Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet154/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
dalolat bergan edi. 
Zohid adolat xususida fikr yuritguday bo‘lsa, bahor faslini ko‘z oldiga keltiradi. «Bahor 
ham, adolat ham beqaror, — deb o‘ylaydi u. — Ularni intiqib kutasan, endi ko‘z quvonib, 
ko‘ngil yashnagan paytda ikkovi ham odam zotiga xoinlik qiladi». 
Zohidning bunday fikr qilishi bejiz emas. Bahor o‘z o‘rnini jazirama yozga bo‘shatgani 
kabi adolat ham chekinib, nohaqlik ro‘parasida ojiz bo‘lib qoladi. Bahor bilan adolatning 
faqat ramziy ma’nodagina o‘xshashligi mavjud. Aslida esa bahorning kelib-ketishi inson 
hukmida, yoki istagida emas, tabiatning o‘zgarmas qonuni ekanini hamma biladi. 
Bahordan farqli o‘laroq, adolat tabiat hukmida emas, balki u inson aql-idroki, 
irodasi, maqsadi yo‘lidagi xatti-harakatiga bog‘liq. Inson bolalari istasalar adolat 
qiladilar, istamasalar — yo‘q. Adolatga yetganlarida suyunadilar, nohaqlik jariga 
qulasalar faryod chekadilar. Kechagi quvonchlarini unutib, «bu dunyoda adolat yo‘q!» 
deb nolalar qiladilar. Shunday onda «Birodar, nohaqlik jari labida o‘zingiz yurdingiz, 
o‘zingiz toydingiz, o‘zingiz quladingiz. «To‘g‘ri yo‘ldan yuring», deyilsa «menga shunisi 
ma’qul» dedingiz. Hadeb jar yoqasida yuradigan kimsa har qancha ziyrak, har qancha 
tiyrak, chaqqon bo‘lmasin, bir kunmas bir kun baribir qulaydi...» deb ko‘ring-chi? 
Zohid bular haqida ko‘p fikr yuritgan. Jinoyat qilib qo‘yib, aybini bo‘yniga olmay «Men 
tuhmatga qoldim», deb zorlanuvchilarni ko‘rganida ularga jar yoqasida yurmoqning 
xavfli ekanini tushuntirmoqchi ham bo‘lgan. Keyinchalik esa bu harakatidan natija 
chiqmasligini bilib, bas qilgan edi. 
Bahorning xush yoquvchi havosidan ko‘ngli yorishgan Zohid hozir bularni o‘ylamas, 
xayoli Hamdam Tolipovning taklifi bilan band edi. Garchi «qornim to‘q», deb taklifni rad 
etsa-da, ma’rakani bir tamosha qilgisi keldi. «Har holda Asadbek akalik maqomida turib 
mehmonlarni kutsa kerak, — deb o‘yladi u. — Asadbek tanigan-tanimagan, ma’rakaga 
taklif etilgan-etilmagan necha yuz to‘q odam ta’zim qilib keladi. Bularning orasida 
qanchasi umrida Mahmud Ehsonovni bir marta ham ko‘rmagan. Lekin oshga kelaveradi. 
«Osh yegani keldim», demaydi, «marhumning hurmati», deydi. Aslida shu oshni yemasa 
ochdan o‘lmaydi. Maqsad — osh yeyish emas, balki Bek akalariga bir ko‘rinish berib 
qo‘yish. Gapdan gap chiqsa, bu niyatni ham tan olmaydilar. «Marhumning hurmati» deb 
tirjayib turaveradilar. Qiziq, marhumning hurmatini osh belgilaydimi? Uch yuz kilo 
guruch damlansa — o‘likning hurmatiga gap yo‘q! Yuz kilo damlansa hurmat sal 
mundayroq, ellik-o‘ttizda esa shunga yarasha. «Yigirma oshi» berilmasa marhumning 
hurmati umuman yo‘q bo‘ladimi?.. Akam o‘lganlarida o‘n besh kilo guruch damlab osh 
damlaganidik. Demak, hurmat ham salkam nol ekanda?..» 
Bu fikr Zohidning o‘ziga malol kelib, peshonasini tirishtirdi. Yurishdan to‘xtadi. 
Esida bor, akasining janozasini o‘qishdan oldin imom bir oz ma’ruza qilib, «Islomda 
yigirma, qirq, yil oshi degan gaplar yo‘q, bid’atlardan qochingizlar», deb ogohlantirdi. 
Har narsaga rozi bo‘laveradigan otasi bu da’vatga ham ko‘ndi. Ammo tog‘asi «Voy 
pochcha, guvala ko‘mganimiz yo‘q-ku, chog‘ingiz kelmasa men beray oshni», deb 
g‘ashga tekkach, mahalla bilan maslahatlashib, o‘n besh kilo osh damlatgan edi. «Sabzi 
to‘g‘rash» degan marosimga kelgan imomni ko‘rib Zohid «O‘sha kuni shunchaki bir 
gapirib qo‘ygan ekan-da», deb o‘yladi. Ammo imom uzatilgan choyni olmagach, gapiga 
diqqat bilan quloq tutgan edi. «Birodar, imomning gapini olmas ekansiz, nima qilardingiz 
janoza o‘qitib?» 
Bu gapni eshitib otasining rangi oqarib ketgan, Zohidning badanida ham g‘alati titroq 
uyg‘ongan edi. 
«Biz bilib aytamiz, bilmasak, salla-choponni sizga o‘xshagan «dono»larga topshirib, 
yelkaga ketmonimizni tashlab jo‘navoramiz. Beradurgan oshingizning mar-humga nafi 
bormi? Nafi bo‘lsa mayli, o‘n besh emas, yuz ellik kilo guruch damlang. «Ehson qilish 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling