Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet156/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
Tushunaman, sendan gina qilmayman. O‘g‘ri-muttahamlar ko‘payib boraversa sen 
bilan uchrashish tobora qiyinlashaveradi. Qara-ya, bu yerda ham matematik yechim bor. 
Zohid ustozining ro‘parasiga o‘tirgach, xotini choyni yangilab keldi-da «kutaverib lanj 
bo‘lib ketgan palovni» olib kirishga ruxsat so‘radi. 
Osh chindan ham lanj bo‘lgani sababli ko‘p yeyilmadi. 
— Ishdan bo‘shaganimni bilasan, — dedi Habib Sattorov qoshiqni chetga surib. 
— Maskovga ketib qoldingizmikin, devdim, — Zohid shunday deb o‘rnidan turdi-da, 
laganni olib, ostonada paydo bo‘lgan xotiniga uzatdi. Habib Sattorov xotinning «voy, 
yemabsizlara, domla», degan lutfiga e’tibor bermay: 
— Shunaqa fikr ham tug‘ilgan edi. Keyin bu kalladagi formulalarini nari surdim-da
odamga o‘xshab o‘yladim, — dedi, so‘ng kulimsirab davom etdi: — Ha, olimlik libosidan 
chiqib, besh daqiqa rosmana odamga aylandimu o‘yladim. Kimga o‘xshab o‘yladim, 
bilasanmi? Ukamga o‘xshab fikr yuritdim. Rahmatli meni ko‘p tanqid qilardi. «Hayot 
faqat ilmdan, formulalardan iborat emas», dedi. Shunaqa derdi-yu, lekin jinnixonada 
yotganida o‘zi hayot formulasini kashf qilibdi. Senga aytganmidim? 
— Haqiqat nolga tengmi? 
Qoyilman, esingda ekan. Lekin bu aksioma emas, bu... shunchaki uning taxmini. Men 
badbin odamning taxmini deganman. Mening institutdan haydalishim haqiqat nolga 
tengligining isboti emas. Hatto ukamning o‘limi ham formulasining to‘g‘riligini 
anglamaydi. Bular — kichik shaxsiy fojialar sanaladi. Haqiqat esa oliy tushuncha. 
— Atom zarralarining birlashishi-chi? 
— Sen bunaqa chuqurlashma. Sen mening arazlab Moskvaga ketib qolishimga 
ishongansan, yana boshqa odamlar ham ishonishgan. Lekin men o‘yladim: «Sen 
kimsan?» deb o‘zimga o‘zim savol berdim. «Seni kim o‘qitib, odam qildi? Kim qorningni 
to‘yg‘azdi? Dalada zaharli tuproq yalab mehnat qilayotgan dehqonning hisobidan o‘qib, 
shu darajaga yetding. Nega endi to‘plagan bilimingni o‘sha dehqonning farzandiga emas, 
Moskvadagi yoki Londondagi bir ta’viyaga berishing kerak?» dedim. Ha, gaplarimdan 
gazetaning hidi kelyaptimi? Yo‘q, sen bunaqa ajablanma. Men rostdan ham shunday 
o‘yladim. O‘yladim-da, ro‘paramga bir masala qo‘yib, uni yechdim. Buning uchun eng 
avval o‘zim o‘qigan maktabga bordim. Matematika, fizika muallimlari shu darajada 
qoloqki, yig‘lab yuboray dedim, ishon. Men o‘qigan davrdagi saviya qanday bo‘lsa, 
o‘zgarishsiz turibdi. Hatto, nazarimda saviya nolga qarab og‘ganday tuyuldi. Qara, yana 
zamonga nisbatan teskari proportsionallik. Fan rivoji qay darajadayu, maktabdagi saviya 
qanday tubanlikda. Bolalar Bernullini yoki Eynshteynni bilmasa chidash mumkindir. 
Lekin Xorazmiyni bilmaydi, Farg‘oniyning nomini umuman eshitishmagan. Maktabda 
o‘qiyotganimda men ham shunday edim. Bolalarim ham shunday bo‘lsa, nabiralarim 
ham shu tubanlikda qolaversa, Londonga borib ma’ruza o‘qiganimdan nima foyda? Yana 
qancha avlod chala ilmga qanoat qiladi? Xullas, shu tariqa men masalaning eng to‘g‘ri 
yechimini topdim. Qanday, deb so‘ramaysanmi? Mening darslarimda savolga tutishni 
yaxshi ko‘rarding-ku? 
— Savol beraman, avval masalaning mohiyatini tushunib olay.
— Mohiyatni tushunish qiyin emas. Ozgina tuyg‘u bo‘lsa kifoya ekan. Bilmadim, bu 
tuyg‘u menda qaydan paydo bo‘ldiykin? Yo ukam o‘lib, tuyg‘usi menga meros sifatida 
ko‘chdimikin? Ruhshunoslarda shunaqa taxminlar ham bormikin, bilmaysanmi? 
— Shunga yaqin gapni eshituvdim. Qaysi bir din aqidasiga ko‘ra odam o‘lsa ruhi 
hayvonlarga ko‘char- kan. 
— E, yo‘q, bu gaping o‘tmaydi. Ukamning ruhi hayvonlarga ko‘chadigan ruhlardan emas. 
Har holda o‘zimga ham g‘alati tuyulgan tuyg‘u bilan masalani yechdim: hozir maktabda 
o‘qituvchi bo‘lib ishlayapman. Bir-ikki og‘aynilarim meni hatto telbaga chiqarishdi. Nima, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling