Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
110 Kinoya emas, samimiy ohangda aytilgan bu hazil gap Said Qodirovga ma’qul kelib, jilmaydi. IX b o b 1 O‘lim yaqinlashayotganini sezgan bir qariya nor tuyasining bo‘ynini silab turib, g‘amgin ravishda rozilik so‘rabdi: — Norjon, sen bilan ko‘p yillardan beri birga edik. Men sendan roziman. Sahroda adashgan mahallarimda necha martalab meni o‘limdan saqlab qolding. Sendan sira yomonlik ko‘rmadim. Ammo men sening dilingni og‘ritgandirman, besabab urib, siltagandirman. Mendan ko‘rgan yomonliklaringni kechirgin. Yana qiyomatda uchrashganimizda yuzim shuvit bo‘lmasin. Shunda Nor tuya debdiki: — Ey hojam, urib-so‘kkaningiz, siltalaganlaringiz, hatto burnimni teshib, burunduq o‘tkazganingiz uchun xafa emasman. Bu sizning mening ustimdagi haqqingiz edi. Men nohaq harakatlaringizning barchasini unutaman, ammo bitta ishingizni sira kechira olmayman. — Qaysi aybim ekan, ayt, — debdi qariya. — Esingizdami, falon zamonda sahroda adashib qolgan edik. Men ne mashaqqatlar bilan sizni omonlikka olib chiqdim. Shaharga yaqinlashgan onimizda siz mening burundig‘imga bog‘langan arqonning bir uchini eshakning dumiga bog‘lab qo‘ydingiz. Men o‘shanda eshakning dumi hukmiga bo‘ysinib shaharga kirdim. Mana shu xo‘rlikni kechira olmayman, hojam, — degan ekan Nor tuya. Xongirey huzuridan chiqqan Asadbek o‘zini o‘sha Nor tuya holida ko‘rdi. Xongirey uning burnidan ip o‘tqazib bir uchini Kesakpolvon qo‘liga tutqazmoqchi edi. Asadbek taqdirning bu shum haziliga itoat etganday bo‘ldiyu, o‘zidan nafratlandi. Boshiga sho‘r tushganidan beri u bu qadar xorlanmagan edi. Mamatbey kuzatuvida mehmonxonaga qaytgan Asadbek zohiran odam kelbatida bo‘lsa ham, aslida bir vayrona edi. Biroq u buni tan olgisi kelmadi. Mamatbey bilan bo‘lgan muomalasida ham, Jamshid, o‘g‘illari bilan ko‘rishganida ham sir boy bermaslikka urindi. Jamshidga «Maskovda ishimiz bitdi, qaytish harakatini qilaver, men bir pas dam olvolay», deb xonasiga kirdi. Yuz-qo‘llarini yuvib, sochiqqa artayotganida ro‘parasidagi ko‘zguga qarab qoldi. Oppoq sochlariga tikildi. Hali, Xongirey bilan uchrashuvga bormay turib ko‘zguga qaraganida sochlarining oqarib ketganiga hozirgiday hayratlanmagan edi. «Shum Mamatbey sezdi, — deb o‘yladi Asadbek ko‘zgudagi aksidan ko‘z olmagan holda. — Xongirey-chi, payqadimikin? Sezmagan bo‘lsa, shum aytadi. Keyin «qoyillatibmiz», deb quvonishadimi? Uyga qaytganimda Haydar xunasa ham yayraydi. Manzura... qo‘rqib ketadimi? Bo‘yatib ola qolsammikin?» Shu to‘xtamga kelib daxlizga chiqdi-yu, biroq, darrovgina shashtidan qaytdi. «Balki Xongirey shu topda Haydarga telefon qilib «oqsoch xo‘jayiningni kutib ol», deb ishshayayotgandir. U xunasa kessak ham eng avval boshimga qarar. Keyin «uyalganidan bo‘yatib olibdi», deb xabar berar. Yo‘-o‘q... bu xunasalarni in-iniga kirg‘izib yuborib, keyin bo‘yataman...» Bir pas hordiq chiqarish niyatida karavotga cho‘zilgan Asadbekning tanasi salgina rohatlanganday bo‘l-di-yu, biroq, ruhi orom ololmadi. Deraza ortidagi olam shom qorong‘uligi hukmiga bo‘ysuna boshlagan damda eshik qulfining shiqillashidan sergaklandi. «Yaxshi niyatli odam eshikni bunaqa ehtiyotlik bilan ochmaydi», degan fikr |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling