Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
115 qilaverar. Ayni damlarda nafs Asadbekni boylikka undamayotgan edi. «Asadbek» deb nom berilgan bu vujudga, nainki vujudga, butkul ruhoniyatiga hukmini o‘tkazib kelayotgan nafs endi kibrga nikohlandi. Mazkur nikohning mahsuli esa Asadbekdagi mardlikni bo‘g‘ib, uni o‘yindan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. To‘g‘ri, u taxtini Kesakpolvonga topshirib qo‘yaverishi mumkin edi. Biroq, mag‘lub holida chekinishni istamadi. Endi uni hech kim, hech qanday kuch ahdiga qaytara olmas edi. Daryoni ko‘zachaga qamash mumkin bo‘lmaganidek, Asadbekning g‘azab o‘tlarini o‘chirishga urinish befoyda edi. Moskvadagi mehmonxonada bedorlik bilan olishib yotgan Asadbekni yo‘qlab kelgan Iliko o‘tlarga moy sepgan edi. Aslida Asadbek ertasi kuni Ilikodan ko‘ngil so‘ragani borishi kerak edi. Jamshidga «qaytishning harakatini qil», deb topshiriq bergan Asadbek Xongireyning birga borish haqidagi amrini unutmagandi. Asadbek mehmonxonadan qaytayotganidayoq bu masalani puxta o‘ylab, hal qilib qo‘ygandi. Iliko bilan uchrashmay o‘zini salkam Xudo deb hisoblayotgan bu kibrli chechenga javob — tarsaki bo‘lardi. Ikkinchidan, u Xongireyning Iliko bilan yarashib olishini istamadi. Yarim tunda mehmonxonaga kelib Asadbekni yo‘qlatgan Iliko ko‘p gapirmadi. «Nega kelding, o‘g‘illaringga nima bo‘ldi? Bu yog‘ini menga qo‘yib ber», demadi. Akasining o‘limidan qayg‘uda ekanini ayta turib «Xongirey o‘lim raqsiga tushishni boshladi. Endi qancha yashashini men hal qilaman», deb qo‘ydi. Asadbek uning ahdi ohangidan «Xongireydan o‘ch olaman, u bilan olishaman, deb ovora bo‘lma», degan ma’noni uqib, gapni cho‘zmadi. Derlarkim, vaqti kelganda ba’zi narsalar uchun jonni fido qilmoq mumkin. Ammo nomus hech bir narsaga fido qilinmas, nomus jondan-da qimmatliroqdir. Asadbek ota-ona mehrisiz ham bu dunyoda yashamoq mumkinligini biladi. Biroq, erkakning nomussiz yashamog‘i qanday bo‘lishini tasavvur etolmaydi. O‘zgalarning nomus-ori toptalganda rohatlangan odam, o‘ziga tajavvuz qilinganda chiday olmadi. Uzoq yillar ilgari yangragan, so‘ng unut g‘uborlari ostida mudrab qolib ketgan bu qarg‘ish hech kutilmaganda uyg‘ondi. Bu qarg‘ish oldida Jalilning «Xudodan qaytibdi», degani arzimas bir gap edi. Hosilboyvachcha tashlab ketgan videokassetadagi manzarani ko‘rib ko‘z oldi qorong‘ilashganda zulmat qa’ridan o‘sha ovoz bo‘g‘iq momaguldirak kabi chiqib kelgan edi: — Asad, men senga Xudodan o‘lim tilayman. Men bugun sening qo‘lingdan o‘lim topmasam, ertaga joningga qasd qilmayman. O‘g‘illarim ham qasos olishga urinishmaydi. Yo‘q, sen osonlikcha o‘lib ketmagin, Asad. Sen bolalaringning xorlanganini ko‘rginu so‘ng o‘lgin... U damda Zaynab hali tug‘ilmagan edi... Alam bilan aytilgan bu qarg‘ish nahot tug‘ilmagan qizning qismatiga yozilib qolgan bo‘lsa?.. Nahot uning joni-jahoni, suyukli qizi tug‘ilganidayoq o‘sha qarg‘ish yo‘rgagiga yo‘rgaklangan bo‘lsa?.. Baqirib emas, ingrab aytilgan bu so‘zlar shunchalar qudratga ega ekanmi?.. Moskvadagi mehmonxonada yotganida bu qarg‘ishni yana eshitdi. Ovoz bu safar bo‘g‘iq emas, yeru ko‘kni larzaga soluvchi momaguldirak yangrashi kabi eshitildi. ... Aslida o‘sha g‘alvani shumqadam Kesakpolvon boshlagan edi. «O‘qilon» degan laqabdan boy odamlarning endi-endi cho‘chiy boshlagan damlari edi. Markazdagi restoran boshlig‘i ularning talabiga ko‘ra cho‘talni kanda qilmay, kamaytirmay berib turardi. Kesakpolvon qaerdandir hid olib «cho‘taliga gadomizmi, shuncha boyligi bor ekan, etakka to‘ksin», dedi. Bu fikr Asadbekka ma’qul kelgach, restoran boshlig‘iga talab avval yaxshilik bilan aytildi. Talab rad etilgach, tunda uyiga bostirib borildi. Asadbek Kesakpolvonning bunaqa ishlariga aralashmas edi. O‘sha kuni «sen ham bor, kimligingni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling