Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet146/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
— Nima, endi Xongirey xo‘jayinlik qiladimi? 
— Xo‘jayin emas, u sening sheriging. Teng sherik! Shuni unutmaginu sira past ketma. 
Yana boshingga chiqib, o‘tirib qo‘ymasin. 
— Boshni qotirma. Mening sherigim ham, xo‘jayinim ham o‘zingsan. Meni tashlab, 
chetga chiqsang, nomardsan. 
Asadbek unga kulimsirab qaradi: «Bu gapni endi Xongireyga aytasan. Xursandlikdan 
yorilib ketay deyapsan-ku...» Asadbek sobiq a’yoniga shunday degisi keldi. So‘ng 
bo‘ralab so‘kishni, keyin yumshoq yeriga boplab bir tepishni istadi. Ko‘ngil jilovi bo‘sh 
qo‘yilsa, nimalarni istamaydi. Vaqti-vaqti bilan «portlab» ketuvchi Asadbek bu safar 
ko‘ngli hukmiga bo‘ysunmadi, ko‘nglini azoblarga qoldirib, kulimsiradi. Til va dil birligini 
butunlay yo‘qotdi. 
— Gaplaringni qara, chetga chiqib sen bilan yuzko‘r-mas bo‘lib ketyapmanmi? O‘sha 
oshnaligimiz, o‘sha qadrdonligimiz bir misqol ham kamaymaydi. Go‘rimga ketgunimcha 
yoningdaman. Faqat hamma ishni o‘zing mustaqil yuritasan. Xongirey mo‘ljallagan ishda 
ikkita aqlning bittasi ortiqchalik qiladi. Endi men senga ish buyurmayman. Ha, 
aytmoqchi, oxirgi marta bitta ish buyuraman, xohlasang ham, xohlamasang ham 
bajarasan,— Asadbek o‘rnidan turib, qo‘lida ko‘tarib kirib, stoli ustiga qo‘ygan gazitga 
o‘rog‘liq narsani oldi-da, Kesakpolvonga uzatdi: 
— Nima bu? —deb ajablanib so‘radi Kesakpolvon. 
— Pul. Maskovga ketmasimdan oldin Sharifning xotini beruvdi, — Asadbek gapining 
yolg‘onligini oshkor etib qo‘ymaslik uchun hamsuhbatga qattiq tikildi. 
...U ertalab barvaqt turib, qabristondagi uchrashuvni eslagan, kun yoyilganda, ayolning 
idoraga kelishini istamay, uyiga o‘zi borgan edi. Kesakpolvon tanimaydigan 
«qadrdonlardan bittasi» shu ayol edi. 
Chala qurilishni ko‘rib, «hali ham bitirib berishmabdi-da», deb g‘ashlangan bo‘lsa, eski 
darvozaga osiqliq qulf uni ajablantirdi. Ko‘chaga suv sepib, supurayotgan qo‘shni 
ayoldan bularning qaerdaligini so‘rab, «uyni sotib ketishgan», javobini eshitdi-yu, 
taajjubi yanada oshdi. 
Nasiba bolalarini olib, onasinikiga ko‘chib ketgan ekan. Asadbek qo‘shni ayoldan uning 
manzilini bilib, qidirib bordi. Sharif Namozovning uyidan ham harobroq bo‘lgan uyga 
bolalari bilan ko‘chib kelgan ayolning ahvoli qanday ekanini birov aytmasa ham, 
Asadbek his etdi. Asadbek ota uyiga turli sabablar tufayli qaytib kelgan ayollarning 
qismati haqidagi gaplarni ko‘p eshitgan. Uylar ko‘p, yashash bemalol bo‘lgan taqdirda 
ham bir qorindan tushgan jigarlarning bir hovlida yashamoqlari juda mushkul. Uyni sotib 
kelgan bu ayolning aka-ukalari bordir, demak, uyning «kelin» deb atalmish norasmiy 
egalari bordir... 
Asadbek shularni o‘ylab, mashinada o‘tirganida Halimjon Nasibani boshlab chiqdi. Ayol 
Asadbekni ko‘rib, bir to‘xtab oldi. So‘ng cho‘chibgina yaqinlashdi. Asadbek uni bu 
qo‘rquvdan qutqarish maqsadidi mashina eshigini ochib, o‘tirgan yerida uni qarshiladi. 
— Mahallangizga yo‘lim tushuvdi, g‘alati gapni eshitib qoldim-ku? Singlim, uyni 
sotibsizmi? 
Nasiba titroq barmoqlarini sanayotganday tikilib qoldi. 
— Nega sotdingiz? 
Nasiba Asadbekka qarab oldi. Uning ko‘zlarida g‘azab uchqunini ko‘rmagach, sal 
dadillanib, bir xunuk yigitning pul talab qilgani, keyin bolalarini o‘g‘irlab ketganini aytdi. 
— Shunaqa ekan, nega menga borib aytmadingiz? — dedi Asadbek gina ohangida. 
— Boruvdim, kasal ekansiz, yordamchingiz «biz bunaqa jinoyat ishlarga aralashmaymiz, 
boshqa kelmang», dedilar. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling