Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
144 haligi gapga nima deysan? — Qaysi gapga? — Menga tegasanmi? 3 Kesakpolvon avvalgi ahdi bo‘yicha ertalab qaymoq ko‘tarib keldi-yu, ammo Asadbek bilan nonushta qila olmadi. Asadbek erta saharda Halimjon bilan chiqib ketganini boloxonadagi yigitdan bilib, yana tashvishga tushdi. Uyga qaytgisi kelmay, jar yoqasidagi xonadonlarda ochilgan yemakxonaga bordi. Boshiga tashvish do‘li yog‘ilib turganda ham ishtahadan nolimaydigan odamning bu safar tomog‘idan ovqat o‘tmadi. Kun yoyilganida shahar markazidagi uch qavatli bino yerto‘lasiga joylashgan idoraga qarab yurdi. Idora eshigidan har safar Asadbekning yordamchisi sifatida kirar edi. «Bugun so‘nggi marta bu martabada o‘tyapmanmi, ertaga xo‘jayini sifatida kiramanmi?» deb o‘yladi. Endigina kelgan Bo‘tqa qizlarni ishga solib, xonalarni shamollatgan edi. Asadbek «Zamon o‘zgaryapti, qadamlaringni bilib boslaring», degach, tungi maishatlarga barham berilgan sababli bu yer ancha osoyishta bo‘lib qolgan edi. Kesakpolvon salom bergan Bo‘tqaga qarab «Bu bola menga kerak», deb o‘yladi-da: — Rasuljon uka, ahvollar yaxshimi? — deb qo‘ydi. Bo‘tqa uning bu muomalasidan ajablandi. Chunki u Kesakpolvon tomonidan «Ha, Bo‘tqa, qalaysan?» deb hol so‘raluviga ko‘nikib qolgan edi. — Rahmat, akaxon, choy qilaymi yo qizilidanmi? — Bo‘tqa shunday deb amrga mahtal ravishda unga qaradi. — Choyni qo‘yatur. Bek akangdan darak bormi, bu yoqqa keladiganmi? — Bilmadim. Telefonlar jim. — Mening ozgina ishim bor, halaqit bermay tur,— Kesakpolvon shunday degach, Asadbekning xonasiga kirdi. Uning qiladigan ishi yo‘q, bo‘lajak suhbat oldidan aytadiganlarini yana fikr tarozusida o‘lchab olmoqchi edi. Xonaga kirib o‘tirishga ulgurmay Asadbekning ovozi eshitildi. Asadbek eshikni ochib, ichkari kirishi bilan, bir ma’no uqish umidida, uning ko‘zlariga boqdi: Asadbek kechagiga nisbatan quvnoqroq ko‘rindi. Qarashlaridagi kechagi mahzunlik, ba’zan qora bulut kabi bostirib keluvchi qahr endi yo‘q. Bugundan e’tiboran «sobiq xoja»ga aylanajak Asadbekning xush kayfiyati Kesakpolvonga ham ko‘chib, jilmaydi. Zulm daraxtini birgalikda ekib, endi uning mevasidan kim ko‘proq yeyar ekan, degan muammoni hal qilolmayotgan bu ikki banda orada xiyonat ham, o‘lim ham, adovat ham bo‘lmaganday, bir-biriga oqibati ziyoda odamlar kabi iliq ko‘rishishdi. — Qaymoqxo‘rlik qilarman, deb boruvdim, saharmardonda jo‘navoribsan. Keting yer iskamaydigan bo‘lib qoldi, a? — dedi Kesakpolvon, mehribon do‘st ovozi bilan. — Qadrdonlardan bittasini savobga yo‘qlab qo‘y-dim, — Asadbek shunday deb, Kesakpolvonni ajablantirgan holda nigohini olib qochdi. — Kimni? — Sen uni tanimaysan. Kesakpolvon «Men tanimaydigan qadrdonlaring ham bormi?» degan ma’noda qarab qo‘ydi-yu, gapni maydalashdan o‘zini tiydi. Shuning barobarinda kecha xayoliga kelgan fikrni bayon qilish ahdi susaya boshlaganidan g‘ashlandi. Yolg‘onni ham, rostni ham bir xil ohang-da, ko‘zlarini chaqchaytirganicha aytib tashlaydigan odamni dangalchilik tark etganday edi. — Mahmudning o‘rni bilinib turibdi,— dedi Kesakpolvon, yengil xo‘rsinib. — Yoningda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling