Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet104/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
dunyodagi javobi mushkul. Kambag‘aldan qay darajada sabr qilgani, qanchalar shukrona 
aytgani so‘ralarkan. Boy esa bunga qo‘shimcha ravishda qanday topgani, nimaga sarf 
etgani, zakotni to‘la bergan yo bermaganligidan so‘ralarkan. 
Uloqchi buva bu gapdan ta’sirlanib «ana!» deb xitob qildi-da, tizzasiga bir shapati 
tushirib «gapiraver, qorining o‘g‘li!» deganday unga yanada qattiqroq tikildi. Moshtabib 
shoshayotgan bo‘lsa ham bularga bir nima deb qo‘yishga ehtiyoj sezdi: 
— Tariximizda ulug‘ donolar ko‘p ibratli gaplarni aytib ketishgan. Shulardan biri deydiki, 
aqlli odam o‘ziga nisbatan talabchan bo‘ladi-yu, boshqalardan hech nima istamaydi. U 
o‘zining taqdiridan hamisha rozi, hech mahal nolimaydi. O‘zining qismati uchun 
boshqalarni ayblamaydi. Taqdiriga tan berib xokisor bo‘lib yashayveradi. Nodon esa 
dunyo ne’matlariga berilib, jonini xatarga qo‘yadi. Agar o‘q nishonga tegmasa, aqlli 
mergan boshqani emas, o‘zini ayblar ekan. Donishmand ham shunday bo‘larkan. 
Uloqchi buva endi boshini quyi egganicha sehrli ashula eshitayotganday tebrandi. 
Moshtabibga uning bu holati ta’sir etib gapini davom etdi: 
— Ikkinchi donishmand deydiki, biron bir ayol erishgan javohiri tufayli yaxshiroq bo‘lib 
qolgan, deb o‘ylaysizmi? Holbuki, qanchadan qancha ayol jav-harga yetmoq yo‘lida 
buzildi ekan, baxtsiz bo‘lib qoldi ekan? Qaysi bir erkak tilla to‘la sandiqqa yetishib 
yaxshiroq bo‘libdi? Sandiqlarni to‘latish yo‘lida qilingan zulm miqdorini kim o‘lchaydi 
ekan? 
Bu hikmatlarni jon qulog‘i bilan tinglayotgan Uloqchi buva hissiyotlari tizginini qo‘yib 
yubora qoldi: 
Qoyilman, ota o‘g‘il! Naq otangning o‘zi bo‘libsan, boshqa gap yo‘q! — deb xitob 
qilgach, Moshtabib qaytishga izn so‘radi. Mastavaga guruch solingani haqi-dagi 
xushxabar kirganiga qaramay ahdida qattiq tu-rib olgach, noiloj ruxsat berishdi. Zohid 
qolarini ham, ketishini ham bilmay Uloqchi buvaga qaragan edi, u: 
— Sening ishing bitdi, ketaver, bu yog‘iga biz bormiz, — deb mushkulni oson etdi. 
Qishloqdan chiqaverishda Moshtabib Zohidga qarab olib: 
— Bir gap aytaymi? — dedi-da, Zohid tomonidan ijozat bo‘lishini kutmayoq gapini 
davom ettirdi: — Siz bugun ikki marta xijolat chekdingiz. Birinchi- si — siz menga 
ro‘para bo‘lishdan uyaldingiz. Olti-etti yil avval ko‘chamizda turganlaringiz esingizga 
tushib ketdi. 
Zohid bu gapni eshitib, unga yalt etib qaradi: 
— Taniganmidingiz? 
— Bo‘lmasam-chi! Bir hafta uyimizni poylaysizu tanimaymanmi? Siz bu ishdan 
uyalmang, birodar. Milisa sherigingiz menga aytgan. O‘shanda talaba ekansiz, a? 
Omma-lekin, — tabib rohatlanib kuldi: — to‘rt tiyinlikka rosa to‘ydirganmidi? 
— Buni ham ko‘ruvdingizmi? 
— Ko‘rgandaki... Nega faqat to‘rt tiyinlik somsa bilan siyladi, bilasizmi? Yo‘q, bilmaysiz. 
U insof yuzasidan shunday qilardi. Insof deganimki, u shu atrofga o‘zini xo‘jayin deb 
bilib sotilayotgan narsalardan tekinga olaverardi. Yigirma tiyinlik tandir somsadan olsa 
gunohim ko‘payadi, deb qo‘rqib arzonini shilaverardi. 
— Men u kishini o‘shandan keyin ko‘rmadim. 
— U milisadan ketgan. Hozir maktabda qorovullik qiladi. Endi ikkinchi xijolatingizni 
aytaymi? Adangizning birodarlari sal shaldir-shuldirroq ekan. «Tabibning jahli chiqadi», 
deb o‘yladingizmi? Be, biz bundan battarlariga ham duch kelamiz. Lekin ochiq 
chehramizni o‘zgartirmaymiz. Bemorning huzurida peshonamizni tirishtirsak 
yarashmaydi. Siz bunaqa narsalardan emas, adolatsiz bir ish qilishdan xijolat bo‘ling. 
Birovning ko‘nglini nojoiz og‘ritib qo‘yishdan uyaling. Faqat aqlli odamgina o‘zining 
noma’qul ishidan uyalishi mumkin. Ahmoq odamda uyat bo‘lmaydi. Balki uyati 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling