Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet141/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
ijaraga olib berdi. Uch xonalik uyning egasi zavoddagi kutilmagan ofat tufayli ikki 
qo‘lining panjalaridan ayrilgan odam edi. Uning majruhlik uchun oladigan nafaqasi 
oilaning non-choyiga arang yetardi. Xotini Kunsanam ilmsiz, hunarsiz ayol bo‘lgani 
sababli oilani tebrata olmas edi. Shu bois u ham maktabdagi farroshligiga oladigan 
ozgina maoshiga qanoat qilishga majbur edi. Er-xotin-ku sabr qilardi, ammo ulg‘ayib 
kelayotgan o‘g‘il-qizlarining yemoq-ichmoq, kiyinmoqdagi ehtiyojlarini qondirish 
mashaqqat edi. 
Kesakpolvon ijaraga qo‘yiladigan xonani ko‘rgani kelganidayoq bu chiroyli ayolga 
xushtor bo‘lib qolgan edi. Nazarida eri majruh, oilasi muhtojlikda yashayot-gan bu ayol 
arzimagan «sovg‘a-salom» evaziga quchoqqa oson kirmog‘i mumkin edi. So‘z qarmoqlari 
ish bermagach, yugurik qo‘li belga borganida bir shapaloq yeb niyatga erishmoq oson 
emasligini bildi. Bildi-yu, baribir maqsadidan qaytmasa-da, Kunsanamni ba’zan 
«singlim», ba’zan esa «qiz o‘rtog‘im» deb «e’zozlab» yurdi. 
O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas ekan. Asadbekning cho‘tallariga qanoat qilmay, 
unda-bunda o‘g‘rilik ko‘chasiga sho‘ng‘ib, cho‘ntagi sal qappaygach, o‘ziga boshpana 
sotib oldi. Shundan so‘ng bu xonadon bilan bordi-keldisi uzildi. Cho‘ntak baquvvat 
bo‘lgach, ko‘ngilxushlikka bop juvonlarni topish qiyin emas. Kunsanam ham ko‘ngil 
daftaridan osongina o‘cha qoldi. 
Ammo Oysanam... 
Kesakpolvon bir kuni bozorda Kunsanamga tasodifan duch keldi. Avvaliga Kesakpolvon 
uni tanimadi. Tanigach, ichida «Shaftoliqoqi bo‘lib qolibsan-ku, ahvoling shu ekan
nozingga balo bormidi?» deb qo‘ydi. Kunsanam esa uni yaqin odami deb bilib, kuyovi 
nobop bola chiqqani, qizining turmushi buzilganini afsus bilan aytib, ishga kiray desa 
durustroq joy chiqmayot-ganidan nolidi. O‘shanda Kesakpolvonning tantiligi tutib, 
Oysanamni taksoparkka joylab qo‘ygandi. O‘shanda Ilyosov bosh muhandis bo‘lib 
ishlardi. Erdan chiqqan bu go‘zal juvonni u qanday ilintirdi, Kesakpolvon bilmaydi. 
Kesakpolvon Oysanamni durkun qizaloq paytida ko‘rgan edi. Ilyosov nikohlab olgach, 
mehmonga borib juvonni ko‘rdi-yu, «Vah!» deb yuborishiga ozgina qoldi. «Qo‘limga 
qo‘nib turgan shunday qushchani uchirib yubordimmi?!» deb afsuslandi. Keyin esa 
«Gilamni o‘zimga yaqin odamga sotibman, xohlagan paytimda bir chekkasida o‘tirib 
turaman», deb o‘zini ovutdi. Biroq, bu ovutishlari xomxayol bo‘lib chiqdi. Onasi kabi 
hurkak bo‘lgan Oysanam uni yoniga yo‘latmadi. Uning bu qilig‘i Kesakpolvonga 
noshukrlik bo‘lib tuyuldi. Unga qonundagi o‘g‘rilarga xos tantilik yetishmasdi — birovga 
yaxshilik qilgach, indamay keta olmasdi. U birovning hojatini chiqarganidan so‘ng albatta 
shunga yarasha javob bo‘lmog‘ini istardi. Oysanamni «yog‘li» ishga joylashib qo‘yishi 
uning nazdida ulug‘ xizmat edi. Shu «ulug‘ xizmat» evaziga bu noshukr juvon bir 
kechalik ishvasini unga in’om qilgisi kelmadi. Mazkur muammoning hal etilishida 
Kesakpolvonning tarozusi bilan Oysanamniki mos emasdi. Kesakpolvon tarozusining bir 
pallasiga o‘zining «ulug‘ xizmati»ni ikkinchisiga juvonning ishvasini qo‘ygan, 
shubhasizki, pallaning «ulug‘ xizmat» tomoni bosib turardi. Oysanam esa tarozuning bir 
pallasiga «arzimas ish»ni, ikkinchisiga esa nomus-orini qo‘ygan edi. Shu bois «arzimas 
xizmat» uchun shiringina jilmayib, «rahmat» deb qo‘yishni kifoya deb bildi. U 
go‘zalligini, ko‘z suzib qarashi har qanday erkakni behush qila olishini bilardi. 
Erkaklarning suqlanib qarashlaridan rohatlanardi. Biroq bu qarashlarga bandi bo‘lishdan 
o‘zini tiya olardi. 
Bir baxtsiz aytgan ekanki: «Bilmayin bosdim tikonni, tortadirman jabrini, bilsam erdim, 
bosmas erdim, tortmas erdim jabrini». 
Oysanam baxtsiz emasdi, tikonni bilmay bosuvchi toifadan yiroq edi. Birinchi turmushi 
yoshlik o‘ynoqiligi oqibati emas, balki ota-onasining istagi mevasi edi. Tag-tugli uzoqroq 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling