Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
— Tilla yo‘q menda... 
— Hukmni o‘zing chiqarding, mendan domangir bo‘lib yurma... 
Asadbek «buqachalaringni qo‘yib yuboraver», deganday sherigiga qaradi. 
Kesakpolvonga shu qarashning o‘zi kifoya qildi. Zulm harorati o‘tidan sachragan uchqun 
bir oilaning pokiza gullarini so‘ldirdi. 
Uy egasi o‘shanda qarg‘agan edi. 
O‘shanda Asadbek «men ham qiz ko‘rarman, vaqti kelib kimningdir iflos nafasi ardoqlab 
o‘stirganim pokiza gulni so‘ldirar», — deb o‘ylamovdi. Bu qarg‘ishni o‘shanda yer 
yutganday bo‘lib edi. Odam o‘lib ketaverar ekan-u, biroq, uning qarg‘ishi o‘lmay, yer 
yuzi bo‘ylab o‘ljasini ta’qib etib yuraverarkan. Restoran boshlig‘i o‘sha voqeadan so‘ng 
ko‘p yashamadi. Avval xotini, so‘ng o‘zi bu dunyoni la’natlay-la’natlay tashlab ketishdi. 
Asadbek uning janozasiga borgan edi, go‘rkov tutgan etakka «meni u dunyoda ham 
eslab yur», deganday bir siqim tuproq ham tashlagan edi. Ha, unutmabdi, o‘zi ko‘milsa 
ham qarg‘ishini qoldirib ketibdi. Bu qarg‘ish yigirma yildan ziyod Asadbekka soyaday 
ilashib, payt poylab yurgan ekan. 
O‘sha restoran xo‘jayini tirik bo‘lib, pichoq bilan hamla qilsa, Asadbek o‘zini himoya 
qilish chorasini topardi, yoki uni o‘ldirib qutulardi. Endi ko‘zga ko‘rinmas, chopsa 
chopilmas qarg‘ishdan o‘zini qanday himoya qilsin? 
Asadbek qarg‘ishni eslashga esladi-yu, biroq, aybni o‘zidan emas, o‘zgalardan izladi. 
Alqissa, hukmni ham o‘ziga emas, o‘zgalarga chiqardi. Uning qonida o‘tgan ishlardan 
pushaymon qilib o‘tirish degan narsa yo‘q edi, bilaks, qasos degani istagancha topilardi. 
Siniq ko‘nglida g‘am, buzuq xayolida alam hukmron ekan, endi Asadbekdan nimalar 
kutish mumkin? 
Jaholat zulmidan aql ravshanligiga yeta olmay qolgan Asadbekning Olloh huzurida 
«birovga qasd qilmayman», degan ahdi bo‘lmagach, uni kim to‘xtata olardi? 
3 
«Oyijon, meni chaqirmay turing, bu dunyoda qiladigan ishim ko‘payib qoldi...» 
Mozorboshiga qarab yurayotgan Asadbekning ko‘nglidan shu so‘zlar kechdi. 
Kasali og‘irlashganda «ota-onam yonlariga chaqi- rishyapti, vaqt yetgan bo‘lsa 
boraman-da, iloj qancha?» deb o‘ylagandi. Unda o‘g‘illari taqdiridan ko‘ngli to‘q edi. 
Zaynabni ham xorijga jo‘natib yuborsa, armonsiz, tahlikasiz ketishi mumkin edi. Avval 
kelganda «meni chorlamang», deb yalinmovdi. Endi bolalarini bunday ahvolda tashlab 
keta olmaydi. Haqqi yo‘q tashlab ketishga! 
Xudoga emas, chirib yotgan murdaga yalindi bu g‘ofil banda. 
U ozgina bo‘lsa-da yashamoqni, xonadoni tepasidagi balo bulutini haydamoqni, oilasiga 
baxtni qaytarmoqni istardi. 
Istardi... lekin... 
Bu baxti qora baxtli bo‘lmog‘i uchun tole’ yulduzining zulm zulmatidan chiqib, saodat 
burjiga yuz burishi zarurligiga aqli qosirlik qilardi. 
Gunohlar kirini pushaymonlik va tavba yoshi yuva olishini kim bilmaydi? Unda esa tavba 
ham yo‘q, ko‘z yoshi ham yo‘q. 
Jamshid boshlab kelgan go‘rkov o‘zi bilganicha tilovat qilgach, Asadbek uning 
cho‘ntagiga pul soldi-da, onasiga qo‘yilgan qora marmar tosh yonidagi yangi qabr-ga 
imlab: 
— Bu yerga kim keldi? — deb so‘radi. Keyin tahdid emas, afsus ohangida qo‘shib qo‘ydi: 
— Bu yerga odam qo‘ymagin, devdim-ku? 
— Mahalla bir nima deb turganidan keyin qaytar- olmayman-da. Bu yer ularning 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling