Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
120 burmoqchi bo‘ldi: — Sen kechirimli bo‘l. Xudo «bandalarimning gunohini kechiraman», deb turganida sen o‘jarlik qilma. — Xudoning hisob-kitobi boshqa, meniki boshqa. — Tavba qil, jinni bo‘lma. Halimjon yaqinlashib, mahalladan bir odam so‘-rayotganini aytmaganida ularning bahsi Jalilning bo‘ralab so‘kib qolishi bilan yakunlanishi tayin edi. Jalil «yo‘qlayotgan kim ekan, o‘zim bilib kelaman», deb Halimjonga ergashganicha ko‘chaga chiqdi-yu, tezda iziga qaytdi. — Shorasul akaning nevarasi ekan, bir borib kelmasang bo‘lmaydi. — Hozirmi? — Ha, hozir, bola kutib turibdi. Ukam anavi kuni «Amakim kasalmishlar», devdi. Og‘irlashib qolganga o‘xshaydilar. Senda gaplari bormish. — Birga boramiz. Jalil «Shorasul aka seni so‘rattirgan, menga balo bormi?» deyish o‘rniga: — Men bu yerda keldi-ketdiga qarab turaman, — dedi. Chopar yubortirgan Shorasul aka Asadbekka ham, Jalilga ham ota qadrdonlardan edi. Shu sababli Asadbek hozir bormaslik uchun bahona izlab o‘tirmaslik barobarinda Jalilning vaj-karsonini ham inobatga olmadi. «Yur, keladigan odam sensiz ham kelib- ketaveradi», deb to‘ng‘illab qo‘yishining o‘ziyoq Jalilga kifoya qildi. Qirq birinchi yil Asadbekning otasi bilan urushga ketib, kelgusi kuzda o‘ng qo‘lsiz uyiga kirib kelgan Shorasul aka to‘rt yilu to‘rt oy davomida ularning issiq-sovug‘idan xabar olib turdi. Xotini bilan birgalikda non do‘konida ishlovchi bu odam ikki burda non orttirib qolsa, bir burdasini ularnikiga tashlab o‘tardi. Urush tugab, Asadbekning otasi qaytaganidan so‘ng ham bu odatini tark qilmadi. Asadbekning otasi «xalq dushmani» tamg‘asida qamalganida ko‘pchilikning oyog‘i ularning ostonasidan tortildi. Dastlab Shorasul aka ham kelmay qo‘ydi. Tug‘ruqxonadan qaytgan onasi holsizlangani sababli nonga Asadbekning o‘zi chiqadigan bo‘ldi. Yarim kechada Jalilning otasiga ergashib chiqqan Asadbek ko‘p qatori navbatda turar, uning kaftiga ham kattalarga o‘xshab navbat raqamini yozib qo‘yishardi. Asadbek «Yozuv o‘chib qolsa navbatdan chiqarib tashlashadi», deb qo‘rqib, kaftini yummasdi, barmoqlari sovqotib, tarashadek qotib qolsa ham chidab turardi. Navbati yetganda bir qo‘llab hisob-kitob qilayotgan Shorasul aka bilan, erining yonida chaqqon-chaqqon non kesayotgan opoqi xotin bilan ko‘zlari to‘qnashardi. Opoqisi bu bechora bolaning ko‘zlariga qaray olmasdi. Shorasul aka esa mungli ravishda tikilardi. Asadbek uning «Ha, toychoq, qalaysan», deb erkalab qo‘yishini juda-juda istardi. Aytadilarki, singan umid chinnisi chegalansa ham izi qoladi. Balki kattalarning umid chinnisiga xosdir bu hikmat. Norasidaning umidli nigohi javobsiz qolganda sinuvchi qalb chinnisini keyin chegalashning imkoni yo‘q. «Dada» deb tili chiqqanida otasining diydoriga to‘yolmagan, go‘daklik chog‘larida otaning suyishlari qanday bo‘lishini bilmagan, ulg‘aygan onida «toychoq» deb erkalashlarga ko‘nika boshlaganda yana mehrga zorlik dashtida qolgan bola uchun non do‘konida ishlovchi amaki qatoridagi odamning berguvchi nonidan ko‘ra birgina shirin so‘zi azizroq edi. Asadbek bu aziz narsaga zor bo‘lgan kunlarini hanuzga qadar unutmaydi. Yo‘q, u Shorasul amakisiga gina saqlamasdi. Shorasul aka ikki haftadan so‘ng shom qorong‘usida ularnikiga kelgan, eski gazit parchasiga o‘ralgan to‘rt kesim nonni berib, «Toychoq, qalaysan, oying, ukang yaxshimi?» deb hol so‘ragan, biroq, ostona hatlab ichkari kirmagan edi. Tug‘ilgan go‘dakning chillasi chiqmay turib kirish mumkinmas, yolg‘iz ayolning uyiga shom |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling