Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
mahsuli deymiz. Xo‘p, bu masalalarda Klimovich bahslashmaydi. Biroq, bir narsaga aniq 
javob talab qiladi: dunyo odamlari Tavrotga uch ming, Injilga ikki ming, Qur’onga bir 
ming to‘rt yuz yildan beri yashamoqning asosiy qonuni sifatida amal qilib kelyaptilar. 
Sen bilan men ertaga odamlarning taqdirini hal qilamiz. Ular faqat bizning qonunlarimiz 
asosida yashamaydilar. Demak, biz bularni bilishimiz kerak. — Klimovich falsafasining 
Zohidga ta’sir etmayotganini sezdi-yu, gapni bura qoldi: — Palov olib keldingmi? 
Klimovich ham odam, vaqti-vaqti bilan ovqatlanib turishi shart. 
Klimovich ilmiy ishga rag‘bat bildirib, o‘qishni aspiranturada davom ettirdi. Zohid 
kissavurlarning iziga tushib, ovloqlarda ularning yo‘lini poylab tong ottirgan kezlari 
Klimovich ilm bilan band bo‘ldi. Uch yilga qolmay nomzodlik dissertatsiyasini yoqladiyu 
Isroilga otlandi. Har qalay indamasdan ketmadi. Palov, piyozli non bilan siylab turgan 
qo‘shnisini qidirib keldi. «Har bir ongli inson o‘zining tarixiy Vatanida yashashi kerak». 
Klimovich bu qonunga amal qiladi, — deb qalin daftar tutqazdi. — Esingdami, 
Sablukovning tarjimasini ko‘chirgan edim. Bu senga, esdalik. Sen buni o‘qi, tushunib 
o‘qi. Klimovich o‘qib zarar ko‘rmadi. 
Shunday deb xayrlashdi. Zohid Odessada tug‘ilgan, yoshlik yillari O‘zbekistonda o‘tgan 
do‘stining tarixiy Vatani qaer ekanini undan xat olganidan keyin bildi. 
Zohid o‘sha kezlari daftarni varaqlab bir-ikki bet o‘qigan bo‘ldi-yu, bitxat bilan bitilgan 
sahifalarga ko‘z tashlashga toqati yetmadi. Daftarni o‘qilmay yotgan kitoblari ustiga 
qo‘yganicha qayta qo‘l urmadi. 
Hozir tabibdan barcha uchun aniq, tushunarli bo‘lgan oyati karimani eshitib, o‘sha 
daftarni esladi. «O‘qib qo‘ysam bo‘larkan», deb o‘ziga dashnom berdi. 
— Bu oyati karimani faqat siz uchun aytmadim, — dedi tabib yo‘ldan ko‘z uzmay. — Ko‘p 
joylarda ko‘p takrorlayman. Hammamiz bandamiz. Unutib qo‘yish illatimiz bor. Unutib 
qo‘ymaslik uchun takrorlab turishimiz joiz. 
Tabib bu izohi bilan Zohidning ruhiyatidagi og‘ir yukni yengillatdi. Bir oz yurishgach, 
Zohid suhbatni davom ettirish maqsadida: 
Tabib aka, hali oxirat oroli haqida gapirganingizda «daraxt ekdingiz» deb birlikda 
aytdingiz. «Daraxt ekmadikmi»? Sizning ishingiz ham xayirli-ku? 
Moshtabib kulib, unga bir qarab oldi: 
— To‘g‘ri, lekin ishim xayrlilik martabasiga yetib, oxirat orolida xayrli nihol bo‘lib 
ko‘karishi uchun adangiz avval shifo topishlari kerak. Men tuzatuvchi emasman. Shifo 
beruvchi — Olloh. Agar Olloh iroda qilgan bo‘lsa, men bir sababchiman. Eng muhimi — 
mening xizmatimdan sizlar rozi bo‘lsalaringiz nihol amal oladi. Bo‘lmasa yo‘q. 
Tabib yanglishmagan edi. Zohid uyga kirib kelishi bilan otasi «ie, sen qaerdan 
eshitding?» deb ajablandi. 
Otasi xona to‘ridagi qalin to‘shak ustida o‘tirardi. Yotishga qiynalgani uchun devor 
tomonga ustma-ust qo‘yilgan yostiqlarga suyanib olgan edi. Bu holati ham joniga orom 
bera olmayotgani sababli bezovta ravishda tez-tez qimirlab qo‘yardi. Uning ro‘parasida 
derazaga orqa qilib o‘tirgan ota qadrdon — Uloqchi buva joyidan jilmay, qo‘l uzatib 
ko‘rishdi. Zohid uni «ota qadrdon», deb bilsa-da, u odam bu martabaga qanoat qilmay, 
«Men buvang bilan ham samovorxonada oshxo‘rlik qilganman», deb «buva qadrdon»lik 
darajasini talab qilardi. Gapu muomalasi ham shunga yarasha edi. Otasining «Sen 
qaerdan eshitding?» degan savoliga Uloqchi buva javob qaytardi: 
— O‘g‘lingga men odam yuboruvdim. Milisa bo‘lsa, idorasida milisa. Bu yerda senga 
o‘g‘il, boshqa gap yo‘q. O‘g‘il bo‘lganidan keyin o‘g‘illigini qilsin. Uch-to‘rt kun ishga 
bormasa dunyoni o‘g‘ri bosib ketmaydi. O‘g‘ri jonivorlar ham bahonada dam olvolishadi. 
Hov milisa, yana ikki barmog‘ingni burningga tiqib kelaverdingmi? 
Zohid bu dashnomdan izza chekib, javob bera olmadi. Yo‘ldagi bozorchaga 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling