Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
125 tikildi. — Asad, To‘xtaning bir iltimosi bor ekan, or-qangga qaytasan, endi oshnam... — Nega? — Asadbek bu ayolga qarashni istamayotgan bo‘lsa ham majburan qaradi. — Siz ayting... bizdan rozi bo‘lsinlar... — Rozilik uchun ham dallol kerakmi? — deb to‘n-g‘illadi Asadbek undan ko‘zini olib. — O‘zing so‘rayver. — Biz so‘radik, javob bermayaptilar... — Ikki mo‘’minni yarashtirib qo‘yish savob, — dedi Jalil. — Banda rozilik bilan ketgani durust. — Shu savob o‘zingga buyursin, — Asadbek shunday deb deraza tomon o‘tdi-da, unga yo‘l bo‘shatdi. Gapni cho‘zishdan foyda yo‘qligini anglagan Jalil ko‘p o‘ylab o‘tirmay oldinga o‘tdi-da, ayolga «yur», deb ichkari kirdi. Asadbek esa bu savdoning nima bilan tugashini kutib turmay tashqariga chiqib ketaverdi. U Shorasul akaning fe’lini yaxshi bilgani uchun ham To‘xtaxonning kechirilmasligiga ishonardi. Bir marta Asadbek «To‘xta bilan gaplashmayapsizmi, kechirib qo‘ya qolmaysizmi?» deganida «Onasi kechirmagan qizni men kechiramanmi?» degan javob eshitgan edi. Shorasul aka qizini faqat behayoligi uchun emas, xotinining isnoddan kuyib, bevaqt o‘lishiga sabab bo‘lgani uchun ham kechirolmas edi. Asadbek buni o‘sha suhbatdan keyin tushungandi. Shorasul aka qizini kechirsa xotini ruhiga xiyonat qilganday bo‘lardi. O‘rtada turgan Asadbekning gapini ikki qilmay qizining ko‘chib kelishiga rozilik berganidan so‘ng o‘tgan kunlari unga azobli bo‘ldi. Qizi uyiga qaytdi-yu, o‘zi azobli, to‘lg‘oqli dengizga g‘arq bo‘ldi. To‘xtaxon ostona hatlab kirib kelgan daqiqadayoq xotinining ruhi chirqillay boshlagan kabi tuyuldi. Uyqularidan halovat qochdi. Tushlarida xotinining g‘amnok ko‘zlariga termilib «Qizimizni kechira qol, yoshlik qilgan-da», deb ham yalindi. Lekin xotinidan sado chiqmadi, demak kechirmadi. Shu sababli ham Shorasul aka qizining rozilik so‘rab aytgan zorli so‘zlarini javobsiz qoldirgan edi. Asadbek ko‘cha eshigiga qadar kuzatib chiqqan kuyovga «xayr» ham demay, mashinaga o‘tirdi. Halimjon «Jalil aka ham chiqadilarmi?» degan savol nazari bilan xojasiga qarab javob olmagach, tavakkal qilib mashinani yurgizmoqchi bo‘ldi. — To‘xta, akang chiqmaydimi? — dedi Asadbek uni jerkib. Jalil uzoq qolmadi. Mashinaga chiqib o‘tirgach, Asadbek «Ha, rozi bo‘ldimi?» deb so‘ramasa ham hisob berdi: — Chol qaysar, ko‘nmadi. Asadbek o‘rtog‘iga «Ahmoq bo‘lmasang o‘rtaga tusharmiding?» — degan ma’noda qarab qo‘ydi. Jalil bu qarashdagi ma’nini uqmaganday xuddi o‘ziga o‘zi gapirgan kabi davom etdi: — «Onasidan so‘ramagan rozilikni mendan so‘raydimi, oq sutni men emas, onasi bergan», dedi. Men bir nima deya olmadim. To‘xta qo‘rqyapti, bu norizolik bollarimga urmasaydi, deb tashvishlanyapti. Asadbek bu gaplarni eshitmaganday devor bo‘yi taxlab tashlangan pishiq g‘ishtlarga imo qilib so‘radi: — Kuyov bolang uy qurmoqchimi? — Shunaqadir. Nima edi? — Ovora bo‘lmasin, aytib qo‘y: janozadan uch kun o‘tgach, kelgan yerlariga ko‘chib ketishadi. — Sen ham o‘jarsan. — Bu mening hukmim emas. Uy Sohib sariqqa qolarkan. Bir oz yurishgach, Jalil mashinani to‘xtatib, «Ukamda ishim bor», deb tushdi-da, eshikni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling