Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
o‘limni esdan chiqaradilar; qasrlarni yaxshi ko‘radilar, qabrni unutadilar; molga 
muhabbat qo‘yib, hisob-kitobni yoddan chiqaradilar; xalqni yaxshi ko‘radilar va Xoliqni 
unutadilar.» 
Moshtabib «Bu hikmatlarning ma’nosini qalbingizga singdirib olishingiz uchun fursat 
beraman», deganday so‘zdan to‘xtadi. Bu sukut Zohidga asqotdi. U ayrim izdihomlarda, 
ba’zan yoshi ulug‘larning suhbatlarida shunga o‘xshash hikmatlarni eshitib qolar, biroq, 
«Yaxshi gap ekan», demoqlikdan nariga o‘tmasdi. Keyingi yillarda matbuotda tez-tez 
chiqa boshlagan diniy mavzudagi suhbatlarning asosan sarlavhalariga ko‘z tashlab, kam 
hollarda u yer-bu yeridan cho‘qilab o‘qib qo‘yardi. Moshtabibning hozirgi suhbati 
qorong‘ulik pardasidagi qalbiga xush yoquvchi nur kabi oqib kirdi. Tasavvur etingkim
zulmat og‘ushida tentirab yurgan odamning ro‘parasida birdaniga oydin yo‘l ko‘rin-
sa-yu, yana shu yo‘ldan javhar topib olsa dunyo ko‘zlariga qanday huzurbaxsh, 
qanday sururli ko‘rinarkin? Zohid ayni damda shunday baxtiyor odam kabi edi. 
Kechagina bu odamga ro‘para kelish unga azobli yumush bo‘lib tuyulgan edi. Odam 
farzandlari moddiy boylikni, xususan yemoq-ichmoqqa doir ne’matlarni Yaratganning 
marhamati sifatida qabul qilib, shukronalar aytadilar. Ma’nolar xazinasini ochib bera 
oluvchi suhbatdan bahramand bo‘lish ham Tangrining mo‘’jizasi ekani, shu mo‘’jiza 
tufayli qalb muhrlari yechilmog‘i amr etilgani, Yaratganning bu rahmati barchaga ham 
nasib etavermasligini o‘ylab ko‘rmaydilar. 
Adolat bog‘ini topib, unga inson nihollarini ekib ko‘kartirish, mehr mevalaridan bahra 
olish umidida yashayotgan Zohid akasining o‘limidan so‘ng shu bog‘ni topish maqsadida 
necha-necha qorong‘i ko‘chalarga kirib chiqdi. «Hammani bir xilda adolatli qilib yaratib 
qo‘ya qolsa bo‘lmasmidi», degan xayolga borib Tangrining ishlariga ham aralashib ko‘rdi. 
Adolat bog‘iga yetib bormoq uchun avval zulm sahrosini bartaraf etmoq lozimligini 
durust idrok qilolmasdi. Holbuki uning kundalik yumushi shu sahro atrofida edi. Ilon 
ovlovchi sahrodagi ilonlarni tutib ado etolmagani kabi Zohidning ishlarida ham samara 
ko‘rinmadi. Chunki u va u kabi adolat bog‘ini qo‘msayotganlar zulm sahrosidagilarning 
jon tomirlarini ko‘rmas, aniqrog‘i ko‘rishga imkoniyat berilmas edi. G‘ofillikdan 
qutqaruvchi tanbehlardan bebahra bo‘lganliklari sababli ham bu sahro atrofida sarsari 
kezmoqdan boshqa ilojlari yo‘q edi. 
Zohid ko‘p ilmiy nazariyalar, ilmiy tahminlar, formulalarni bilardi. Ammo hayotning oddiy 
formulasidan yetarli darajada xabardor emasdi: adolat bog‘i yo‘lini to‘sib turuvchi zulm 
sahrosiga zulmat qalblar hukmron ekani uning uchun noma’lum edi. Moshtabib hozir 
aytgan hikmatlar unga shu haqiqatni ayon etdi. «Odamlar qalbidagi boylikka muhabbat 
hissini o‘ldirmay turib, adolat bog‘ini barpo etib bo‘lmaydi», degan fikr uning vujudini bir 
qalqitib oldi. 
Akasining o‘limidan, ayniqsa sud jarayonidan so‘ng uni ilm yo‘lidan burib yuborishga 
majbur etgan kuch, yoshlikka xos o‘jarlik, hatto sururga intilish yil o‘tgani sayin, hayot 
so‘qmoqlarida qoqila boshlaganidan so‘ng asta-asta kuchdan qola boshlagan edi. 
Bir suhbatning o‘zidayoq o‘sha surur mahv etildi, deb ishontirish nodonlik bo‘lar. 
Yoshlikning mevasi — maqsad va unga mayoq hisoblanmish sururning o‘zga ko‘rinish 
olishiga hali fursat bor. «O‘zga ko‘rinish olishiga» deyiluvi besabab emas: insonlardagi 
maqsad yoki surur o‘lib, butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi. Maqsadsiz, surursiz tirik jonni 
tasavvur etmoq mushkul. Maqsad ham, surur ham odamning ongi darajasiga qarab 
kuchli yoki mundayroq, xayrli yoki g‘ayirli bo‘lmog‘i tabiiydir. Odamdagi maqsad daraxti 
zulm sahrosida o‘sayotgan bo‘lsa undan nurli sururni kutmoq qoramoydan sut ayirib 
olmoqni umid qilish kabi bema’nilikdir. Ayrim daraxtlarning tepa shoxlari qurib, pastda 
yangi surxchalar o‘sa boshlagani singari maqsad va surur yangi ko‘rinish kasb etadi. 
Zohidning taqdirida bu o‘zgarish ham bor edi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling