Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
133 orzu qilardi. Bu muammoni doktor Xudoyor osongina yechib berdi. Ota-ona bir, hatto tarbiya mezoni bir bo‘lgani bilan qizlarning fe’llari ayri-ayri edi. Cho‘lponoy ruhan xonim Xadichaga yaqin edi. Uning so‘zlarini hamisha butun jonu dili bilan berilib tinglardi. Uning har bir gapini hatto haqiqat tarzidan qabul qilardi. Mushtariy esa, aksar hollarda bu gaplarni zerikish azobi bilan tinglardi. Asadbekning xonadonida, kelinlik ko‘shkida birinchi tunni o‘tqazayotgan opa- singillarning xayollari olgan tarbiyalariga monand ravishda edi. Cho‘lponoy kuyov to‘ralarning Moskvada olinib qolinishlarining asl sababini bilmasa-da, bu harakat zamirida zulm yotganini aqli bilan his etardi. Cho‘lponoy boylik baxt emasligini yaxshi tushunardi. Xonim Xadichaning «Ulug‘ Olloh Fir’avnga to‘rt yuz yillik umr, mol-mulk, shohlik va uning boshqa turli orzulari adosini nasib etdi. Bularning barchasi farog‘at emas, balki uni Olloh huzuridan uzoqlashtirgan narsalar edi. Fir’avnga hatto bosh og‘rig‘i ham berilmadiki, oqibat u Haqni eslamay o‘tdi. U o‘z murodi bilan band bo‘ldi va Yaratganni xotirlamadi», deganlarini tez-tez yodlaydi, har eslaganida yangi ma’no uqadi. U boylikni atrofi parishonlik ummoni bilan o‘ralgan ojiz orol deb bilib, bu orolning qachondir cho‘kib, yo‘q bo‘lib ketmog‘i tayin ekanini ham anglaydi. Orol cho‘kib ketmagan taqdirda ham, undagilar parishonlik ummonida tez-tez cho‘milarlar, bu suvdan icharlar. Balki jon berar onlarida ham lablariga ana shu parishonlik ummonining afsus suvidan tomizarlar... Opa-singil bir-biroviga tunning xayrli o‘tmog‘ini tilab, uy-uyiga kirgach, o‘zlarini olam aro yolg‘iz qolgandek his etdilar. Bundagi hamma narsa ular uchun begona edi. Bu yaltiroq pardalarni, serhasham qandillarni, javon to‘la idish-tovoqlarni Ovrupo tarbiyasini olgan qizlarning didlari hazm qilolmas edi. Ortiqcha hashamsiz, latiflik ila uy tutishga ko‘nikkan qizlarga bu uydagi bezagu anjomlar og‘ir yukday tuyulib, xuddi boshlari ustiga bostirib kelayotganday bo‘laverdi. Ham bu og‘irlik, ham yolg‘izlik ularni dastlabki ondanoq siquvga oldi. Xonim Xadichaning tarbiyasiga ko‘ra, ular zerikkan daqiqalarida kitob bilan hamroz bo‘lardilar. Ularning xonalaridagi javon bezaklar bilan emas, turli tillarda, turli mamlakatlarda nashr etilgan kitoblar bilan band edi. Opa-singillarning o‘zlari uchun ajratilgan kelinlik xonalariga kirgandagi dastlabki ajablanishlari ham javonda birorta kitob yo‘qligi bo‘ldi. Qizlar lozim bo‘lganda ruhlariga dalda beruvchi kitoblardan besh-o‘ntasini olvolgan edilar. Ammo hozir, yolg‘izlik omburiga mahkum onlarida xaloskor bo‘la olguvchi bu kitoblar erlari bilan birgalikda Moskvada qolgan... Cho‘lponoy bir oz yengil tortish maqsadida ichkariga kirib, yuz-qo‘lini muzdek suvga yuvib chiqdi. Xonaning chirog‘ini yoqmay, deraza pardasini surdi. Shunda ko‘zlari samodagi hilolga tushib, «alhamdulillah!» deb pichirladi. Xuddi sog‘ingan kishisiga yetishganday, uch kunlik Oyga suqlanib boqdi. «Bu yerning osmoni biz tomonlardan tamizroq, tiniqroq ekan, — deb o‘yladi u. — Oyning nuri-da, yulduzlarning nurlari-da tamizroq. Odamlari-da shunday bo‘lsin, inshoolloh» Cho‘lponoy yana bir oz osmonga maftun holda tikilib turgach, singlisining huzuriga oshiqdi. Tungi chiroqni yoqib, yumshoq oromkursida o‘tirgan Mushtariy opasining kirib kelishidan quvonib ketdi. — Bu ne holki, aqlim lol, — dedi u o‘rnidan turib. — Ayriliq kishani urilgan mahkuma martabasiga yetushmagimiz muborak o‘lsun. — Zinhor! Aqlingiz lol-u hayron bo‘lmasin, yulduzim, — dedi Cho‘lponoy, singlisini xuddi onasi kabi erkalab. — Beri keling-chi, ko‘kka bir boqing-chi... Bu xona derazasidagi parda ham surilib, Mushtariy hilolga opasi singari sog‘inib boqdi. So‘ng xuddi o‘ziga o‘zi gapirayotgan devonavash singari pichirladi: Jon qasdi ko‘p etti yor hijroni manga, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling