklifi bog’
Bog’bon, gulbargi xandoning kerakmazmi sanga?

3. Yela verma dog’idub haryon, ayoqlardan ketur ,
Ey pari, zulfi parishoning kerakmazmi sanga?

4. Ey kamonabro’, raqiba verma g’amzangdan nasib,
O’q otarsang tosha, paykoning kerakmazmi sanga ?

5. Yondirib jonim, jahonso’z etma barqi ohimi,
Osmon, xurshidi raxshoning kerakmazmi sanga?

6. Kufri zulfidan mani man ‘aylamak loyiqmudur,
So’fiy, insof ayla, iymoning kerakmazmi sanga?
7. Tutalimkim, ashk selobina yo’qdur e’tibor,
Ey Fuzuliy, chashmi giryoning kerakmazmi sanga?

6. G’azal matla’si haqidagi NOTO’G’RI hukmni aniqlang.


A) Lirik qahramon ko’ngilga sen yorning qarashini sevding joningga achinmaysanmi deb murojaat qilyapti.
B) O’zingni ishq tig’iga urding, azor chekuvchi yalang’och jisming kerakmasmi deb ko’ngilga tanbeh berilgan.
C) Matla’da bog’bonga murojaat qilib, senga kulib turgan gul barglaring kerakmasi deb so’raydi.
D) Bu g’azalda mutlaq qofiyadan foydalanilgan matla’ a-a tarzda qofiyalangan.

7. G’azalning 4-bayt mazmunida AKS ETMAGAN fikrni aniqlang.


A) Bu baytda tashbeh san’atidan foydalanib qoshlari kamondek egik yorim raqibga nozli qarama deb ta’kidlanadi.
B) Ushbu baytda ma’shuqaga ey kamonabro’ deb murojaat qilib, ma’no ko’chishi sinekdoxa usulida foydalanilgan .
C) Bu baytda “ osmon” so’ziga undalma sifatida ishlatilgan da’vatga duch kelamiz.
D) Ushbu qo’sh misrada yorning kipriklari kamon paykonlariga o’xshatilib toshga o’q otayotgani tasvirlangan.

8. 5-bayt mazmuni to’g’ri izohlangan javobni aniqlang.


A) Ushbu bauytda oshiq yoriga iltimos qilib jonimni yondirma, ohim chaqmog’idan jahonga o’t qo’yma deb yalinib ey osmon senga porloq quyoshing ( yuzing) kerak emasmi?- deydi.
B)Baytda har yon silkitib, yelga berma, qadahlardan keltir, ey pari, senga yoyilgan sochlaring kerak emasmi deb so’raydi.
C) Bu qo’sh misrada lirik qahramon so’fiyga yuzlanib senga iymoning kerak emasmi deb so’raydi.
D) Bu bayt “ begona bayt” bo’lib oshiq ma’shuqadan xafa bo’lib undan ozor chekkani ta’kidlanadi.

9. G’azalda quyidagi qaysi o’xshatish mavjud EMAS?


A) qosh kamonga o’xshatilgan B) yuz quyoshga o’xshatilgan
C) ko’z yoshlar selga o’xshatilgan D) nafs tulkiga o’zshatilgan

10. G’azal maqta’sida quyidagi qaysi fikr aks etgan?


A) Lirik qahramonning yomg’irli selda qolib, uvib shalabbo bo’lgani tasvirlangan.
B) Ushbu baytda shoirning o’ziga o’zi da’vat etishi , murojaat etishi aks ettirilgan.
C) Tarkidunyo qilgan kishi muhabbat lazzatini bilmaydi, Fuzuliy , sen ishq zavqini ishqi zavqi bor odamdan so’ra.
D) Mast bo’lib qolgan lirik qahramonning iztiroblari tasvirlangan.

Download 19.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling