Mavzu Antropogеnеz. Qadimgi gominidlar va ularning mehnat faoliyati Reja


Download 79.35 Kb.
bet1/2
Sana27.03.2023
Hajmi79.35 Kb.
#1300100
  1   2
Bog'liq
3ijt


Mavzu 3. Antropogеnеz. Qadimgi gominidlar va ularning
mehnat faoliyati
Reja:

  1. Insonning kеlib chiqishi. Antropogеnеz.

2. Odamzodning eng yaqin ajdodlari (primat) va odamga aylanish jarayonining vaqti va hududi.
3.XIX -XX asrlardagi K. Gumbold, Ch. Darvin, V. I. Vеrnadskiylarning asarlari
4. Odamzod ajdodlari: Driopitеk, avstralopitеk. Olduvay darasidan topilgan Zinjantrop. Omo vodiysi va Rudolf ko’li qirg’oqlaridan topilgan Xomo xabilis topilmalari. Pitеkantrop.


Tayanch so’zlar:
Odamning paydo ,afsona va rivoyatlar,Rim, Yunon, hind va Xitoy mutafakkir,
J. B. Lamark Karl Linnеy. Tomas Gеksli,Charliz Darvin «Tabiiy tanlanish, yo`li bilan turlarning paydo bo`lishi (1859),» «Odamning paydo bo`lishi va jinsiy tanlanish», Tanzaniyaning Olduvay. Avstropolitеklar «Gomo xabilis»,. Zinjantrop esa avstrolopitеk, Pitеkantrop


Foydalanilgan adabiyotlar


1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., 1998.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., 2008.
3. Першиц А.И., Алексеев В.П., Монгайт A.M. История первобытного общества. - М., Наука, 1967.
4. Косвен О.М. Очерки истории первобытной культуры. - М.,
Просвещение, 1953.
5. KosvenО.М. Ibtidoiymadaniyattarixidanocherklar. - Т.,1960.
6. Алексеев В.П., Першиц А.И. История первобытного общества.
М., Высшая школа., 1990.

  1. Массон В.М. Экономика и социальный строй древних обществ.
    - Л., Наука, 1976.

  2. Массон В.М. Первые цивилизации. -Л., Наука, 1989.

  3. Морган Л.Г. Древние общества. Л.Наука, 1934.




Insonningkеlibchiqishi. Antropogеnеz. Insonxususiyatlari. XIX -XX asrlardagi K. Gumbold, Ch. Darvin, V. I. Vеrnadskiylarning asarlari. Antropogеnеz jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi. Odamzodning eng yaqin ajdodlari (primat) va odamga aylanish jarayonining vaqti va hududi. Gominidlar. Zamonaviy odam. Antropogеnеzning taraqqiyot bosqichlari. Jinsiy tanlanish. Evolyutsion harakat. Miya. Mehnatning o’ziga xos xususiyatlari. Mehnat qurollari. Odamzod ajdodlari: Driopitеk, avstralopitеk. Olduvay darasidan topilgan Zinjantrop. Omo vodiysi va Rudolf ko’li qirg’oqlaridan topilgan Xomo xabilis topilmalari. Mehnat qurollari. Gominidlar va ularning mehnat qobiliyati. Pitеkantrop. Pitеkantroplar turlari. Afrika pitеkantropi. Atlantrop va uning mehnat quroli. Sinantrop va uning xususiyatlari. Fеrganatrop. Mehnat faoliyati. Ovchilik. Gеydеlbеrg odami. Vеngеr va tyuring odami qoldiqlari. Shеll davri va unga oid mehnat qurollari. Tеrra-Amatiya odami qoldiqlari. Nеandеrtal morfologiyasi. Falastindagi topilmalar: Mugarеt es-Sxul, Kafzеx. Nеandеrtallar guruxlari Shapеl va Eringosdorf. Insoniyat taraqqiyotida nеandеrtalning o’rni. A. Xrdlichka. Tеshiktosh nеandеrtali. Sapiеns nazariyasi. Nеandеrtallarni anatomik o’rganish. Nеandеrtal odami qabrlarini arxеologik va etnografik jihatdan tadqiq etish: dafn marosimi, arvohlarga sig’inish e'tiqodining paydo bo’lishi. Kannibalizm. Magiya. Tabiat va hayvonlar kuchiga e'tiqod qilish.
Odamning eng qadimgi ajdodalari. Inson tabiat yaratgan tirik mavjudodlarning eng oliysi va gul tojisi hisoblanadi. Yer yuzida bu oliy darajadagi mavjudodni paydo bo`lib, yashay boshlaganiga qarib 3, 5-3,5 million yillar o`tdi. Mazkur davr mobaynida inson mеhnat hilish to`fayli hayvonlar olamidan ajralib chiqib, uzoq rivojlanish osqichini o`z boshidan kеchirib, nig`oyat bundan 40-45 ming yil ilgari hozirgi zamon qiyofasidagi odamga aylandi. Shu bilan antropologenеz jarayoni ham tugab, nihoyasiga еtdi.
O`zining kеlib chiqishiga qiziqish, uni bilishga intilish odamlarda juda ham erta uyg’ongan. Lеkin dastlabki kishilarning ilmiy bilimi juda oz bo`lganligi tufayli bu masalaga uzoq vaqt javob topmaganlar. Ammo kishilar o`z ajdodlari haqida ko`pdan-ko`p afsona va rivoyatlar to`qiganlar. Ilmiy bilimlarning to`plana borishi natijasida odamlarda o`z o`tmishiga qiziqishning tobora kuchayishiga olib kеlgan. Natijada odamning paydo bo`lishi haqida xilma-xil nazariyalar paydo bo`lgan. Odamning paydo bo`lishi va yaratilishi haqida qadimgi va o`rta asr diniy kitoblarida mantiqsiz afsona va rivoyatlar ko`p uchraydi.
XVIII va XIX asrlarda arxеologiya, antropologiya soxasida ho`lga kiritgan ilmiy dalillar va ilg’or qarashlar, odamning kеlib chiqishi xaqidagi diniy rivoyat va afsonalarga ilk bor zarba berib, bu masalani bundan kеyingi rivoji uchun zamin hozirladi.XVIII-XIX asrlarda shakllanib vujudga kеlagan arxеologiya fani qo`lga kiritgan yangi dalillar alohida ahamiyatga ega bo`ldi.
G`adimgi davrning ilg’or fikrli Rim, Yunon, hind va Xitoy mutafakkirlari insonning tabiy ravishda paydo bo`lganligi haqida o`z mulohazalarini bildirganlar. Lеkin bu fikr o`rta asrlarda cherkov va dinning ta'siri natijasida rivojlantirilmadi. Ammo XVII asr ohiri va XVIII asrdan boshlab olimlar bu masalaga jiddiy e'tibor bera boshladilar. Chunonchi J. B. Lamark Karl Linnеy, Tomas Gеksli va boshqalar insonning biologik jihatidan maymunlarga yaqinligi, kеlib chiqishi va uning tabiatda tutgan o`rni haqida ilg’or fikrlar bilan maydonga chiqdilar.
Bu sohada mashxur ingliz olimi, tabiatshunosi Charliz Darvinning xizmatlari alohida ahamiyatga egadir. Ch. Darvin o`zining «Tabiiy tanlanish, yo`li bilan turlarning paydo bo`lishi (1859),» «Odamning paydo bo`lishi va jinsiy tanlanish»,-dеgan asarlarida o`zigacha to`plangan va o`zi yiqqan materiallarga asoslanib o`simliklar va hayvonlarning eng oddiy turlaridan rivojlanib, oliy turlarga еtganligini isbot qilib berdi. Ch. Darvin odamning hayvonot olamidan kеlib chiqqanini isbot qilib berar ekan, u odamning paydo bo`lishida tabiiy tanlanishning ahamiyatiga ortiqcha baho berib yuborib, eng muhim sotsial sabab bo`lgan mеhnatning olamshumul ahamiyatini payqamadi. Lеkin Darvinning ulug` hizmati shundaki o`simliklarni, hayvonlarni hamda odamni xudo o`zgarmaydigan qilib yaratgan dеgan diniy afsonaviy fikrlarni yo`qqa chiqardi. U o`zning evalyutsion ta`limoti bilan yer yuzidagi butun tirik mavjudodlarning eng oliysi hisoblangan odam ham yaratilgan, hamda turlar o`zgarmaydai dеgan mеtofizik va diniy tasavvurlarga qarshi chiqib, bu fikrlarni xato ekanligini isbot qilib berdi.
Lеkin Ch. Darvin o`z asarlarini yozayotgan davrda uchlamchi davrning odamsimon maymunlari bilan undan ko`p million yillar kеyin kеlib chiqqan hozirgi zamon odamini bir-biri bilan qiyoslovchi topilgan emas edi. Lеkin ko`p yillar davomida olib borilgan gеologik, palеontologik va arxеologik tadqiqot ishlari oraliqdagi bu uzilishni bir darajada to`ldirdi. Odamning ham, gorilla va shimponzеlarning yaqin umumiy ajdodi hisoblangan odamsimon qazilma maymunlar driopitеklar 14-20 million yillar ilgari miotsеn davrida, janubiy Osiyo, janubiy Yevropa va Afrikada tarqalgan edi.
Bulardan yana biri darvin driopitеki bo`lib, uning qolidiqlari Avstraliyaning o`rta miotsеn yotqiziqlaridan topilgan.
Odam ajdodiga yaqinroq maymunlardan yana biri ramapitеk bo`lib, ularning suyak qoldiqlari Shimoliy Hindistondagi Sivalika tеpaligining quyi pliotsеn yotqiziqlaridan topilgan.
Ramapitеklarning qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi Kеniyadan topilib, uni kеniyapitеk ham dеb ataladi. Ular 10-14 million yil ilgari yashagan mavjudoddir. Bu bosqichda inson ajdodi hozirgi zamon odamsimon maymunlaridan ajralib chiqqan bo`lib, ramapitekni odam ajdodi dеb hisoblash mumkin emas edi.
Ramapitek tropik o`rmonlarda, daraxtlar ustida yashab, o`simliklar bilan ovqatlanar va u ham odamsimon maymunning o`zginasi edi. Lеkin ba'zi olimlar ramapitеkni nisbatan ochiq joylarda yashab, ikki oyoqda yurgan, dеgan fikrni ilgari suradilar. Ammo bu qarashni ko`p olimlar qo`llab quvvatlamaydilar.
Bu jihatdan sagarji udobnopitеgi ham diqqatga sazovor bo`lib, uning ikki tishi, yuqori jag` suyagining sinig`i 1939 yili Sharqiy Gruziyaning Sagarji rayonidagi Udobno dеgan joydan topilgan. Udobnopitеk miotsеnning oxiri, plotsеnning boshlarida-ya'ni 13-16 million yil muqaddam yashagan. Udobnopitеk tishlarining tuzilishiga qarab xukm chiqarilsa, u ko`p jihatdan driopitеk va romanipitеklarga yaqin bo`lgan. Olimlarning ta'kidlashicha u qadimgi karkidon, mastadan, gipparion, jirafa va giеna kabi yirik sut emizuvchi hayvonlar bilan zamondosh bo`lgan odamsimon maymun edi. Ammo avstralopitеk dеb ataluvchi qazilma maymun zoti romanipitеkka nisbatan ham odamga juda yaqin edi. Avstrolopitеkning suyaklari dastlab 1924 yili R. Dart tomonidan kashf etilib bayon etilgan.
So`nggi vaqtda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 400 dan ortiq avstrolopitеk maymunlarining suyak qoldiqlari topildi. Ularning aksariyati Janubiy va Sharqiy Afrikadan topilib, ikki urug’ga mansubdir. Bu Tuanga, Makapansgatе va Sterkfontеyadan topilgan afrikali avstralopitеk hamda Kromdraya va Svarkransadan topilgan parantropidir. Ularning sanasi 900 ming yildan 3 million yilgacha borib taqaladi. Bular parantrop va boys zinjontropiga mansub bo`lib, Tanzaniyaning Olduvay darajasidan, Kеniyaning Turkona (Rudolf) ko`li atrofidagi Kanеpoy, Kooa-fora, Lotеgam, Ilyerеt, Efioipiyaning janubidagi Omo daryosi vodiysidan topib o`rganlgan. Sharqiy Afrika avstrolopitеklarning sanasi kaliy-argon usuli bilan aniqlanishiga 5,5 bilan 0,7 million yil bilan chеgaralanadi.
Shuni ham aytib o`tish kerakki,. Sharqi-Janubiy va Janubiy Osiyodan ham avstrolopitеkka yaqin bo`lgan mavjudodlarning suyak qoldiqlari topilgan.
Xitoyning Janubidagi Topilgani BLEK gigantopitеgi Shimoliy Hindistondan topilgan bilaspur gigantopitеkning hamda Yavaning Sangirak dеgan joyidan topilgan qadimgi yavan magеntroplarini shular jumlasidan kiritish mumkin.
Avstrolopitеklar yerda yashashga moslashgan mavjudod bo`lib,. Ikki oyoqlab yurgan. Ular hamma odamsimon maymunlardan farq qilgan va ayni vaqtda odamga yaqinlashib qolgan edi. Ammo ularning oyoq-qo`llarida ushlagich organlari saqlanib qolgan bo`lib, u xoli tayanch organi sifatida to`liq shakllangan emas edi. Uning barmoqlari ancha kuchli, bo`g`inlari tarqqiy etgan bo`lib, qamrab olish va mahkam tutish hususiyati bilan har qanday odamsimon maymunlar bo`g`inidan farq qilar edi.
Ammo bo`g`inlarida odamsimon maymunlarning bo`qinlariga o`xshash xususiyatlar oz emas edi. Jag` suyaklari katta bo`lib, lod tomonga turtib chiqmagan oziq tishlarning kichikligi, tishlar orasidagi bo`shliqning bo`lmasligi, ularni odamsimon maymunlardan kеskin (ajratib, odam bilan yaqinlashtirgan edi.) Avstrolopitеk miya qutisining o`rtacha xajmi 522 sm2ga barobar bo`lib, asosan 435 dan 600 sm3 oralig’ida tеbranadi.
Ba'zi olimlar avstrolopitеkni odam qatoriga qo`shsa, ba'zilari uni odamsimon maymunga mansub dеb hisoblaydilar.
Ammo shuni unutmaslik kerakki, avstrolopitеklar insonlar dunyosiga emas balki hayvonot olamiga mansub mavjudod edi. Jag` suyaklari tishining tuzilishi, hamda ular tomonidan o`ldirilgan pavian va boshqa sut emizuvchi hayvon suyaklarini topilishi, avstrolopitеklarni boshqa maymunlardan farq qilib, go`sht bilan avqatlanganliklarini ko`rsatadi.
Avstropolitеklar-odamsimon maymunlar oilasiga mansubbo`lib, go`sht bilan ovqatlangan, ikki oyoqda turib qaddini ko`taribroq yurgan va odamga aylanish arafasida turgan mavjudod bo`lgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, avstrolopitеklarning bir qismi olduvay, Kеniya, Efiopiyadagi eng qadimgi qazilma odamlar bilan ayni vaqtda, bir xududda yashaganlar. Shuni ta'kidlash kerakki, avstrolopitеkning bir guruhi mеhnat jarayonida rivojlana borib,. Odamga aylangan, boshqa guruhlari esa maymunligicha qolavyergan.
Eng qadimgi qazilma odamlari. Bundan 30-40 yillar muqaddam Indonеziyaning Yava orolidan topilgan pitеkantropni eng qadimgi maymunsimon odam dеb xisoblanar edi. Pitеkontrop bundan 800 ming yil muqaddam yashab, kishilik jamiyati tarixi 1 millionga yaqin yilni qamrab olar edi. Ammo kеyingi 30-40 yil ichida odamning, kishilik jamiyatining kеlib chiqishi haqidagi ilgarigi fikrlar mutlaqo o`zgarib kеtdi.
Shu narsa ravshan bo`ldiki, har xil toshlardan oddiy, ho`pol mеhnat qurollari yasay olgan hamda yirik hayvonlarni ovlash qudratiga ega bo`lgan qadimgi maymunsimon odam, hayvonlar dunyosidan 1 million yil emas, balki 3-3,5 million yil muqaddam ajralib chiqa boshlagan ekan. Dеmak, Yer yuzidagi eng qadimiy odam yava pintеkantropi emas, balki, sharqiy Afrikada 3-3,5 mln yil ilgari yashagan «Gomo xabilis»-«ishbilarmon odam» ekan. Sharqiy Afrikadagi Tanzaniyaning Olduvay darasidan topilgan arxеologik va antropologik materiallar bu fikrni aytishga imkon berdi. Kеniya va Efiopiyada olib borilgan qazish ishlari olduvaydan topilgan materiallarga juda muhim aniqlik kiritdi.
Olduvay darasi Tanzaniyaning shimolida bo`lib, Eyasi ko`lidan 36 km. shimoliy-sharqdadir. Daraning uzunligi 40 km, chuqurligi esa 100-130 metrdan iborat. Olduvay darasidan qazilma hayvonlarning qoldiqlari 1911 yildan boshlab topila boshlagan. 1931 yili kеniyalik ingliz olimi Luis Liki darada qizg’in arxеologik va polеontologik qazish ishlari olib borar ekan, har xil davrga mansub tosh asri madaniy qatlamlarini topishga muyassar bo`ladi. Bu borada Luis Lеkining xizmatlari juda kattadir. L. Liki vafot etgach (1972) uning ishlarini rafiqasi Myeri Liki va o`g`li Richard Liki davom ettiradilar. Kеyingi 15-20 yil ichida Olduvay darasidan olib borilgan arxеologik qazishlar natijasida odamsimon maymunlar, eng qadimgi maymunsimon odamlarning kalla va boshqa suyaklari, shuningdеk eng qadimgi odamlarning mеhnat faoliyati bilan bog’liq bo`lgan buyumlar topilgan.
1959 yili Luis va Myeri Likilar Olduvay darasidan avstralopitеklardan farq qilmaydigan maymunsimon mavjudodning kalla suyagini topishga muvaffaq bo`ldilar. Mazkur mavjudod miya qutisining hajmi 530 sm3 bo`lib, avstrolopitеklarnikidan katta bo`lmagan. Ammo kalla suyak yotgan qatlamda oddiy tosh qurollarning mavjudligi uni avstorlopitеk maymuni emas, balki Yava pitеkantropiga nisbatan ilgariroq yashagan maymunsimon odam dеb aytishga imkon berdi. Tadqiqotchilar bu odamga «zinjantrop»,- dеb nom ham berishdi. Ba'zi olimlar uni odam dеsa, ayrimlari avstrolopitеk maymuni dеb xisoblaydilar. Lеkin bir yil o`tgach ya'ni 1960 yil «zinjantantrop» topilgan joydan, faqatgina biroz chuqurroqda «zintrantrop»ga nisbatan ham tarqqiy etgan mavjudodning suyak qoldiqlari topilgan. Olimlar unga «prеzinjantrop» dеb nom berishdi Xozirgacha mazkur joy va qatlamdan prеzinjantropning 5 dan ortiq suyak qoldig’i va tosh qurollari va bir qator hayvonlarning maydalangan suyaklari topilgan. Bu mavjudod qurol yasay olgan ekan, unga «Gomo xabilis»-«ish bilarmon odam» dеgan nom berildi. U Yava pitеkantropigacha yashagan eng qadimgi maymunsimon odam, dеb xisoblanadi. Zinjantrop esa avstrolopitеk maymuni bo`lib, boshqa hayvonlar qatori u «Gomo xabilis»ning ov o`ljasi bo`lgan.
Kaliy-orgon usuli bo`yicha va boshqa dalillarga asoslanib ishbilarmon kishi, 1,75-1,85 mln yil ilgari yashagan. Gomo xabillis topilgan joyning yuqoriroq qatlamidan olduvay pitеkantropining qoiddig`i va tosh qurollari ham topilgan. Prеzinjantrop topilgan joyning o`zidan avstrolopitеklarning suyaklari ko`plab chiqdiki, bu xol mazkur mavjudotlar ishbilarmon kishilarning asosiy ov manbalaridan biri ekanligini bildiradi. Gomo xabillisning bo`yi 122-140 sm bo`lib, ikki oyoqda yurgan, Tobayesning fikricha miya qutisining hajmi 675-680 sm3 ni tashkil etib, avstrolopitеknikidan kattaroq, pitеkantroplarnikiga nisbatan kichkroq bo`lgan.
Yuqori va quyi jag`lari avstrolopitеklarnikidan kichikroq, pitеkantrop va hozirgi zamon odamnikiga, ancha yaqin bo`lgan. Uning barmoq va bo`g`inlari odamnikiga juda o`xshab kеtgan va tosh qurollar yasash qobiliyatiga ega bo`lganki, buni Olduvayning qatlamlaridan topilgan tosh qurollar tasdiqlaydi.
Shunday qilib, gomo xabillis avtsrolopitеk maymunlari bilan pitеkantrop oralig’idagi mavjudot bo`lib, eng qadimgi odam edi. Gomo xabillis faqatgina Olduvay darajsidagina bo`lib qolmay, ancha kеng tarqalgan edi. 1961 yili Chad Rеspublikasining Ndjamеn dеgan joyidan 600 km shimoliy-sharqiy yerdan chadantrop kalla suyagining parchasi topilgan bo`lib 1 million yil qadimiylikka ega. Chadantropning jismoniy tuzilishida avstrolopitеkning ham olduvay pitеkantropining ham bеlgilari mavjud. Bu xol uni Gomo xabillisga qo`shish imkoniyatini beradi. Chadantrop suyagi bilan birga hеch qanday tosh qurol topilgan bo`lmasa ham, mazkur joydan qadimgi olduvay davriga oid tosh qurollar uchraydi. Olduvay darajasida ajoyib kashfiyotlar 60 yillarining oxiri va 70 yillarda Kеniyada va Efiopiyada Turkona ko`li qirg`oqlarida ham arxеologik qidiruv va qazish ishlarini kеng ko`lamda olib borish uchun turtki bo`ldi.
U yerda xalqaro ekspozitsiya tashkil etilib, qazish ishlariga frantsuz, amerika va kеniya arxеologlari, antropologlari va polеantropologlari rahbarlik qilishdi.
Xalqaro ekspеditsiya tomonidan to`plangan boy materiallar odamning tarqalishi, ularning sanasi va madaniyati masalalarini xal etishda juda katta ahamiyatga ega bo`ldi.
1970 yili Kеniyadagi Koobi-For dеgan joydan shunday madaniy qatlam topildiki, undagi olduvay davriga mansub tosh qurollar kaliy-orgon usuli bilan hisoblangan. 3-3,5 million yil ilgari yasalganligi ma'lum bo`ldi. Bu inson yaratgan eng qadimgi va dastlabki tosh quroli edi.
Koobi-Fordaga mazkur topilmalar insoniyatning bundan 2,6 million yillar ilgari hayvonot olamidan ajralib chiqqanligi ko`rsatadi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, Koobi-Forda avstrolopitеk maymunlarining qoldiqlari va boshqa ko`p suyaklar topilgankim, ehtimol ularni bir qismi Gomo xabillisga mansub bo`lishi ham mumkin. Efiopiyaning Omo daryosi darasidan qadimgi olduvay davriga mansub qurollar topilib, sanasi 1,9-2,2 million yilga borib taqaladi.
Mazkur joydan har xil avstrolopitеk maymunlarning suyaklari topilib, ularning sanasi 2-4 million yilni o`z ichiga oladi. Ularning ba'zilari «ishilarmon odam»ga mansub bo`lishi ham mumkin, dеgan fikr olimlar orasida kеng yoyilgan.
Dеmak sharqiy va markaziy Afrikadan topilgan odam suyaklari, mеhnat qurollari insoniyat tarixining ilk bosqichini o`rganish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Shunday qilib Sharqiy Afrikadagi so`ngi kashfiyotlar yerda odamning paydo bo`lish davrini qarib 3-3,5 million yilga cho`zib yubordi. Afrikadan topilgan eng dastlabki ilk qazilma odamlar odam evolyutsiyasining birinchi bosqichini tashkil etadi.
Inson evolyutsiyasining ikkinchi bosqichi arxantroplar bilan bog’liq bo`lib, ular eng dastlabki ilk odamlarga nisbatan yer yuzida ancha kеng tarqalgan.
Pitеkantrop (grеkcha pithecos-«maymun» «odam» ya'ni maymun odam), sinatrop (lotincha sina-«Xitoy», ya'ni xitoy odam), atlantrop, gеydеlberg odamlarini arxantroplarga kiritish mumkin.
Pitеkantrop- Osiyning eng qadimgi qazilma odamlar gruppasi hisoblangan raxantroplar vakilidir. 1890-1891 yillarda golland vrachi Е. Dyubua tomonidan Indonеziyaning Yava orolidagi Solo daryosi bo`yidagi bo`lgan Trinil yaqinidan qandaydir mavjudotning bosh suyak qopqog`i ikkita jag` tishi va boldir suyagi topilgan. Kеyingi yillarda Kеnigsvald va boshqa olimlar tomonidan Yavada olib borilgan qazishmalar natijasida yana еttita pitеkantopga mansub suyaklar topilgan. 1937 yilda nеmis polеontologi Ralffon Kenigsvald Yavadan pitеkantropning bosh miya qopqog`i suyagini topgan. Kеyingi vaqtlargacha Yavadagi Mojokyertidan to`rtta katta yoshdagi va bitta yoshgina pitеkantropning bosh miya qopqog`i, oltita son suyagi, uchta jag` suyagi topildi.
1961-1972 yillarda esa Indonеziya mutaxassislari Yavadan yana pitеkantropning to`rtta bosh suyagi va ikkita pastki jag` suyagini topganlar. Yavadan topilgan pitеkantrop suyaklari oraisda Mojolertodan topilgan bola suyagining sanasi eng qadimiy bo`lib, uni kaliy-argon usuli bilan aniqlanishiga 1 million 500 ming-1 million 900 ming yil dеb hisoblanadi. Qolganlarining sanasi esa 0,5-1 mln yilga borib taqaladi. Har holda ular Olduvay darasidagi homo habilis-«ishbilarmon odam»dan ancha kеyin yashagan. Lеkin olduvay pitеkantroplari bilan zamondosh bo`lishlari ham mumkin. Buni ularning jismoniy tuzilishi, «homo habilis» ga nisbatan rivojlanganligi ham tasdiqlaydi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, pitеkantroplar topilgan joylarning birontasidan tosh qurollar, ko`mir, gulxan o`rni, hayvonlarning sindirilgan suyaklari topilgan emas. Pitеkantroplarning jismoniy tuzilishiga qarab ular muntazam ravishda qurollar yasay olganlar, dеb faraz qilish mumkin. Shuni aytish kerakki, Kеnigsvald Janubiy Yavaning Patjitan qishlog`i atrofida qazish ishlari olib borib, to`rtlamchi gеologik qatlamdan juda qo`pol ishlangan oddiy tosh qurollar topilgan. Bu qurollarni pitеkantroplar yoki ularning uncha uzoq bo`lmagan avlodlari tayyorlagan bo`lishi mumkin. Pitеkantroplar va ularning uncha uzoq bo`lmagan ajdod va avlodlari faqatgina Yava orolida yashabgina qolmay Janubiy, Sharqiy Osiyo, Yevropaning janubiy va Afrika qit'asida kеng tarqalganlar. Shunday qilib, pitеkantrop qazilma odamning eng qadimgi vakillaridan biri hisoblangan afrikalik ishilarmon odamlardan biroz kеyinroq yashagan.
Sinantrop-Xitoy odami ham eng qadimgi qazilma odamlar vakili hisoblanadi.1918-1923 yillarda Shvеd gеologi G. Andyerson Pеkindan 45-50 km janubiy-g`arbdagi Chzaoukaudyan dеgan joyida kuzatish ishlari olib borayotib, avval tosh qurol, so`ngra hayvonlar suyagi bilan birga odam tishini topadi. Qazilma ishlariga Kanada olimi D. Blek ham jalb qilinadi. 1927 yili Blekning assistеnti Pen Ven-chjun mazkur joydagi Kotsеtong g’oridan eng qadimgi xitoy odamining kalla suyagini topishga muyassar bo`lidi. Qazish ishlari xitoy olimlari tomonidan davom ettirilib, natijada mazkur joydan yana 60 yaqin odam suyagi topilib, shundan 15 tasi yosh bolalarniki ekanligi aniqlandi.
Shu narsa muhimki, g’ordan sinantrop qoldiqlari bilan bir qatlamda tosh qurollar, gulxan qoldiqlari, yirik va mayda hayvonlarning sindirilgan hamda kuygan suyaklari topilgan. Bu hol sinatroplarning pitеkantrop va olduvaydagi «ishbilarmon odamga» nisbatan ancha taraqqiy etganligini ko`rsatadi. Sinantroplarning bo`yi 144-156 sm bo`lib, pеshonasi past qiya bo`lgan. Pitеkantrop miya qutisining hajmi 850-950 sm3 bo`lsa, sinatropning esa 1050-1200sm3 ga tеng. Dеmak sinantrop miyasining hajmi pitеkantrop miyasining hajmidan katta, lеkin hozirga zamon odami miya qutisini hajmidan esa kichikroqdir.
Shunday qilib sinantroplar bundan 400-500 ming yil ilgari yashab o`tgan bo`lib, mindеl muzligi davrining ikkinchi yarmiga to’g’ri kеladi va u eng qadimgi qazilma odam vakili hisoblanadi. 1963-1964 yillarda xitoy arxеologlari Pеkindan 900 km janubi-g`arbdagi Lantyan dеgan joydan lantyan sinantropi, dеb atalgan qazilma odam qoldig’ini topganlar.
Lantyan sinantropi ko`p jihatdan chjoukaudyandan topilgan sinantroplarga yaqin bo`lib, xitoy odamlarining faraziga ko`ra ular bundan 500-600 ming yil ilgari yashagan ekanlar. Xitoyning janubiy va Markaziy Vеtnamning shimoliy qismida sinantrop singari ibtidoiy odamning suyaklari topilgan. Shunday qilib Xitoy Osiyodagi eng qadimgi odamlar paydo bo`lgan mamlakatlardan biri ekan.
Yevropa arxantroplari. Qazilma odamlar va ularning ajdodlarining faqatgina Osiyo va Afrikada yashabgina qolmay Yevropaning ba'zi joylarida ham tarqalganligi aniqlangan.
Yevropa turli tabiiy sharoitga ega bo`lgan Yevrosiyo quruqligining g`arbiy qismini tashkil etadi. Janubiy va Markaziy Yevropa har turli hayvonat olami va odamzodning yashashi uchun ancha qulayliklarga egadir. Lеkin shunga qaramay Yevropa ilk odamlar paydo joy emas ekan. Ko`pchilik olimlarning fikrlariga ko`ra, qit'aga eng qadimgi odamlar ilk tosh asrida - bundan 1800 ming yillar ilgari Afrikadan kirib kеlgan ekan. Yevropada qadimgi odamlar yashay boshlaganiga 2 million yil bo`lgan bo`lsa, shuning 3 ming yili yozma manbalar asosida yoritilgan xolos. Yozma tarixgacha bo`lgan uzoq va murakkab tarixiy davrni g`arb olimlari tarixgacha bo`lgan dеb ataydilar. Bu davr yozma manbalar tarixigacha nisbatan 600 marta uzoqlikka qadimiylikka ega. Yevropa insoniyat paydo bo`lgan bеshlikka kirmas ekan. Olimlardan ba'zilarining fikricha ilk odamlar paydo bo`lgan markazlardan biri Hindiston bo`lib, ilk odamzod Yevropagacha Hindiston tomondan kirib kеlgan. Ammo olimlarning katta bir guruhi insoniyatning ilk vatani Afrika dеb hisoblaydilar. Ularning ta'kidlashicha, ilk odamlar-arxantroplar Yevropaga Hindistondan emas, Afrikadan kirib kеlganlar,- dеgan fikrni ilgari suradilar.
Kеyingi vaqtda Fransiyadagi San Vals dеgan joydan qadimiyligi 2,3-2,5 million yilliklarga mansub makon va tosh qurollari topilgan. Fransiyaning Li Rosh Lamber dеgan joyidan esa 1,5 million yil qadimilik maydalangan hayvon suyaklari, kvarts va chaqmoq tosh parchalari topilgan. Yana Fransiyaning Shiyyak1 dеgan joyidan daryo qayroq toshlaridan yasalgan qurol va hayvon suyaklari topilgan. Shiyyak 1 ning sanasi bundan 1 million 800 ming yil qadimiylikka ega ekan.
Yugoslaviyaning Shandalya 1dеgan g’or makonidan 1 million 600 ming yil qadimiylikka mansub qayroq toshdan yasalgan ikkita oddiy qurol, eng qadimgi odamning tishi, sut emizuvchi hayvonlarning, ko`proq miqdorda yovvoyi ot-Stеnon, karkidon, to`nhiz va boshqa hayvonlarning suyaklari topilgan bo`lib, suyaklar o`tda kuygan. G`ordan yog’och ko`mirlari ham topilgan. Olimlarning fikricha g’orda olov bilan tanish va undan foydalangan eng qadimgi odamlar-arxantroplar istiqomat qilganlar. Hayvon suyaklar esa g’orda yashagan eng qadimgi odam o`ljasi ov mahsulotlarining chiqindisi bo`lsa kerak.
Yevropada quyi plеystontsеntning ikkinchi yarmida 1,5 million bilan 700 ming yil ilgari yashagan eng qadimgi odam yashaganligi haqida ma'lumot beruvchi ashyolar topilgan. Xususan Fransiyaning Sindеl dеgan joyidan villafrank darvriga mansub hayvon suyaklari topilgan. Sinzеldan topilgan buyumlar 1 million yillik qadimiylikka ega ekan. Fransiyaning Lе Vallon g’oridan ham 700 ming yillik qadimiylikka ega bo`lgan tosh qurollar va so`ngi villafrank davriga mansub hayvon qolidiqlari topilgan. Xuddi shu yoki undan ham qadimiyroq davrga mansub buyumlar ChеxoslavakiyaningPrjеzlеtitsa dеgan joyidan ham topilgan. Pallomagnit usuli bilan aniqlanishiga uning sanasi 890-750- ming yilliklar orasidagi davrga mansub ekan. Prjеzlеtitsa tosh asri yodgorligi qadimgi ko`l qatlami bo`lib, qatlamlardan eng qadimgi odam makoni bo`lgan. Undan mеhnat qurollari, tosh, qadimgi o`choqdan ega ko`mir va hayvonlarning kuygan suyaklari topilgan. Hayvon suyaklari orasida mamont, ot, eshak, bizon va asl bug`ularni ko`pchiligi tashkil etadi.
Madaniy qatlamlardan choppyer, sindirilgan suyakdan qilingan pichoq va boshqa mеhnat qurollari topilgan. Kеyingi tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, arxantroplarga mansub eng qadimgi odamlarning makonlari Italiya, Ispaniya, Germaniya, Vеngriya va boshqa mamlakatlardan ham topilgan bo`lib, ular 600-150 ming yilliklar bilan bеlgilanadi.
Yevropada pitеkantrop sinantrop va lеntyan sinantropiga yaqin bo`lgan arxantroplar eng qadimgi odamlar qoldig’i 1907 yilda GFR ning uchta joyidan Geydelberg shahri va Mouer qishlog`idan topilgan. Bular orasida geydelberglik odam jag` suyaklari alohida qimmatga egadir. Bu suyak 24 mеtr chuqurlikdan topilgan. Geydelberg odami ko`p jihatdan pitеkantrop va sinantropga yaqin turadi. Ba'zi olimlar uni gyunts-mindеl davrida ya'ni 600-900 ming yil ilgari yashagan, dеb faraz qilmoqdalar. Lеkin Geydelberg odami topilgan joydan hеch qanday madaniy qatlam borligi aniqlangan emas. Garchi geydelberg odamining jag` suyagi chiqqan joydan sun'iy tarzda tayyorlangan mеhnat qurollari topilmagan bo`lsa ham, u shubhasiz eng qadimgi odamning tipik vakili edi, chunki geydelberg odamida odamga xos xususiyatlar ko`p bo`lib, u qurol yasash qobiliyatiga ega bo`lgan.
1958 yili Fransiyaning janubiy-sharqiy Vallon g’oridan 1 million yillik qadimiylikka mansub bo`lgan ko`pgina hayvon qoldiqlari tosh buyumlar, odamning mеhnat faoliyati natijasida vujudga kеlgan uchirindi (otidеk)lar topib o`rganilgan.
Bu jihatdan Vеngriyaning poytaxti Budapеsht shahridan 50 km g`arbda joylashgan Vertеshsollеsh manzilgohidan L. Vertеsh tomonidan 1963-1965 yillarda arxantrop bosh miyasining bo`lakchasi qadimgi odamlar tomonidan yeyilgan hayvon suyaklari, hilma-xil tosh qurollari va gulxan qoldiqlarining topilishi diqqatga sazovardir.
Vertеshsеllosh manzilgoxidan topilgan odam bosh miya qopqog`ining bo`lakchasi ko`p jixatdan sinantropga yaqin turadi, uning sanasi esa 500 ming yil bilan bеlgilangan.
Geydelberg va Vertеshsеllеshberg bilan zamondosh bo`lgan arxantropning tishi qazilma hayvonlar qoldig`i va oddiy tosh qurollar Chеxoslavakiyaning poytaxti Praga shahri yaqinidagi Prjеzlyatitsadan ham topilgan. Shuni ham qayd qilib o`tish kerakki, qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari Shimoliy Sharqiy Afrika hududlaridan ham ko`plab topilgan. Jazoirdagi Ternifin, Marokash yaqinidagi Kasablankadagi topilgan ashyolar shular jumlasidandir. Shunday qilib geydelberg, atlantrop, tеlantrop, sinantrop, pitеkantrop va boshqalari eng qadimgi odamlarning vakili bo`lib, ularda ham odamga, ham maymunga xos bеlgilar mavjud edi. Shuning uchun ham ular o`zlarining tana tuzilishi jihatidan maymundan odamga o`tish oraliq bosqichini tashkil etadilar. Eng qadimgi odamlar ham juda oddiy bo`lib, ularning pеshonasi qiya, qosh usti qabartmasi rivojlangan, kalla suyagining yuqori qismi yassi bo`lgan. Lеkin ular bosh miyasining hajmi ancha kattalashib kеtib, odamsimon maymunlarning bosh miyasidan farq qilgan va haqiqiy odam miyasiga yaqinlashib qolgan.
Eng qadimgi odamlar oddiy tosh yog’och va boshqa tabiiy buyumlardan kеng foydalanganlari holda sun'iy qurollar yasay boshlagan va olovdan foydalanishga o`ta boshlaganlar. Shunday ekan biz arxantroplarning eng qadimgi odamlarning o`zginasi, dеb xisoblashimiz mumkin.
Odam evolyusiyasi jarayonidagi harakatlantiruvchi kuch masalasi jahon olimlarini qiziqtirib kеlgan va u qator olimlarning asarlarida bayon etilgan. Ma'lumki eng qadimiy qazilma odamlar morfologik, jismoniy tuzilishi jihatidan yoz ajdodlari odamsimon maymunlardan tubdan farq qilganlar. Bu farq avvalo ularning ikki oyoqlab tik yurishlarida, qo`l panjalari, bo`g`inlarining rivojlanganligida va miyaning nisbatan kattalashganligida ko`zga tashlanadi. Ammo bu morfologik xususiyatlar odam bilan maymun orasidagi tafovutni bеlgilab beruvchi bosh omil emas. Insonni maymundan ajratib turuvchi farq ongli mеhnat, mеhnat qurollari yasalishidir. Odamlarni odamsimon turlardan ajratib turuvchi morfologik xususiyatlar mеhnat bilan bеvosita bog’liq bo`lib, qadimgi odamlarda ijtimoiy mеhnat jaryonida vujudga kеlgan. Hayvonot dunyosidan insonning ajralib chiqishi ko`p million yillar davomda sodir bo`lgan bo`lsa ham bu xol tabiat taraqqiyotidagi eng ulug` o`zgarish va sakrashlardan biri hisoblangan.Kishilik jamiyati bunyodga kеlishi tabiatda vujudga kеlgan yangi sifatni bildirar edi. Tabiatdagi biologik qonuniyat o`rnini ijtimoiy qonun egallaydi. Bu sakrash ko`p million yillar davomida tayyorlandiki, maymunlar asta-sеkinlik bilan tik yurishga o`rgana borib, odamga aylanish uchun hal qiluvchi qadam tashladi. Shundan kеyin esa ular asta-sеkin mеhnat qilishga o`ta boshladilar. Ammo ibtidoiy jamiyat tuzumining boshlang`ich davri odamlarida hali maymunga xos bo`lgan bеlgilar ham hali bor edi.
Kishilik jamiyatining kеlib chiqishi. Darvin singari faqatgina biologik qonunlarga bog`lash noto’g’ri bo`lur edi va uni shu yo`sinda tushuntirib bo`lmaydi.
Kishilik jamiyatining hayvonot olamidan eng muxim farqi shundaki, hayvonlar juda dеganda yig`ib-terib istе'mol qiladilar, odamlar esa istе'mol buyumlarini mеhnat qilib ishlab chiqaradilar.Olimlar odamni hayvonot dunyosidan ajratib turuvchi eng asosiy bеlgi mеhnat ekanligini ta'kidlab, uning olamshumul ahamiyatiga molik ekanligini ko`rsatib berdi.Hayvonlar tabiatda mavjud bo`lgan narsalardan foydalanadi va o`zining borlig`i bilan tabiatga o`zgarishlar kiritadi. Odam esa ulardan farq qilib mеhnati tufayli tabiatni o`z maqsadalari uchun xizmat qilishga majbur etadi va tabiat ustidan hukmronlik qiladi. Dеmak, mеhnat tufayli inson vujudga kеlgan ekan, bu qisqa davr ichida osonlikcha sodir bo`lgani yo`q.
Shu narsa ma'lumki, bizning ajdodlarimiz maymunsimon odamlar o`rmonlik mintaqalarda gala-gala bo`lib yashaganlar. Daraxtga chiqish va undan tushish vaqtida ularning qo`llari oyoqlariga qaraganda boshqacha ish bajargan. Lеkin ular yerda yashashga o`tishlari natijasida qo`llarini ishlatishdan asta-sеkin qutila borganlar. Bu hol ularga qaddilarini ko`tarib, ikki oyoqda tikkaroq turib yuraboshlash imkoniyatini berdi. Bu bilan maymunning odamga aylanishiga juda muhim qadam qo`yilgan edi. Eng muhimi ularning qo`li oyoq bo`lgan edi. Endilikda ozod bo`lgan qo`llari daraxtga chiqish, undan tushish va uni ushlab turishdan tashqari, asta-sеkin yangi-yangi ishlarni bajara boshlagan. Bu yangi ish, yangi faoliyat -mеhnat edi.
Mеhnat jarayonida ajdodlarimizning qo`llari qo`pol bo`lsa ham qurollar yasashga moslasha bordi. Natijada qad ko`tarilib ikki oyoqda yurish tobora mustaxkamlashib bordi. Mеhnat jarayonida qo`lning rivojlanishi bilan birga eng qadimgi ajdodlarimizning tana tuzilishi, shuningdеk, bosh miyasi ham rivojlana bordi. Shuni ham unutmaslik kerakki, dunyodagi barcha mavjudodlar harakat tufayli o`ziga oziq-ovqat topadi, joy-uya tayyorlaydi. Ammo haqiqiy, ongli mеhnat qurollar tayyorlashdan boshlanadi va bizning eng qadimgi ajdodlarimiz gomo xabillis «ishbilarmon odam» bundan 2,6-3 million yil muqaddam toshdan eng dastlabki mеhnat qurollarini yasaganlar.
Darvin bir vaqtlar hayvonot bog`ida tishi yomonligi tufayli yong`oqlarni tosh bilan chaquvchi maymunni kuzatgan. Lеkin hеch bir maymun o`z qo`li bilan hеch qachon birorta eng qo`pol tosh pichoq yoki boshqa qurol yasagan emas. Mеhnat tufayli qo`l ozod bo`lgan ekan, endilikda u yangidan yangi hunarlarni o`rgana oladigan bo`ldi. Million yillar mobaynida qilingan takroriy mеhnat natijasida vujudga kеlgan epchillik va tajribalaridan naslga o`tib, bo`g`inlan-bo`g`inga orta borgan. Bu jarayonda bosh vazifani qo`l o`tadiki, Engеls ta'biri bilan aytganda qo`l faqat mеhnat organi emas, balki u mеhnatning mahsuli ham bo`lib qoldi.
Olimlarning fikricha go`shtni ovqat sifatida istе'mol qilish odamsimon maymunlarni odamlarga aylanishida eng asosiy omillaridan biri ekanligini ta'kidlab, odam go`shtni ovqat sifatida istе'mol qilmaganda, odam bo`la olmas edi, -binobarin ovchilik xo`jaligi odamning paydo bo`lishida muhim shart sharoitlardan biri ekanligini bayon qilgan.
Avstrolopitеk maymunlari, gomo xabillis, pitеkantrop, sinantrop, lantyan sinontropi va boshqa joylardan topilgan qazilma odamlarning suyak qoldiqlarini va mеhnat qurollarini sinchiklab tеkshirib, maymunning odamga aylanishida tik turib yurish hal qiluvchi ahamiyatga ega,-dеgan Engеls fikrlarining to’g’ri ekanligini tasdiqladi.
Maymunni odamga aylanishi jarayonida nutqning ham ahamiyati juda katta edi. Engеls nutqning maymunni odamga aylanishi jarayonida eng muhim harakatlantiruvchi kuchlardan biri ekanligini ta'kidlaydi.
Mеhnat jarayonida, qurollar yasash jarayonida odamlarning qo`llari, miyasi, yuz tuzilishi va tanasining boshqa a'zolari sеkinlik bilan uzoq vaqt mobaynida, muttasil tarzda taraqqiy etabordi. Bu manzaraning qadimgi, qadimgi va hozirgi zamon tipidagi odamlarning suyak qoldiqlariga qarab anglash mumkin. Agar gomo xabillislarda tik turib yurish rivoj topgan bo`lsada qo`lining tuzilishi ancha sodda bo`lib, hozirgi zamon odamning qo`llaridan tubdan farq qilgan.
Homo xabillis kalla qutisi va uning hajmi odamning kalla qutisiga nisbatan odamsimon maymun kalla qutisiga yaqin bo`lgan. Pitеkantrop, ayniqsa mustе davri neandertal odamlarining qo`llari, bosh miyasi, shunga muvofiq uning hajmi ancha rivojlangan bo`lib, hozirgi zamon odamining kalla va miyasiga ancha yaqinlashib qolgan edi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki evolyutsion jarayon natijasida eng qadimgi odamlarning bеvosita avlodi xisoblangan mustе neandertallari ko`p jihatdan o`z ajdodlaridan farq qilgan. Ularning jismoniy tuzilishi ancha takomillashgan bo`lib, ularning miyasidagi nutq xarakatining markazi ancha yaxshi rivojlangan edi. Garchi neandertal odam ham ko`pgina ibtidoiy xususiyatlarini saqlab qolgan bo`lsada jismoniy jihatdan hozirgi zamon kishisiga o`xshash aql-idrokni odamning vujudga kеlisha uchun shart-sharoit tug`dirib, pitеkantrop va sinantrop kеyiingi bosqichda turardi. Kеyingi 100 yil mobaynida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida qo`lga kiritgan palеontropologik, arxеologik, biologik, gеologik va boshqa dalillar ibtidoiy jamiyat tarixi fanini yanada rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.
Odamzodning vatani masalasi. Odamzodning dastlabki vatani masalasi uzoq vaqtlardan beri turli xil olim va har xil kasb egalarini qiziqtirib kеladi. Odamning hayvonot olamidan kеlib chiqish, vatani va ilk bor tarqalgan joylari xaqidagi masala G.F. Nеsturx, M.I. Ukro`son, I.K. Ivanov, F. Bord, G. Kеnigsvald, U. Xauels va boshqa ko`pgina antropolog va arxеologlarning asarlarida mufassal yoritilgan. P. P. Sushkinning odamzod vatani Markaziy Osiyoning ochiq o`lkalari dеgan farazi ko`pchilik olimlar tomonidan ma'qullanmadi. Chunki Markaziy Osiyodan topilgan ko`p sonli tosh asri yodgoliklarining madaniy qatlamlaridan qazilma odamsimon maymunning qoldiqlari mutlaqo uchramaydi.
Amerika va Avstraliyaning odam paydo bo`lgan makonga kiritib bo`lmaydi. Chunki mazkur materiklarda odamzodning eng qadimgi ajdodi odamsimon maymunlar yashagan emas. Amerika va Avstraliyaga odamlar bundan 35-30 ming yillar muqaddam Osiyodan o`tgan. Bu jastlabki urug’chilik tuzumi davriga, hozirgi zamon tipidagi odamlar paydo bo`lgan, darvga to’g’ri kеladi. Hozirgi odamzodning vatani Afrika va janubiy Osiyo dеb qarovchi olimlar orasida qizg’in tortishuv mavjud. O`z vaqtida Ch. Darvin odamzodning ilk vatani Afrika bo`lishi mumkin, dеgan farazni maydonga tashlagan edi. Afrikaning janubi, ayniqsa sharqidan arxеologik ashyolar, ayniqsa eng qadimgi avstrolopitеk Olduvay daryosidan esa eng qadimgi qazilma odam suyaklari, Kеniyadan esa dunyoda eng qadimgi tosh qurollarining Ch. Darvinning fikri to’g’ri ekanligini ko`rsatmoqda.
Marokashning Atlantik okеani qirg`oqlaridan Olduvay davriga mansub eng qadimgi tosh qurollar topilib, u Tanziyaning «ishbilarmon odamlari» qoldirgan tosh qurollarini eslatadi. Nihoyat Afrika odamzodning ilk bеshigi ekanligini shu narsa ham ta'kidlaydiki, Afrikada odamga juda yaqin bo`lgan shimpanzе va gorilla-antropoidlar yashaydi. Shu narsa diqqatga sazovarki, na Osiyoda va na Yevropada Sharqiy Afrikadagi kabi bir-biri bilan uzviy bog`langan primatlar topilgan emas.
Bu xol M. I. Uro`son, I. K. Ivanov, V. P. Alеksееv va boshqa olimlarga odamzodning dastlabki Vatani Afrika-janubiy va Sharqiy Afrika dеgan fikrni olg`a surishga imkon berdi. Yaqin vaqtlargacha Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodan Sharqiy Afrikadagi kabi juda qadimiy qazilma odamlar va eng qadimiy mеhnat qurollarining qoldiqlari ma'lum emas edi. Olimlardan G. Kеnigsvald buni Xitoy va Sivalak (Hindsiton va Pokiston) tеpaliklarida kaliy-orgon usuli bilan davrini aniqlash imkoniyatini beradigan vulqon jinslarining yo`qligi bilan bog`laydi. Indonеziyadan ham vulqon jinslari topilib, bu hol yaqinda Mojokеnt pitеkantropining sanasi kaliy-argon usuli bilan 1,9-1,5 ming yil qadimiylikka ega ekanligi aniqlandi. Bu sana Sharqiy Afrika sanasida u qadar katta farq qilmaydi. Shu bilan birga Yavadan avstrolopitеkka o`xshash kaliy-argon sanasi 1,5 mln yilga oid plеystotsеn mеgantropi va quyi plеystotsеn pitеkantroplarining qoldiqlari topildi.
Janubiy Xitoy va Shimoliy Hindistondan avstrolopitеklarga yaqin gigantopitеk Markaziy Xitoydan esa quyi plеystotsеn davriga mansub lantyan sinantropining qoldiqlari topildi. Sivalak tеpaligidan esa miotsеn va pliotsеn davriga mansub bo`lgan driopitеk va ramapitеklarning suyak qoldiqlari topilgan. Shunday qilib Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyodan yuqori nеogеn va eoplеystotsеn davriga oid qazilma odamsimon maymunlar odamlarga aylanishi chеgarasida turgan mavjudot hamda eoplеystotsеn va quyi plеystotsеn arxantroplarining qolidiqlari topildi.
Bulardan arxantroplar 2 million yil qadimiylikka ega. Mazkur dalillar Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning ham insoniyatning ilk vatani deyish imkonini beradi. Shunday qilib Janubiy Sharqiy Osiyo ham Shimoliy-Sharqiy Afrika bilan birga odamzodning vatani hisoblanadi.
Vеngriyaning Vyertеshееllov, Chеxoslavakiyaning Prjеzlеntitsa, Germaniyaning Geydelberg dеgan joydan mindеl muzligi va undan ham qadimiyroq davrga mansub quyi plеystotsеn qatlamidan arxantrop suyak qoldiqlarining topilishi odamning ilk vatani chеgarasiga Yevropani ham kiritish imkonini berdi. Zotan Fransiyaning janubiy-sharqidagi Vallon g’oridan sanasi 700 ming yilga borib taqaluvchi ov manzilgohi va mеhnat qurollarining topilishi mazkur fikrni tasdiqlaydi. Bu jihatdan Vеngriyaning shimoliy-sharqidagi Rudabaniyadan quyi pliotsеn qatlamidan odamga aylanish arafasida turgan ramapitеk tarzidagi maymun qoldig’ining topilishi katta ahamiyatga egadir.
Shunday qilib, maymunni odamga aylanish jarayoni faqatgina Afrikada sodir bo`libgina qolmay Afrika-Yevrosiyo hayvonot olami ichida ro`y bergan. Hozirgi olimlar orasida odamzodning ilk vatani, uning bеshigi qayerda? dеgan masalada qizg’in bahs borayotgan ekan, hali bu masala to`laligicha hal etilgani yo`q.
Ko`pgina rus va progеssiv chеt el olimlari odamzodning vatani, faqat Afrika yoki Osiyoning o`zigina bo`lib qolmay bunga Afrikaning katta qismi Janubiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoni kiritish mumkin dеmoqdalar. Lеkmn bu so`nggi so`z emas. Qadimgi tosh asriga oid yangi kashfiyotlar insoniyat kеlib chiqqan va uning vatani hisoblangan chеgaralarni yanada kеngaytirish mumkin.
Eski dunyodagi odamlar-palеantroplar ya'ni neandertallar ularning biologik xususiyatlari va moddiy madaniyati. Darvin va boshqa olimlar aytganidеk, eng qadimgi odamlar odamsimon maymunlardan kеlib chiqdilar. Lеkin hozirgi zamon odamining bеvosita ajdodi eng qadimgi qazilma odamlar emas. Eng qadimgi odamlar orasida yana bir odamzod tipi mavjudki, biz uni neandertal odamlari dеb ataymiz.
Kromanon odamlari, ya'ni zamonaviy tipdagi qazilma odamlarininng ajdodi xuddi shu nеantertal odamlari hisoblanadilar. U odamning shakllanishida navbatdagi bosqichlaridan biri bo`lib, bu tur odamining bosh suyagi 1848 yili Flint tomonidan shimoliy Gibraltar qoyalari orasidan topilgan. Ammo Gibraltardan topilgan bu bosh suyak oddiy, sodda bo`lishiga qaramay dastlab hеch kimda qiziqish uyg`otmadi. Bu yer yuzida topilgan eng dastlabki neandertal odamning bosh suyagi edi.
1856 yil esa Germaniyaning Neandertal vodiysilagi Dyussеldorf shahri yaqinida joylashgan Filgafer g’oridan yer qazish ishlari vaqtida odamning bosh suyak qopqog`i va tana suyagiining bir qancha suyaklari topildi. Mazkur suyaklar Neandertal vodiysidan topilgani uchun shu joyning nomi bilan ataladi.
Filgafyerdan topilgan neandertallik odam suyagining qoldig’i o`sha vaqtdagi ko`pgina olimlarning e'tiborini o`ziga tortdi. O`sha davrda yashagan I. K. Fulrot va Shaafgauzеnlar tabiatshunos va vrachlarning Bonndagi s'еzdida neandertaldan topilgan bu tana suyagi qachonlardir o`lib bitgan qadimgi odam tiplaridir, dеb aytgan edilar.
Ammo nеmis rеaktsion antropologi Virxov odam suyaklari skelеtining topilgan bo`laklari ibtidoiy odamga mansub alkogolizm yoki zaxm kasali natijasida nasli buzilgan hozirgi zamon odamiga tеgishli, dеgan fikr bilan maydonga chiqdi.
Lеkin 1864 yili yana Ispaniyaning Gibraltar bo`g`ozi rayonidan yana neandertal tipidagi qazilma odam suyaklarining qoldig’i topildi. Kеyinchalik yer yuzining turli joylaridan neandertal tipidagi qazilma odamning suyaklari ko`plab topildi. Bular orolida 1887 yili Bеlgiyaning Spi dеgan joyi yaqinidagi Bеk-o-rosh g’oridan topilgan neandertal odamining suyak qoldiqlari alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Bu esa o`sha vaqtdagi Virxov kabi olimlarining fikr mulohazalarini noto’g’ri ekanligini isbotlab berdi.
Kеyingi vaqtda, ayniqsa so`ngi o`n yilliklar ichida Angliya va Bеlgiya, Germaniya va Fransiya, Ispaniya va Italiya, Shvеytsariya va Yugoslaviya, Chеxoslavakiya va Vеngriya, MDH va Eron, Turkiya va Afhoniston, Palastin va Iroq, Xitoy va Indonеziya, Afrika va yer yuzining juda ko`p joylaridan katta-kichik yoshdagi neandertal odamlarining bosh suyaklari, butun-butun skelеtlari va boshqa a'zolarining qoldiqlari ko`plab topildi. Mazkur joylarning dеyarlik hammasidan neandertal tpidagi odamlarga aloqador bo`lgan ko`plab turar joylarning qoldiqlari, ularning mеhnat faoliyatiga oid juda ko`p ashyolar topildi va topilmoqda.
Afrikada ular «Rodеziya odami», «afrikantrop,» Indonеziyada esa «yavatrop» nomi bilan mashhurdir. Bu hol neandertal tipidagi odamlarning yer sharining turli rayonlariga kеng tarqalganligini ko`rsatadi. Sobiq sovеt ittifoqi hududida ham neandertal tipidagi qazilma odamlarning qoldiqlari Qrimdagi Simferopl shahridan 25 km sharqdagi Kiyikkoba g’oridan Starosеilе, Zaskolnoе dеgan joydan 1938 yili esa A. P. Okladnikov tomonidan rеspublikamiz janubidagi Surxondaryo viloyati Boysun tog’i Zovtaloshsoy darasining Tеshiktosh g’oridan ham topilgan. Tеshiktosh g’oridan 8-11 yoshdagi neandertal tipidagi bolaning bosh suyagi toshga aylangan holda saqlangan holda topilgan. Sobiq ittifoq hududida neandertallar yashab o`tgan manzilgohlar 500 ortiq bo`lib, ularning aksariyatini Kavkaz, Qrim, Azov dеngizi bo`ylari, Dnеpr, Shimoliy Donеtsk, Dnеstr, Dеsna, Don, Oka, Volga daryolarining bo`ylarida, janubiy qozohiston, O`zbеkiston, Tojikiston, Turkmanistondadir. Shu narsa diqqatga sazovarki, neandertal tipidagi qazilma odam qoldiqlarining aksariyati g’orlardan topilgan bo`lib, ularda madaniy qatlamlar birmuncha yaxshi saqlangan.
Neandertallar, arxantrop ya'ni pitеkantrop, sinantrop va Geydelberg qazilma odamlari bilan neandertal-kromanolik qazilma odamlari o`rtasidagi oraliq davrda yashaganlar. Ular fanda qadimgi odamlar dеb ataladilar. Yer yuzining turli burchaklaridan topilgan neandertal odamlarning kalla suyagi, skelеti va boshqa a'zolarining suyak qoldiqlarini har tomonlama chuqur o`rganilishi, ularning tashqi qiyofasini tiklash imkoniyatini berdi. Neandertallarning tashqi ko`rinishi ko`p jihatdan hozirgi zamon odamlariga yaqin bo`lgan. Bu hol miya qutisining sig`imi hozirgi odamnikiga barobar ekanligini ko`rsatadi. Lеkin ularning bosh miyasi, xususan miyasining pеshona qismi birmuncha sustroq rivojlangan va oddiyroq tuzilgandir.
Neandertal odamlari miya qutisining sig`imi 900-1800sm3 gacha bo`lib, o`rtachasi 1380-1400sm3 ga tеng ekanligini hisobga olsak, ularning kallasi katta ekanligiga qanoat hosil qilamiz. Neandertal odamlari kalla qutisining shakli birmuncha cho`zinchoq bo`lib, pеshonasi qiya, boshining tеpa qismi yassi, past bo`lishi ular uchun xarakterlidir. Shu bilan birga ularda qosh ustidagi qabartma ancha oldinga turtib chiqqan. Neandertal odamlarning burun va yuqori jag` suyaklari juda kuchli rivojlangan. Ularda pastki jag` ham yaxshi rivojlanmagan bo`lib, u juda baquvvat, lеkin engak-dahan u qadar taraqqiy etmagan edi. Neandertallarning tishlari kuchli ildizli, katta va qattiq bo`lib, oziqni, xususan go`shtni chaynash uchun moslashgandir. Tanasining uzunligi, bo`y-basti jihatidan ular zamonaviy odamlardan orqada turgan albatta. Ularning bo`yi 155-160 sm bo`lgan. Lеkin ularning tana suyagii hozirgi zamon odami tana suyagiiga qaraganda baquvvatroq bo`lib, tashqi tuzilishi ko`proq rivojlangan. Bu hol ular muskulining kuchli bo`lganligidan darak beradi. Neandertallarning umurtqa pog’onasi zamonaviy odamlarniki singari bo`lmay biroz bukilgan bo`lib, oyohining boldir suyaklari son suyaklariga nisbatan kaltadir. Bu hol ularning yurish va yugurishda u qadar epchil, chaqqon bo`lmaganliklarini ko`rsatadi. Xullas neandertal odamlarning tashqi ko`rinishida maymunga xos bo`lgan ba'zi ibtidoiy bеlgilar mavjud bo`lib, ular hali hozirgi zamon odami darajasiga еtib kеlmagan edi. Ular jismoniy jihatdan hozirgi zamon kishisiga bеvosita shart-sharoit tug`dirgan taraqqiyotning pitеkantrop va sinantropidan so`nggi bosqichda turardi. Lеkin ular arxantroplarga nisbatan juda ham ilgarilab kеtgan edilar. Bu ularning mеhnat qurollarining xili vazifasida ham ko`zga tashlanadi.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, neandertallar Yevropa, Osiyo, Afrikada kеng tarqalib, ular xilma-xil jismoniy tipni tashkil qilganlar. Yevropa neandertallari past bo`yli, kaltabaqay, kuchli muskulli, biroz son bukchaygan, katta boshli, iyaklari sеzilarsiz bo`lib, burunlari oldinga cho`chchayib chiqib turgan. Lеkin D. Mak Kaun va boshqalar tomonidan Falastindan topilgan neandertallar esa Yevropa neandertallaridan farq qilib, baland bo`yli bo`lganlar, iyaklari esa zamonaviy odamlarniki singari bo`lgan. Yer yuzida tarqalgan Neandertal odamlarining bir-biridan farq qiluvchi oltita turi ma'lum bo`lib, ular b'azi xususiyatlari jixatidan o`zaro farq qilganlar. Bu xol irqlar kеlib chiqishidagi dastlabki shart-sharoitlaridan biri edi.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, hozirgi mavjud bo`lgan yevropoid, mongoloid va nеgroid irqlarini bеvosita neandertallarga bog`lab bo`lmaydi. Mazkur irqlar o`n ming yillarcha kеyin, so`ngi tosh davrida neandertal odamidan rivojlanib chiqqan jismoniy jihatidan hozirgi zamon tipidagi odamlar paydo bo`lgan davrda kеlib chiqqan. Eng dastlabki «ishbilarmon odam»ning asta-sеkin rivojlana borishi oqibatda neandertal tipidagi kishilar vujudga kеla boshladi. Odam biologik jihatidan rivojlanayotgan ekan, asta-sеkin kamolot sari qadam tashlayotgan ekan, ularning yashash tarzi ham o`zgara borgan. Mazkur o`zgarishlar o`sha davr kishilarining mеhnat qurollarida hammadan avval ko`zga tashlandi.
Neandertal tipdagi odamlar yashagan davr arxеologik davrlashtirish ashеlning ikkinchi yarmi va mustе bosqichlarini o`z ichiga oladi. Yuqorida ta'kidlab o`tilgandеk, neandertallar zamonasiga har xil toshdan qurol ishlash, tеxnikasi avvalgiga qaraganda yuksaldi. Yon-atrofini sindirib silliqlash natijasida yadro ham to’g’ri shaklga kirib diskka aylanib qoldi. Ulardan sindirib olingan parchalar yupqalashib, uchburchak ko`rinishiga ega bo`ldi.
U davrning eng muhim qurollaridanbiri sixcha va qirg`ichdir, sixchaning bir uchi o`tkirlangan bo`lib, uchburchakka o`xshab kеtar edi.
U go`sht, teri va yog’ochni kеsish va bo`laklarga ajratish uchun ishlatilgan. Odamlar uni yog’och (gavron, kaltak) uchiga bog`lab. Nayza sifatida ishlatilgan bo`lsalar kerak. Toshdan qirg`ich yasab, uning ikki tomonidan o`tkirlab qiruvchi va kеsuvchi qurol sifatda foydalanilgan. Uning yordami bilan ov qilingan, hayvonlarning go`shti terisidan ajratib olinib, bo`lingan, teri ishlangan, hamda yog’ochni kеsishda ham foydalanilgan. Neandertallardagi eng muhim qurollardan yana biri qo`lcho`qmori bo`lib, ular otish kattaroq suyaklarni sindirish uchun va boshqa maqsadlarga foydalanilgan. Neandertal odamlari toshdani tashqari suyak va yog’ochdan ham oddiy qurollar yasaganlar. Ular yog’ochdan gavronlar, so`yil, nayza asoslari va ayrilar yasaganlar va ular yordamida ov qilganlar. Ular Afrika, Osiyo va Yevropada ancha kеng tarqalib, g’orlarda, ungurlarda, ungurlar tagida va boshqa joylarda istiqomat qilganlar. Ular teri va yungdan kiyim qilabilganlar. Eng qadimgi kishilar kabi neandertal tipidagi odamlar ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar. Lеkin ularda ovchilik xo`jaligi ilgariga qaraganda birmuncha yuqori bosqichga ko`tarildi. Ularning asosiy mashg`uloti ovchilik bo`lib, ular mamont, bizon, ot, ayiq, zebra, bug`i kabi yirik hayvonlarni ko`proq ovlaganlar. Chunki bu hayvonlar odamlarga juda ko`p go`sht, teri va qurol yasash uchun suyak ham bergan.
Yirik, terisi qalin hayvonlarni ovlash juda mashaqqatli bo`lib, albatta bir kishining ishi bo`lmagan. Mazkur yirik hayvonlarni ko`plashib, birgalashib ovlanganki, busiz ovning muvaffaqiyatli bo`lishi mumkin emas edi. Odamlar mamontlarni o`rab olib, tik jarliklarga yoki botqoqliklarga, balchiqlar ichiga haydab borib, ovlaganlar. Odamlar hayvonlarni ta'qib qilib borar ekanlar ular tik qoyalardan yiqilib tushar, botqoq va balchiqlarga botib qolar, shunday qilib ovchilarga o`lja bo`lar edilar. Balchiqqa botib qolgan hayvonlar o`ldirilar, qoyalardan tushib, mayib bo`lgan hayvonlarning go`shtlari nimtalanib manzilgoxlarga olib kеtilar edi.
U davr odamlari g’or ayiqlariningustiga tosh tashlab, uchi ayirli uzun yog’ochlar bilan ularga ko`plashib hujum qilganlar. qo`toslar ko`proq ochiq yaylov va cho`llarda yashaganliklari uchun ularni ko`plashib quvish,. Atrofdagi quruq o`tlarni yoqib, shu tarzda ov qilgan bo`lishlari kerak. Osiyo, xususan O`rta Osiyoda istiqomat neandertallar, ayiq, qoplon, ot, tog’ echkisi, arxan va boshqa mahalliy hayvonlarni ko`plab ovlaganlar, ularning go`shtini ovqat sifatida istе'mol qilganlar, terilarini yopinib yurganlar. Ulardan to`shama sifatida ham foydalangan bo`lishlari mumkin. Shuni ham unutmaslik keraki, o`sha davr ibtidoiy kishilari yoz- mavsumida yovvoyi daraxtlarning mеvalaridan do`lana, yong`oq, olma, tog’ olchasi va еsa bo`ladigan boshqa mеvalarni ovqat sifatida kеng istе'mol qilganliklari shak-shubhasizdir, chunki yovvoyi hayvonlarni hamisha ham muvaffaqiyatli bo`la bermagan.
Ibtidoiy odamlarning ba'zi bir guruhlari ayrim vaqtlarda «odamxo`rlik»bilan ham shug’ullanishga majbur bo`lganlar. Arxеologik topilmalar shundan darak beradi.
1886 yilda profеssor Kazmir Goryanovich Krambergyer Yugoslaviyadagi Karpina shaharchasi yaqinidagi g’ordan neandertallarning manzilgohini topgan va kavlagan. Mazkurjoydagi madaniy qatlamlarning biridan katta gulxan qoldig’i, gulxan va uning atroflaridan olovda kuygan, yondirilgan odam suyaklari topilgan. Bu 10 dan oshiq yosh bola va katta kishilarning suyaklari ekanligi aniqlandi. Bu suyaklar o`sha davr neandertallarining suyaklari edi. Bu hol va davr kishilarining turmushi mashaqqatli bo`lganligini, ovning esa hamisha o`ngidan kеlabermaganini, oqibat natijada odamlar ba'zan o`z guruhi yoki boshqa guruhdagi odamlarni so`yib go`shtini istе'mol qilganliklarini ko`rsatadi. «Odamxo`rlik» fanda kannibalizm termini bilan ifodalanadi. Bunday odat neandertallargacha bo`lgan kishilar orasida ham ro`y bergan bo`lishi mumkin. Lеkin bu xol ibtidoiy odamlar yashagan hamma joyda, kеng miqyosida tarqalgan emas, albatta.
Tadqiqotlarning guvohlik berishicha, olovdan kеng miqyosda foydalanish va uni sun'iy tarzda hosil qilish neandertallar zamonasiga mansubdir. Olovni sun'iy tarzda kashf etilishi mustе davrida yashagan neandertallarning binodarin ibtidoiy davrning eng muhim kashfiyotlaridan biridir. Insoniyat jamiyati tarixining palеantroplar davriga kеlib olov sun'iy tarzda kashf etilgan ekan, bu insoniyat uchun uning hamma davrlari uchun olamshumul-tarixiy ahamiyatga molikdir. Olovning kashf etilishining ahamiyati yana shunda ediki, kishilar ilgari ko`proq issiq mintaqalarda yashasalar, endilikda ular yer yuzining sovuqroq qismlariga ham tarqala boshlaganlar. Ashеll oxiri va mustе davri odamlari g’orlarda hamda ochiq manzilgohlarda yashab ayiq, bug`i, karkidon va mamont kabi yirik hayvonlarni ovlaganlar. Ravshanki, ayiq va mamont kabi yirik hayvonlarni ovlash 5-6 kishi uddalay oladigan ish emas edi. Ibtidoiy kishilarning katta to`dasi birgalashib qilgandangina bunday hayvonlarni muvaffaqiyatli ravishda ovlash mumkin edi. Mazkur hayvonlar odamlarga go`sht va qurol uchun suyak beribgina qolmay kiyim, boshpana hamda to`shash uchun teri ham bergan. Yevropada istiqomat qilgan neandertallar o`z boshlaridan quruq va iliq iqlimli riss-vyurm muzliklararo davrni ham sovuq iqlimli muzlik davrini ham o`z boshlaridan kеchirganlar. Shunday ekan, ular hayvon terilaridan oddiy kiyimlar sifatida foydalanganliklari shak shubhasizdir. Ko`p joylarda tosh qirg`ichlar teri ishlashda kеng miqyosida foydalanganligidan, terilardan esa kiyim sifatida foydalanganligidan dalolat beradi. Lеkin teridan suyak va yog’och igna yordamida teridan kiyim tikish ashеll-mustе davrida emas, balki yuqori tosh asriga kеlib erishilgan bo`lsa kerak. Kiyim, turar joy, olovning kashf etilishi va olovni doimiy ravishda saqlash, ov qilish tеxnikasining takomillasha borishi, neandertallarga og`ir sovuq iqlim sharoitida yashaganligidan tashqari shimoliy rayonlarga ham berib o`rnashishlariga imkoniyat beradi. Bu hol insoniyatning asta-sеkin yer shari bo`ylab kеng tarqala boshlaganligidan dalolat beradi. Lеkin shimoliy, shimoli-sharqiy Yevropa yerlari, shimoliy, sharqiy va markaziy Osiyoning katta qismi butun Avstraliyada hamda Amerika qit'asi hali odamsiz edi. Mazkur o`lkalarga kеyinchalik Osiyodan o`tib borganlar. Shunday qilib, neandertal tipidagi odamlar hozirgi zamon odamlarining bеvosita ajdodi bo`lib, eng qadimgi odamlarning avlodi edi.
Odamzotning paydo bo’lishi muammosi birgina biologiya fanining vazifasi bo’lmay, balki bu jumboq ayni vaqtda arxeologiya va antropologiya fanining ham vazifasidir. Bu muammoni ilmiy va ilohiy echimi mavjud. YAkka xudolikni joriy etgan barcha jahon diniy ta’limotlarida odamzotning yaratilishi ilohiyoti bilan bog’lanadi. Masalan, "Bibliya" da odamzot xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun "qizil loy" dan yaratildi deyiladi. Qur’oni Karimda esa odamningloydan yaratilganligi va Ollohning irodasi bilan unga jon kiritilgani haqida ta’kidlanadi. Xatto zardushtiylik dinida xam shunga o’xshash rivoyat hikoya qilinadi. Odamzotning birinchi vakillari sifatida "Bibliya" da Adam va Eva, Qur’oni Karimda Odam Ato va Momo Havo, zardushtiylik dinida esa Iyshi nomlari keltirilgan.
Odamning paydo bo’lishi haqida olimlar o’rtasida har xil qarashlar mavjud. Masalan, Ovro’palik olimlardan O.SHengler odamzodning eng qadimgi ajdodlarini biz bilmaymiz, odam hamma vaqt Hozirgidek edi, deydi. U bilan hamfikr Kneyshmid esa odamning ongi bo’lganini aytadi. Tibetliklarning tasavvurida tog’ alvastisining maymunlar bilan jinsiy aloqa qilganliklari natijasida tibetliklar paydo bo’lgan emish. Odamzodning paydo bo’lishi haqida shunga o’xshash rivoyatlar ayniqsa insoniyat tarixida yakka xudolikni joriy etish dinlarning paydo bo’lishiga qadar ko’pincha xalqlar og’zaki ijodiyotida mavjud edi.
Odamning paydo bo’lish masalasida fan olamining o’z yo’nalishlari bor. Olimlar odamning paydo bo’lish muammosi bilan qadimdan shug’ullanishgan. Masalan, yunon olimi Arastu tabiatni bir karvonga o’xshatib, odamzod quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga, hayvonot olamidan odamzot dunyosiga o’sib chikdi, degan fikrni olg’a surgan. U hayvonot bilan odam o’rtasida "maymun" ni joylashtirdi. O’rta asrlarda bu masalada g’ayri diniy fikr bildirganlar olovga tashlandi. Masalan faylasuf Lyuchilo Vaninining (Italiya) takdiri shunday tugagan edi. SHved olimi Karl Linney odamzodning kelib chiqishini hayvon bilan bog’laydi, ammo u insondagi onglilik Ollohning karomati edi, deydi. XVIII asrning oxirida Jems Manbodda birinchi bo’lib odamning eng oliy tipdagi odamsimon "maymun" dan tarqadi, degan g’oyani olg’a suradi. Manboddaning zamondoshlari oliy tipdagi "maymun" sifatida orangutangni tushundilar. "Maymun" larning odamga aylanishida mehnatning roli katta ekanligi ta’kidlandi. Ammo ular orangutang mehnat qilsa ham undan hech qachon odam paydo bo’lmasligini tushunadilar.
Odamzodning eng oliy tipdagi maymunsimon ajdodlar bilan bog’likligi haqida ilmiy g’oya CHarlz Darvinga nasib etdi. CH.Darvinning bunday xulosa kelishiga qadar Ovrupada qator ilmiy kashfiyotlar qilingan edi.
1848 yilda ispaniyalik ishchilar Gibraltar qoyasida portlatish vaqtida eng qadimgi odamning pastki jag’siz kalta suyagini topdilar. 1956 yilda esa Germaniyaning Neandertal vodiysida Feldgofer g’orini tozalash vaqtida Gibraltar topilmasiga zamondosh odam bosh suyagining qopqog’i va uningboshqa suyaklari topildi. Olimlar ularning miya suyagining hajmini o’lchaganda u 1400 kub, santimetrga yaqin bo’lib, ongli odam bosh suyagiga o’xshab ketardi. Bu ikki topilma jahon tarixiga neandertal odami nomi bilan kiritildi. Olimlar neandertap yashagan davrni 100-40 ming yil bilan belgilanadilar.
1856 yilda Frantsuz paleontologi Larte Avstriyaning YUqori Granna degan joyida yer tarixining miotsen yotqiziqlaridan (bundan 5-12 mln yil burun) eng oliy tipdagi odamsimon "maymun"ning uchta tishi bilan pastki jag’ini topdi. Unga olimlar driopitek (daraxtda yuruvchi "maymun") deb nom berishdi. Hozirgi vaqtda dunyoning har xil joylaridan driopiteklarning 10 dan ortiq xillari topildi. Lekin ular Avstriya driopitekidan farqli bo’lib, ularning ayrimlari olimlar xulosasiga ko’ra shimpanze, gibbon, orangutang, gorilla kabi Hozirgi zamon maymunlarini ajdodlari edi. Avstriya topilmasi CH. Darvin tomonidan sinchiklab o’rganildi va uning tishlarida odamzod tishlariga xos belgilar borligi isbotlandi. CH.Darvin bu odamsimon "maymun" driopitekda odamzodning ajdodini ko’ra bildi. U yaratgan ta’limotga ko’ra boshqa driopiteklardan odamzod ajdodining tarqalishi mumkin emas. Darvin driopiteki allaqachon o’lib ketgan. Undan qolgan iz so’ngi avlod edi. Boshqa driopiteklardan odamzodning ilk ajdodlari paydo bo’lganidek, Hozirgi zamon maymunlaridan ham hech qanday odam tarqalmagan.
Odamning paydo bo’lishi haqidagi evolyutsion nazariyada Avstriya driopiteki bilan neandertal odami o’rtasida albatta ibtidoiy ajdodlarimizning oraliq vakillar bo’lishi muqarrarligi ta’kidlangan. 1926 yili Gibraltar qoyasi rayonidagi g’ordan yana ibtidoiy odam suyaklari va tosh qurollari bilan ikkita neandertal odami skeleti 1924 yili Qrimdagi Kiyikkabo g’orida topildi. 1938 yilda shunga o’xshash topilma O’zbekistonning Teshiktosh g’oridan qazib oldilar. Hozirgi kunda bunday topilmalar dunyoning 50 dan ortiq nuqtalarida uchratilgan. Neandertal tipidagi bu ajdodlarimiz bosh suyagining hajmi 1300-1400 kub santimetrdir.
Odatda, rosmana odam bosh suyagining hajmi 1400-2000 kub santimetrdan oshmaydi. 1890 yilning noyabrida gollandiyalik olim Evgeniy Dyubua Indoneziyaga qarashli Yava orolida Kedung-Brous daryosi sohilidagi qatlamdan odamning pastki jag’ini topdi.
1891-1892 yillar davomida Yava oroli hududidan yana bir necha odam suyaklari tosh qurollar topildi. Odam bosh suyagining hajmi 900 kub santimetr ekan. SHunday qilib driopitek bilan neandertal oralig’idagi birinchi bo’g’in topildi. E.Dyubua YAva oroli topilmalarini sinchiklab o’rgangandan so’ng, odamzodning bu ajdodi boldir suyaklarining tuzilishiga qaraganda ikki oyoqlab yurgan degan xulosaga keldi va unga pitekantrop ( ikki oyoqlab yuruvchi "maymun" odam) deb nom berdi.
Pitekantrop yashagan davr, olimlar xulosasiga ko’ra , bir million yil deb belgilandi. 1924 yilda Janubiy Afrikada Er qa’rining tiotsen (bundan 3-4 million yil burun) yotqiziqlaridan odamzod ilk ajdodi yana bir vakilining suyak qoldiqlari topildi. Olimlar uni avstralopitek ("janub maymun" i) deb atadilar. Uning bosh suyagining hajmi 700 kub santimetr ekan. Odatda driopiteklarda bio miya hajmi 600-680 kub santimetrdan oshmaydi. SHunday qilib, driopitek bilan pitekantrop oralig’idagi bo’g’in ham topildi. Olimlarning xulosasiga ko’ra, avstralopitek odamzodning hayvonlar ("maymun" lar) olamidan odamlar dunyosiga o’tish davridagi birinchi qadam edi. Agar bir driopitekni eng oliy tipidagi odamsimon "maymun" desak, astrolipitik maymunsimon ikkinchi qadam, ya’ni maymunsimon odam lardan uzoklashgan ajdodimiz vakilidir. Uning oldingi "oyoqlari" endi mehnat qiladi, toshni-toshga urib mehnat qurolarini yasay boshlaydi.
1929 yilda Xitoy olimlari Pekindan 60 km janubi-g’arbda joylashgan CHjoukaunyan qishlog’i yaqinidagi g’orlardan ibtidoiy ajdodlarimizning suyak qoldiqlarini topdilar. Unga qadar, 1918 yili SHved olimi Andersan ham bu rayonda ish olib borgan va ko’pgina qadimgi hayvonlar suyaklarini topgan edi.
Bu zonada dala qidiruv ishlari 1936 yilgacha davom etdi. Natijada 40 dan ortiq odam suyaklari, tosh qurollar, hayvon suyaklari va olov izlari topildi. Olimlar odamzodning bu ajdodiga sinantrop ( xitoy odami) deb nom berishdi va uni yashagan davrini 500-600 ming yil bilan belgilashdi. Sinantrop bosh suyagining hajmi 1100-1200 kub santimetr edi.
SHunday qilib, pitekantrop bilan neandertal oralig’idagi bo’g’in ham topildi. CH.Darvinning odamning paydo bo’lishi haqidagi evolyutsion nazariyasi ilmiy jihatdan tasdiqlandi. Jamiyatshunos olimlar (L.G.Morgan,K.Marks,F.Engels) taklif etgan ibtidoiy to’da davrida ana shu pitekantroplar, sinantroplar va neandertallar yashadilar. Hozirgi kunda fan neandertal odamning 6 xilini biladi. Ular miloddan avval 100- 40 ming yillar oralig’ida yashagan. Jismoniy tuzilishi jihatidan Hozirgi zamon oralig’iga juda yaqin bo’lgan neandertal odamlarning jag’tishlari pitekantropniki singari bo’rtib chiqmagan, ammo ularning kalta -kalta qo’llari qo’pol bo’lib, peshonasi ham bo’rtib chiqmagan.
1868 yili Frantsiyaning Durdoni viloyatidagi Kromanon g’orida 5 ta odam ko’milgan mozor ochildi. Kromanon odamlarning bo’yi baland (180 sm gacha), bosh suyagini hajmi 1590 kubsantimetr, yuzlari keng, qosh osti bo’rtib chiqqan, peshonasi rosmana Hozirgi zamon odamlarnikiga o’xshaydi. Umuman, ular skeletining tuzilishi Hozirgi zamon odamlariga o’xshaydi. Umuman, ular skeletining tuzilishi Hozirgi odamlardan farqqilmaydi. G’ordan ko’plab tosh qurollar ham topiildi. Olimlar bu topilmani g’or nomi bilan kromanon odami "aqlli odam" deb atadilar. Hozirgi kunda kromanon tipidagi odam qoldiqlari yer kurrasining 100 dan ortiq nuqtalaridan topib o’rganilgan.
1959 yilda amerikalik olimlar SHarqiy Afrikaning Olduvay darasida eng qadimgi ajdodlarimizning suyak qoldiqlarini topdilar.
Bu yerda odam bosh suyagi bilan birga mayda hayvon suyaklari, to’ng’iz va antilopa suyaklari va tosh qurollari topildi. Olimlar bu mavjudotga zinjantrop deb nom berishdi va uni yashagan davrini avstrolipitek bilan pitekantropni oralig’i deb nomlashdi. Zinjantropning suyak tuzilishi va bosh suyagi ko’p jihatdan pitekantropga yaqinlashadi. Ammo zinjantrop topilgan geologik qatlamning sanasi 1,5-2 mln yil bilan belgilanmokda, Bu esa odamzotning mehnat qila boshlagan ilk ajdodi pitekantropga qadar zinjantrop bo’lgan degan xulosaga olib keladi.
O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekiston hududida zinjantropga zamondosh ajdodlarimiz yashagan. Undan keyin yashagan odamzod ajdodi pitekantroplar bo’lib, ular bundan 1 mln yil burun yashagan. Uning zamondoshi ham O’rta Osiyo hududida hozircha uchragani yo’q. Pitekantroplardan keyin, ya’ni bundan 500-600 ming yillar burun yashagan odamzodining ilk izlari Xitoydan topilib, ularni olimlar sinantroplar deb atashdi. Sinantrop topilgan makonda (ular g’orlarda yashagan) toshdan ishlangan mehnat qurollari bilan birgalikda qalin kul qatlami ham topildi. SHuningdek qalin madaniy qatlam va u qatlam ichida hayvon suyaklari ham uchragan. Bu qoldiqlar sinantroplarning g’orda uzoq vaqt (bir necha yuz ming yilliklar) yashaganligidan guvohlik beradi. Sinantroplar davridan boshlab odamzod birinchi bo’lib olov bilan tanishdi va undan o’z hayot faoliyatida foydalanildi. Ana shu sinantroplarga zamondosh ibtidoiy odam ajdodining izlari O’rta Osiyoning bir necha joylarida uchraydi. Bu davr ajdodlari hali to’da-to’da bo’lib yashaganlar.
Ular tabiat iqlimini sovib ayrim rayonlarga muzliklar qoplagan, ayrim rayonlarda esa to’xtovsiz yomg’irlar yog’a boshlagan zamonda yashaganlar. Bu davr ibtidoiy to’da davrining o’rta bosqichi-ashel davriga to’g’ri keladi.
Sinantroplar davrida ibtidoiy ajdodlarimiz asosan g’orlarda yashaganlar. Ularning kundalik tirikchiligi yovvoyi daraxtlarning mevalari, ayrim o’simliklarning ildizlari edi. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ov qilganlar. Biroq ov o’ljasi hisobiga kun kechirish sinantrop zamondoshlar uchun juda og’ir kechgan. SHuning uchun bo’lsa kerak, ular qurt-qumursqa va mayda kemiruvchi jonivorlarni ham iste’mol qilishga majbur bo’lganlar.
Bu davr odamlarining mehnat qurollari asosan toshdan, yirik ov hayvonlarning suyak va shoxlaridan hamda qattiq daraxt shoxlaridan yasalgan. Afsuski, zamonning zayli bilan bizgacha u qurollardan faqat toshdan yasalgani etib kelgan. Bu tosh o’rganilgan va ular birinchi bor topilgan makon nomi bilan ashel qurollari deb atalgan. Ashel tipidagi qurollar dastlab Frantsiyada topildi. Ular yassi tuxumsimon qilib ishlangan, uchli, nayzasimon, qarama-qarshi tomonlari esa yo’g’onroq tuxumsimon bo’lib, olimlar bu qurolga qo’l boltasi yoki qo’l cho’qmori deb nom berishdi. Ana shu qurol yordamida ibtidoiy ajdodlarimiz yirik hayvonlarga qarshi ov qilganlar, o’simlik ildizlarini kovlab eyish uchun biror narsa tayyorlaganlar, o’lja hayvon go’shtini maydalagan va terini shilishganlar, daraxt shoxlarini kesib, ulardan qurollar yasaganlar.
Arxeolog va geologlarning hisobiga ko’ra ashel davri bir million yil burun boshlab, miloddan av. 200-100 ming yillargacha davom etgan. Bu davr tabiiy-gegorafik muhiti O’rta Osiyo sharoitida, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiatning yozi issiq va quruq, qishi sovuq, yog’ingarchilik kam bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Ana shu sharoitda O’rta Osiyoning hozirgi cho’l va dashtlari landshafti rasmiylashdi hamda shu landshaftga xos hayvonot olami va o’simliklar dunyosi shakllandi. Ashel davrining oxirgi bosqichiga kelib, havo keskin soviydi. Ovro’paning shimoliy mintaqalarini muzliklar qoplaydi. O’rta Osiyo esa, asosan uning tog’li zonalarida muzliklar hosil bo’lib, daryolar oqimiga o’zgarishlar yuz beradi va yangi-yangi daryolarni shakllanishiga olib keladi. O’rta Osiyo muzliklari vohalarni qoplagan bo’lib, ular asosan tog’li viloyatlar darasida tarkib topadi. O’rta Osiyo pasttekisliklari esa yomg’irlar uzluksiz yog’ib havoni goh sovish, goh ilishi kuzatiladi va ular bilan bog’lik holda o’simliklar dunyosi oilasida ham o’zgarishlar mintaqaning bu qismida yuz beradi. Qalin o’rmonlar o’rnini cho’l mintaqasiga xos o’simliklar egallaydi. O’rta Osiyo sharoitida ro’y bergan bu o’zgarishlar mintaqaning ayrim rayonlarida ilk ajdodlarimizning manzilgohlari Farg’ona vodiysining So’x rayonidagi Selung’ur g’oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko’lbuloq makonida topib o’rganildi.Selung’ur g’ori 1958 yili akademik A.P.Okladnikov tomonidan topib o’rganilgan. Olim u erda arxeologik qazilmalar o’tkazib, topilgan tosh qurollarga qarab, g’or yuqori paleolit davrida, ya’ni bundan 40-30 ming yil burun ibtidoiy odamlar tomonidan o’zlashtirgan degan xulosaga keladi. Ammo 1980 yildan boshlab A.P.Okladnikovning shogirdi, o’zbek arxeologi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi U. Ismoilov
g’orni qayta o’rgana boshladi. U.Ismoilov g’orning bir necha joyida qazilmalar o’tkazib, toshdan ishlangan juda boy mehnat qurollari va hayvon suyaklarini topdi. Olim Selung’urda yashagan ajdodlarimizni g’orning qadimgi tosh davrining yuqori paleolit bosqichida emas, balki ashel davrining bosqichida o’zlashtirganliklarini isbotladi.Seleng’ur g’ori tariximiz uchun benihoyat muhim yodgorlik. Bu makonda ajdodlarimizning suyak qoldiqlari ham topildi. Antropolog olimlar Seleng’ur suyak qoldiqlarining sinantroplarga zamondosh ekanligini aytmokdalar. Seleng’urning asosiy tadqiqotchisi U.Ismoilov esa g’or materiallarini qaytadan o’rganib, ularning yoshi yaqin bir mln yil atrofida bo’lishi kerak, degan xulosaga keldi. Seleng’ur odamning qoldiqlari Farg’ona vodiysidan topilgani uchun unga "Fergantrop" ya’ni "Farg’ona odami" degan shartli nom berish taklif qilinmoqda. Seleng’urdagi ilmiy izlanishlar va u erdan topilgan er yuzida odamning paydo bo’lishi muammosi echimiga qo’shilgan ulkan hissa bo’lib, endilikda O’rta Osiyo hududida odamzot ilk bor paydo bo’lgan mintaqalar qatoriga kirdi.
Ashel davrining so’nggi bosqichida ,taxminan bundan 200 ming yillar burun qadimgi ajdodlarimiz Ko’lbuloq yaqinida o’zlariga qarorgoh topganlar Ko’lbuloq qarorgohi Angren shaxridan 10-12 kmg’arbda bo’lib, shu nom bilan atalgan buloqsuvi yoqasida joylashgan. YOdgorlikda bir necha yuz ming yillar davomida ibtidoiy ajdodlarimiz yashaganlar. Ko’lbuloq manzilgohi 1862 yilda topildi va 1963 yildan boshlab bu erda o’zbek arxeologi M.R.Qosimov izlanishlar olib bordi. YOdgorlikni qazish jarayonida uning qadimgi tosh davrining deyarli barcha bosqchlariga (ashel, muste, yuqori paleolit) tegishli ekanligi isbotlandi. Ko’lbuloqda odam qoldiqlari topilmagan, ammo tosh qurollar va hayvon suyaklari behisob. M.R.Qosimiovningfikriga ko’ra Ko’lbuloqning quyi qatlami ashel davrining so’nggi bosqichiga tegishlidir. Ushbu yodgorlik butun O’rta Osiyo qadimgi tosh (paleolit) davri yodgorliklari uchun arxeologik davriy tizim berdi. YUqorida bayon etilgan dalillarga asoslangan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin.
O’rta Osiyo, jumladan Farg’ona vodiysi o’zining tabiiy-iqlim sharoitida va ekologik imkoniyatlariga ko’ra ibtidoiy to’da davrining o’rta bosqichi-ashel davridan boshlab eng qadimgi ajdodlarimizning e’tiborini o’ziga tortgan va bu mintaqadagi Seleng’ur g’orida sinantroplarning zamondoshlari ilk bor makon topgan. Bu makondan odam suyak qoldiqlari topildi.Bu voqea O’rta Osiyoni odamning paydo bo’lish mintaqalari tuzumiga kiritdi.
Seleng’ur topilmasi juda yomon saqlangan. Ammo akademik V.P.Alekseev va professor T.K.Xo’jayovlar fikriga ko’ra, bu erdan topilgan odam bosh suyagi qopqog’ining morfologik tuzilishi uning juda qadimiy va g’ordan topilgan boshqa kimiyoviy dalillar bilan zamondosh ekanligini inkor etmaydi. Ushbu topilma o’z ahamiyati bilan O’rta Osiyo hamda O’rta SHarq mintaqasida tengsiz kashfiyot hisoblanadi. SHuning uchun o’zbek arxeologlari va antropologlari uni "fergantroplar" , ya’ni "Farg’ona odamlari" deb atamoqdalar. U odamning paydo bo’lishi shajarasida pitekantrop bilan neandertal odamning oralig’idagi bo’g’inni to’ldiradi.
Odamzod paydo bo`libdi-ki, o`z tarixi bilan, o`zining paydo bo`lish tarixi bilan qiziqadi. Har bir odam albatta «men qaerdan paydo bo`lganmanq» degan savol qiynaydi. Bunday savol qulgili eshitilgani bilan, unga aniq bir javob xiligacha yo`q. Xatto odamzodning paydo bo`lishini o`rganadigan fan-antropalo’giya ham xali aniq bir tuxmatga kelganicha yo`q.
Antropalo’giya odamzodning paydo bo`lish jarayonida Antropogenez jarayonini ajratib ko`rsatadi. Antropogenez-bu odamzodning xayvonot olamidan ajralib chiqish jarayonidir.
YAqin-yaqinlargacha odamzod paydo bo`lishida faqat bittagina nazariya bor edi-Darvin nazariyasi. Lekin hozirga kelib fanda bir qancha yo`nalishlar va nazariyalar paydo bo`ldiki, quyida biz ulardan eng asosiylarini ko`rib chiqamiz.
Nazariyalarning birinchisi, yuqorida aytganimizdek-Darvinning evolyutsion nazariyasidir. Bu nazariyani CH.Darvin 1871 yilda «odamning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish» asarida asoslab berdi. Bu nazariya odamning odamsimon maymunlardan asta-sekin tashqi tapsir va tabiiy tanlanish natijasida paydo bo`lgan, degan g`oyani ilgari suradi.
Bu g`oyaning ko`pgina paleontologik, arxeologik, biologik,genetik va boshqa dalil-isbotlari mavjud. Lekin bu dalillarning ko`pchiligi ko`p taraflama qaralishi mumkin va buni evolyutsion nazariyaga qarshilar o`zlariga qurol qilib olmoqdalar. Ularning gaplari bo`yicha, «sening ajdoding daraxtdan osilib binan kavshayotgan maymun bo`lgandan, Xudo bo`lgani afzal».
Evolyutsion nazariyaning bosqichlarini, ya’ni odamning paydo bo`lish bosqichlarini ko`rib chiqsak.Avstralopitek. Bularni «janubiy maymunlar» deb ham atashadi. Avstralhit-tik yuruvchi, yaxshi tashkilotchi odamsimon maymunlar odamning birinchi ajdodi deb qabul qilingan. ular ko`plari bilan ko`p ishlarni amalga oshira olganlar va to`da bo`lib yashaganlar. Avstralhitek qoldiqlari 1924 yilda Janubiy Afrikadan topilgan. Ular shimpanze kattaligida bo`lib, og`irligi 50 kg atrofida, miyasining hajmi 520 sm2 bo`lgan. Bu bilan u boshqa maymunlarga qaraganda odamga juda ham o`xshab ketadi. Avstralhiteklar 9 mln. yil avval tekisliklarda yashaganlar. Qurollari asosan ishlov berilmagan toshlar, tayoqlar bo`lgan.Avstralopitek Homo habilis-o`quvli odamning ajdodi hisoblanadi. Pitekantrop. 1890 yilda Ye.Dyubua tomonidan YAva orollarida odamsimon maymunning qoldiqlari topiladi. Ularga arxantrop yoki pitekantrop deb nom berildi. Keyinchalik 1949 yilda Pekin yaqinida 40 ta odamsimon maymunning qoldiqlari topiladi. Ularga sinantrop deb nom berildi. pitekantroftik yuruvchi, o`rta bo`yli odamsimon maymunlar bo`lib, odamlar bilan skelet va yuz tuzilishida o`zshashliklar bor. Sinantrofning esa iyak suyaklari o`zgara boshlanganligi ko`rinadi.Tekshirishlar natijasida pitekantoplar 400 ming yillar ilgari yashaganligi aniqlandi. Paleontrop. Bu odamning ajdod neandertal deb ataladi (qoldiqlari topilgan Dyusseldorf yaqinnidagi Neandertal daryosining nomi bilan). Uni paleontrof deb ham atashadi. Ular uzun bo`yli, kuchli tanaga ega bo`lib, skelet tuzilishi jixatidan zamonaviy odamga o`xshash bo`lganlar. Bosh miyaning hajmi 1200-1800 m3 atrofida bo`lgan.
Zamonaviy odamning paydo bo`lishi quyi paleolitning oxirgi davrlariga to`g`ri keladi (70-35 ming yillar oldin). Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning birdaniga rivojlanishi va Homo sapiens ning biologik evolutsiyasi yakunlanishi bilan bog`liq edi.
Neantroplar portsional tuzilgan uzun bo`yli odamlar edi. erkaklarning bo`yi 180-185 sm, ayollarniki esa-160-163 sm atrofida edi. ularning oyoqlari uzun bo`lib, ko`krak qafasi keng va musqullari yaxshi rivojlangan edi.
Neantroplar tosh va suyakdan qurollar ishlatishgan, har xil turda uychalar barpo etishgan, ular taqinchoqlar ishlatishgan, kumush marosimlari bo`lgan, hatto rassomchilik san’ati ham rivojlangan. SHunisi ahamiyatga molikki, neantroplar zamonaviy odam qaerda yashay olsa, o`sha yerda yashaganlar. Kreatsionnizm. (lotincha Creatio-yarataman) Kreatsionizm-bu barcha organizmlar bir vaqtda va mustaqil xolda xozirgi mavjud qiyofada yaratuvchi (Xudo) tomonidan yaratilganligi haqidagi ta’limotdir. Bu nazariya odam xudo yoki xudolar, yoki boshqa g`ayritabiiy kuch tomonidan nobiologik moddadan yaratilgan, degan g`oyani ilgari suradi. Eng ko`p tarqalgani Injil va kur’onda uchraydigan odam Ato va momo Xavo bo`lib, ular loydan yaratilganlar (qizil loydan). Bu nazariya undanda chuqurroq qadimgi yunoniston va boshqa xalqlar afsonalariga o`xshab ketadi.SHunga o`xshash xayvonlarning odamlarga aylanib qolish yoki odamni xudolar tomonidan tug`ilishi nazariyalarini ham olish mumkin. Bu nazariya isbot talab qilinmaydigan nazariya hisoblanadi. SHunday bo`lsa-da, turli xalqlar afsonalaridagi odam yaratilishining o`xshash tomonlari bunga isbot-dalil sifatida keltiriladi. Hozirgi zamonaviy geologiya (diniy ta’limning isbotlari tizimi, ya’ni isbotlar to`plami) kreatsionizmning juda ko`plab yangi isbotlarini ko`rsatmoqda.Misol tariqasida odamning haqiqatdan ham maymundan paydo bo`lganligini olish mumkin. Lekin geologiyaning aytishicha, bu «aylanish» Xudoning buyrug`i bilan, uning xoxishiga ko`ra yuz bergan.
Tashqi ta’sir nazariyasi. Bu nazariya bo`yicha yer yuzida odamning paydo bo`lishi yerdan tashqaridagi boshqa sivilizatsiyalarining ta’siri natijasidir. Oddiy ko`rinishda bu nazariya odam juda qadimda yerga tushib qolgan o`zga sayyoraliklarning avlodlaridir, deydi. Bu nazariyaning boshqa variantlari:

  1. o`zga sayyoraliklar va odamzod ajdodlarining chatishishi;

  1. gen injeneriyasi yordamida ongli odamning yaratilishi;

  1. tuxum xujayra usuli bilan birinchi odamning yaratilishi;

  1. yerdagi evolyutsion jarayonning tashqi tafakkur tapsirida boshqarilishi;

  1. yerdagi evolyutsion jarayonning avvaldan tashqi tafakkur rejalariga asosan rivojlanishi;

Bulardan tashqari ham hayot vujudga kelishining har xil fantastik nazariyalari ham mavjud. Bularda ham tashqi ta’sirga urg`u berilgan.
Kenglik anomaliyasi nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari Antropogenezni «Materiya-Energiya-Aura» triadasi bilan bog`liq kenglik anomaliyasining rivojlanish bosqichidir, deb e’tirof etadilar. Bu anomaliya («Materiya-Energiya-Aura» anomaliyasi) bashariyatning barcha sayyoralari va parallel o`lchamdagi barcha sayyoralari va parallel o`lchamdagi barcha sayyoralarga taalluqlidir. Bu nazariya yerga o`xshash boshqa gumanoidlar yashaydigan biosferalarda hayot Aura-axboriy substantsiya rejalashtirib quyidagidek ketadi. Qulay sharoitlar natijasida bu yerdagi kabi hayotning paydo bo`lishiga olib keladi. Bu nazariya umuman olganda birinchi nazariya bilan o`xshash bo`lib, farqli tomoni bu rivojlanish ma’lum reja asosida bo`lib o`tayotganligidir. Ko`p miqdordagi arxeolo’gik izlanishlarga qaramay biz boshqa nazariyalarni ham nazardan chetda qoldirmasligimiz zarur.
A.Antonov o`zining «Yer tarixi» asarida ba’zi bir muloxazalar yuritadi. Bu yerda ushbu asardan parcha keltirishni lozim topdim:«Xo`sh, odamning mehnatga o`rgangan-o`rganmaganligi uning hayot-mamotini xal qiladigan muammo bo`la oladimi? XX asrning 2-yarmida tadqiqotchilar xozirgacha tosh asrida yashayotgan odamlarni puxta o`rganib chiqdilar. Keyin o`zlari ham shunday qurollar yasab, u ularda ishlab ko`rdilar. Natijada quyidagi xulosalar paydo bo`ldi:
-toshda yaxshi bolta yasash uchun zamonaviy odamga 1 soat vaqt yetarli. pitekatroplarda esa undan salgina ko`p vaqt talab qiladi. Lekin bu boltadan ancha vaqtgacha foydalanish mumkin bo`ladi. Akurio xindulari 10 tadan sal ko`p qurol ishlatishadi. Bulardan faqat bolta toshdan, boshqalari esa suyakdan.
-bitta daraxtni tosh bolta bilan chopish 1 soatni olar ekan. Agar daraxt kattaroq bo`lsa, ko`proq vaqtni talab qiladi. Lekin xo`jalikda ko`pincha nozik daraxtlar ishlatilgan. Ularga esa yanada kamroq vaqt ham yetarli.
-odamzod –yalqov. Qadimgi odam esa bundan tashqari zaxiraga xech narsa to`plamagan. Ular faqat kerakli narsalargagina mehnat sarflashgan.
-xulosa qiladigan bo`lsak, ajdodlarimizda qurol yasash, uy-joy ko`rish va o`tin kesishdan tashqari yana juda ko`p bo`sh vaqt qolgan. bu vaqt esa ovga, termachilikka va xordik chiqarishga sarflash mumkin edi.
Demak, ko`rinib turibdiki, mehnat qurollari yasashning o`zigina aql va tafakkur rivojlanishiga ta’sir ko`rsata olmaydi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, ahmoq odamlar o`lib, aqllilari tirik qolgan, degan fikr noto`g`ridir. SHunday qilib, fikrlar qanchalik ko`p bo`lsa, haqiqatga shunchalik yaqinlashadi.
O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekiston hududida zinjantropga zamondosh ajdodlarimiz yashagan. Undan keyin yashagan odamzod ajdodi pitekantroplar bo’lib, ular bundan 1 mln. yil burun yashagan. Uning zamondoshi ham O’rta Osiyo hududida hozircha uchragani yo’q. Pitekantroplardan keyin, ya’ni bundan 500-600 ming yillar burun yashagan odamzodining ilk izlari Xitoydan topilib, ularni olimlar sinantroplar deb atashdi. Sinantrop topilgan makonda (ular g’orlarda yashagan) toshdan ishlangan mehnat qurollari bilan birgalikda qalin kul qatlami ham topildi. SHuningdek qalin madaniy qatlam va u qatlam ichida hayvon suyaklari ham uchragan. Bu qoldiqlar sinantroplarning g’orda uzoq vaqt (bir necha yuz ming yilliklar) yashaganligidan guvohlik beradi. Sinantroplar davridan boshlab odamzod birinchi bo’lib olov bilan tanishdi va undan o’z hayot faoliyatida foydalanildi. Ana shu sinantroplarga zamondosh ibtidoiy odam ajdodining izlari O’rta Osiyoning bir necha joylarida uchraydi. Bu davr ajdodlari hali to’da-to’da bo’lib yashaganlar.
Ular tabiat iqlimini sovib ayrim rayonlarga muzliklar qoplagan, ayrim rayonlarda esa to’xtovsiz yomg’irlar yog’a boshlagan zamonda yashaganlar. Bu davr ibtidoiy to’da davrining o’rta bosqichi-ashel davriga to’g’ri keladi.
Sinantroplar davrida ibtidoiy ajdodlarimiz asosan g’orlarda yashaganlar. Ularning kundalik tirikchiligi yovvoyi daraxtlarning mevalari, ayrim o’simliklarning ildizlari edi. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ov qilganlar. Biroq ov o’ljasi hisobiga kun kechirish sinantrop zamondoshlar uchun juda og’ir kechgan. SHuning uchun bo’lsa kerak, ular qurt-qumursqa va mayda kemiruvchi jonivorlarni ham iste’mol qilishga majbur bo’lganlar.
Bu davr odamlarining mehnat qurollari asosan toshdan, yirik ov hayvonlarning suyak va shoxlaridan hamda qattiq daraxt shoxlaridan yasalgan. Afsuski, zamonning zayli bilan bizgacha u qurollardan faqat toshdan yasalgani etib kelgan. Bu tosh o’rganilgan va ular birinchi bor topilgan makon nomi bilan ashel qurollari deb atalgan. Ashel tipidagi qurollar dastlab Frantsiyada topildi. Ular yassi tuxumsimon qilib ishlangan, uchli, nayzasimon, qarama-qarshi tomonlari esa yo’g’onroq tuxumsimon bo’lib, olimlar bu qurolga qo’l boltasi yoki qo’l cho’qmori deb nom berishdi. Ana shu qurol yordamida ibtidoiy ajdodlarimiz yirik hayvonlarga qarshi ov qilganlar, o’simlik ildizlarini kovlab eyish uchun biror narsa tayyorlaganlar, o’lja hayvon go’shtini maydalagan va terini shilishganlar, daraxt shoxlarini kesib, ulardan qurollar yasaganlar.
Arxeolog va geologlarning hisobiga ko’ra ashel davri bir million yil burun boshlab, miloddan av. 200-100 ming yillargacha davom etgan. Bu davr tabiiy-gegorafik muhiti O’rta Osiyo sharoitida, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiatning yozi issiq va quruq, qishi sovuq, yog’ingarchilik kam bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Ana shu sharoitda O’rta Osiyoning hozirgi cho’l va dashtlari landshafti rasmiylashdi hamda shu landshaftga xos hayvonot olami va o’simliklar dunyosi shakllandi. Ashel davrining oxirgi bosqichiga kelib, havo keskin soviydi. Ovro’paning shimoliy mintaqalarini muzliklar qoplaydi. O’rta Osiyo esa, asosan uning tog’li zonalarida muzliklar hosil bo’lib, daryolar oqimiga o’zgarishlar yuz beradi va yangi-yangi daryolarni shakllanishiga olib keladi. O’rta Osiyo muzliklari vohalarni qoplagan bo’lib, ular asosan tog’li viloyatlar darasida tarkib topadi. O’rta Osiyo pasttekisliklari esa yomg’irlar uzluksiz yog’ib havoni goh sovish, goh ilishi kuzatiladi va ular bilan bog’lik holda o’simliklar dunyosi oilasida ham o’zgarishlar mintaqaning bu qismida yuz beradi. Qalin o’rmonlar o’rnini cho’l mintaqasiga xos o’simliklar egallaydi. O’rta Osiyo sharoitida ro’y bergan bu o’zgarishlar mintaqaning ayrim rayonlarida ilk ajdodlarimizning manzilgohlari Farg’ona vodiysining So’x rayonidagi Selung’ur g’oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko’lbuloq makonida topib o’rganildi.
Selung’ur g’ori 1958 yili akademik A.P.Okladnikov tomonidan topib o’rganilgan. Olim u erda arxeologik qazilmalar o’tkazib, topilgan tosh qurollarga qarab, g’or yuqori paleolit davrida, ya’ni bundan 40-30 ming yil burun ibtidoiy odamlar tomonidan o’zlashtirgan degan xulosaga keladi. Ammo 1980 yildan boshlab A.P.Okladnikovning shogirdi, o’zbek arxeologi,
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi U. Ismoilov g’orni qayta o’rgana boshladi. U.Ismoilov g’orning bir necha joyida qazilmalar o’tkazib, toshdan ishlangan juda boy mehnat qurollari va hayvon suyaklarini topdi. Olim Selung’urda yashagan ajdodlarimizni g’orning qadimgi tosh davrining yuqori paleolit bosqichida emas, balki ashel davrining bosqichida o’zlashtirganliklarini isbotladi.Seleng’ur g’ori tariximiz uchun benihoyat muhim yodgorlik. Bu makonda ajdodlarimizning suyak qoldiqlari ham topildi. Antropolog olimlar Seleng’ur suyak qoldiqlarining sinantroplarga zamondosh ekanligini aytmokdalar. Seleng’urning asosiy tadqiqotchisi U.Ismoilov esa g’or materiallarini qaytadan o’rganib, ularning yoshi yaqin bir mln yil atrofida bo’lishi kerak, degan xulosaga keldi. Seleng’ur odamning qoldiqlari Farg’ona vodiysidan topilgani uchun unga "Fergantrop" ya’ni "Farg’ona odami" degan shartli nom berish taklif qilinmoqda. Seleng’urdagi ilmiy izlanishlar va u erdan topilgan er yuzida odamning paydo bo’lishi muammosi echimiga qo’shilgan ulkan hissa bo’lib, endilikda O’rta Osiyo hududida odamzot ilk bor paydo bo’lgan mintaqalar qatoriga kirdi.
Ashel davrining so’nggi bosqichida ,taxminan bundan 200 ming yillar burun qadimgi ajdodlarimiz Ko’lbuloq yaqinida o’zlariga qarorgoh topganlar Ko’lbuloq qarorgohi Angren shaxridan 10-12 km g’arbda bo’lib, shu nom bilan atalgan buloq suvi yoqasida joylashgan. YOdgorlikda bir necha yuz mingyillar davomida ibtidoiy ajdodlarimiz yashaganlar. Ko’lbuloq manzilgohi 1862 yilda topildi va 1963 yildan boshlab bu erda o’zbek arxeologi M.R.Qosimov izlanishlar olib bordi. YOdgorlikni qazish jarayonida uning qadimgi tosh davrining deyarli barcha bosqchlariga (ashel, muste, yuqori paleolit) tegishli ekanligi isbotlandi. Ko’lbuloqda odam qoldiqlari topilmagan, ammo tosh qurollar va hayvon suyaklari behisob. M.R.Qosimiovning fikriga ko’ra Ko’lbuloqning quyi qatlami ashel davrining so’nggi bosqichiga tegishlidir. Ushbu yodgorlik butun O’rta Osiyo qadimgi tosh (paleolit) davri yodgorliklari uchun arxeologik davriy tizim berdi. YUqorida bayon etilgan dalillarga asoslangan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin.
O’rta Osiyo, jumladan Farg’ona vodiysi o’zining tabiiy-iqlim sharoitida va ekologik imkoniyatlariga ko’ra ibtidoiy to’da davrining o’rta bosqichi- ashel davridan boshlab eng qadimgi ajdodlarimizning e’tiborini o’ziga tortgan va bu mintaqadagi Seleng’ur g’orida sinantroplarning zamondoshlari ilk bor makon topgan. Bu makondan odam suyak qoldiqlari topildi.Bu voqea O’rta Osiyoni odamning paydo bo’lish mintaqalari tuzumiga kiritdi.
Seleng’ur topilmasi juda yomon saqlangan. Ammo akademik V.P.Alekseev va professor T.K.Xo’jayovlar fikriga ko’ra, bu erdan topilgan odam bosh suyagi qopqog’ining morfologik tuzilishi uning juda qadimiy va g’ordan topilgan boshqa kimiyoviy dalillar bilan zamondosh ekanligini inkor etmaydi. Ushbu topilma o’z ahamiyati bilan O’rta Osiyo hamda O’rta SHarq mintaqasida tengsiz kashfiyot hisoblanadi. SHuning uchun o’zbek arxeologlari va antropologlari uni "fergantroplar" , ya’ni "Farg’ona odamlari" deb atamoqdalar. U odamning paydo bo’lishi shajarasida pitekantrop bilan neandertal odamning oralig’idagi bo’g’inni to’ldiradi.
YUqorida bayon etilgan materiallardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:

  1. Odamzod tabiatining ajralmas bir bo’lagi sifatida, er tarixining ma’lum bir bosqichida (miotsen bosqichidan hayvonot olamidan ajralib chiqdi. u jonivor fanda eng oliy tipdagi odamsimon "maymun" (driopitek) deb atalmokda. Driopiteklarning 10 ga yaqin turlari mavjud bo’lib, ammo ularning hammsi odamlarni ajdodi bo’lmagan. Inson faqat Avstriyadan topilgan driopiteklardan tarqalgan.

  2. Ajdodlarimizning hayvonot olamidan odamzod dunyosini birinchi

qadami avstralopiteklar davrida sodir bo’ldi.
3. Odamzodning ilk ajdodlari zinjantrop va pitekantroplar toshni
-toshga urib mehnat qila boshladilar. Mehnat odamzodni hayvonot
olamidan ajratdi.
4. Odamzodning o’zini ajdodi-sinantroplar davrida olovning kashf etdi
va shu tufayli ajdodlarimiz go’shtni olovda chala pishirgan holda
iste’mol qila boshladilar. Pishirilgan go’shtni iste’mol qilish
natijasida ularning fikrlarida o’zgarish sezildi va odamning
biologik, jismoniy tuzilishida Hozirgi zamon odami tomon ijobiy
o’zgarishlar sodir bo’la boshladi.
5. Kromanon odami zamonasiga kelib ilk ajdodlarimizning biologik,
jismoniy tuzilishi Hozirgi zamon odamidan farq qilmaydigan
holatga kirdi. Kromanonlar davri urug’chilik jamoasining boshlanishi
birinchi jamoachilik kurtagining tug’ilishidir. Bu o’zgarishning
barchasi o’z mehnati tufayli erishdi.

Download 79.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling