Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet118/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
xilxonasi ekan, asli. 
Kim ekan, yerning egasi? — Bu safar Asadbek ovozida qahr zohir bo‘ldi. 
— Suhrob ota deyishdimi? 
— Nima? Pochtachimi? 
— Unisini bilmadim... bir hafta bo‘ldiyov... 
«Ha, o‘sha, — deb o‘yladi Asadbek. — Bu haromi, kelib-kelib shu yerga ko‘mildimi? 
Asadbek qabristonda ekanini unutmadi. So‘kib yubormaslik uchun tishini tishiga bosdi. 
Tishlarning g‘ijirlaganini sal narida turgan Jamshid ham eshitib, sergaklandi. 
Pochtachining qiliqlari Chuvrindiga ma’lum edi, Jamshid bilmasdi. Shu sababli xojasining 
nima sababdan g‘azablanganini anglamadi. 
Alam jomiga g‘azab mayini quyib sipqorgan odam aslida yonib ketishi kerak. Asadbek 
yonishga tayyor edi. Biroq, onasining ruhini qaqshatishni istamadi. «Agar bu maraz bir 
hafta oldin qo‘yilgan bo‘lsa, — deb o‘yladi u. — Onam bechoraning arvohlari bir haftadan 
beri chirqirab yotibdi ekan-da? Yo‘-o‘q... men bu marazni yo‘qotaman. Xilxona emish... 
Uning xilxonasi axlatxonada...» Asadbek shu qarorga kelib, yuzini burdi. Xayolini 
chalg‘itish maqsadida marmartosh ortidagi o‘rik daraxtiga tikildi. Onasini shu qabrga 
qo‘ygan yili bosh tomoniga o‘zi ekkan nozikkina niholcha yo‘g‘on daraxtga aylangan. 
Daraxtning tanasi bujurlashgan, taram-taram yoriqlar paydo bo‘lgan. Go‘yo bu yerdan 
taraluvchi sassiz nolalarni tinglayverib, alamlardan tirishib ketganday... Shoxchalardagi 
kurtaklar bahorga homilador bo‘lib, to‘lib turishibdi. Aldamchi iliq shabada ularning 
ko‘zlarini ochib yuborishi mumkin. Ayamajiz qaysi bir kavaklarda xuddi shuni kutib 
turibdi. Daraxtlar yayrab, gullagan onda u bir hamla qiladi-yu, bitta-bitta yamlab bu 
chaman gullarning jonini oladi... 
Asadbek nima gunoh qilib qo‘yganini anglamay dovdirab turgan go‘rkovga yana bir bor 
g‘azabli nigohini qadadi-da, iziga qayta boshladi. Darvoza yaqinida qimtinib turgan 
ayolni ko‘rib, qadamini sekinlatdi. Hali kelishayotgan mahalda bu ayol ro‘paralaridan 
chiqib salom bergan, Asadbek uning mungli qarashidan qandaydir sarosimani payqagan 
edi. «Meni kutyaptimi yo go‘rkovda ishi bormi?» deb o‘yladi u. Ayolning chehrasi tanish 
tuyuldi-yu, ammo qaerda ko‘rganini eslay olmay Jamshidga qaradi. Qarashdagi savol 
alomatini fahmlagan Jamshid: 
—Sharif Namozovning xotini, — deb izoh berdi. 
«Demak, meni kutyapti». 
Asadbekning sekinlaganini ko‘rgan Nasiba unga peshvoz chiqib, yana salom berdi. 
Asadbek alik oldi-yu, «kimsiz, menda nima ishingiz bor?» — deb so‘ramadi. 
— Men... Sharif akaning ayollariman... — dedi Nasiba sarosimali ovoz bilan. Bilmagan 
odam bu ovozni eshitib «Sharif akaning xotini bo‘lish ham katta gunoh ekan-da, a?» 
degan xayolga borishi tabiiy edi. Nasiba bu kishi yana «Qaysi Sharif?» deb so‘rab 
qolmasin, degan tashvishda darrov izoh berdi: — Vinzavodda ishlardilar... 
— Ha, endi tanidim, ko‘zimga issiq ko‘rinyatuvdingiz. Tinchlikmi, singlim? 
Qovog‘i soliq, qarashi qahrli Asadbekdan muloyim ohangdagi gapni eshitgan Nasiba 
sarosimadan qutuldi. 
— Sharif akamni Maskovdan olib kelib... shu yerga qo‘ydik, — Nasiba «Shu yerga 
qo‘yganimiz to‘g‘ri bo‘libdimi?» deganday unga qarab oldi. 
— Ie... xabarimiz bo‘lmabdi-ku? Salom-aligimiz bor edi eringiz bilan. Nega 
ayttirmadingiz? 
Asadbek bu gapi bilan riyokorlik qilmadi. U Sharif Namozovning o‘limini eshitgan, biroq 
kasalligi, keyin yana boshqa tashvishlari bilan andarmon bo‘lib, oilasining taqdirini 
unutgan edi. 
— Shoshib qoldik... — dedi Nasiba aybli odam ovozi bilan. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling