Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet159/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
«Bir mamlakatning odil va dono podshosi qarilik yoshiga yetgach, taxtni o‘g‘liga 
topshirib debdiki: 
— Ey ko‘zimning nuri, umidim chechagi, bu obod mamlakatni senga topshiryapman, aql 
bilan ish yuritgin va uning xorlanishiga yo‘l qo‘yma. Men mamlakat boyligidan tashqari 
o‘zimning boyligimni ham senga topshiraman. To jonim bor ekan, sen bu xazinaning bir 
misqoliga ham tegmagin. Ollohning huzuriga jo‘naganimdan so‘ng bu xazinani ochasan-
da, miskinlarga ulashib chiqasan. Toki ularning duolaridan ruhim bahramand bo‘lgay.
O‘g‘il ham ota kabi dono ekan. Mamlakatni yaxshi boshqarib, yurtni yanada obod qilib 
raiyat duosini olibdi. Ammo uning bir odati bor ekanki, na saroy ahli va na shahar ahli 
tushunarkan. Biron bir kishining «Ey podshohim, bu qilig‘ingizni tushunmoqqa aqllarimiz 
qosirlik qilyapti, bizga buning ma’nosini anglatib qo‘ying», demoqqa yuragi betlamas 
ekan. Vaqtiki kelib, keksa podsho sobiq va sodiq mulozimlarini chorlab, o‘g‘lining hol-
ahvolini so‘raganida ular yurak yutib, voqeani bayon qilgan ekanlar. O‘g‘lining qilig‘idan 
hayratlangan podsho darhol uni chorlatib, bu harakatning ma’nosini so‘rabdi. O‘g‘il 
farzandlik burchiga rioya qilgan holda debdiki: 
— Otajon, siz menga xazinangizni vafotingizdan so‘ng xalqqa ulashishni vasiyat qilib 
edingiz. Rosti men bu amrni bajarmoqqa majbur bo‘lganim tufayli sizga e’tiroz 
bildirmoqqa jur’at etmadim. Ammo har tun shaharga chiqqanimda fonus-chiroqni 
oldinda emas, orqa tomonda olib yurmoqni amr etdim. Sababki, vafotidan so‘ng ehson 
ulashmoq qora tunda chiroqni orqa tomonda yoritib bormoq kabi emasmi? Orqa 
tomondagi fonus yorug‘idan yo‘lovchiga na foyda, oldinda yoqib bormoq afzal 
emasmikin? 
Ota o‘g‘lining bu tadbiridan quvonib, xazinani o‘zi ulashgan ekan.
Qissadan hissa: bizning tarix qatlarida yashirinib yotgan qancha boyliklarimiz bor? Ularni 
xalqqa qachon ulashamiz? Fonusni old tomonda yoqib, yorug‘ yo‘l ko‘rsatish kuniga 
qachon yetamiz? Xolidiylar chiroqni oldinga olishga yo‘l qo‘yisharmikin?» 
«Bir kar odamning ho‘kizi yo‘qolib qolibdi. Ko‘chada qidirib yurib yana ham karroq 
odamga duch kelibdi. Ittifoqo bu odam ertalab eshak topib olgan ekan. Kar odam ho‘kizi 
yo‘qolganini aytib, uning shoxlari-yu, dumlarining ta’rifini keltiribdi. Karroq odam unga 
javoban: 
— Ha, to‘g‘ri, men eshagingni topib qo‘yganman, suyunchini berginu olib ketaver, — 
debdi. 
Kar odam esa yana ho‘kizining ta’rifini qilaveribdi. Shu holda gap talashib turishganda 
eshagiga bir juvonni mingashtirib olgan oqsoqol ko‘rinibdi. Qarangki, oqsoqol ulardan-da 
karroq ekan. Yo‘lni to‘sib, biri ho‘kiz, biri eshak haqida tinmay gapirayotgan odamlarga 
qarab «Xotinni olib qo‘yishmoqchi shekilli», deb o‘ylab: 
— Yaqinda xotinim o‘ldi. Bu juvon begona emas, xotinimning cho‘risi edi, — debdi. 
Xullas, uchovi uch xil gapirib, bahslashib, haqiqat istab qoziga kelibdilar. Xudoning 
qudratini qarangki, qozi ulardan battar kar ekan. Ramazon oyi yaqinlashib qolgan, agar 
yangi oy ko‘rinsa nog‘oralar chalinib, elga ma’lum qilinishi kerak edi. Qozi ularning 
tinmay, bir-birlariga gap bermayotganlaridan «Ha, ular yangi oy chiqqanini ko‘rishibdi-
da», degan qarorga kelib, xizmatkorlariga buyuribdi:
—Hoy, nog‘oralarni chalinglar, ertaga sahardan ro‘za! 
Qissadan hissa: Bizning barchamiz kar bo‘lib qolganmiz. Birimizning gapimizni 
ikkinchimiz anglamaymiz. O‘zimizning karligimiz kamlik qilganday tariximizni ham soqov 
qilib qo‘yganmiz. Biz tarixning tiliga kishan urganmiz. O‘zimizga kerak paytida kishanni 
yechib, gapirtiramiz, keyin esa yana mahkamlaymiz. Shunaqa paytda karligimizni ham 
unutamiz. «Eng kichkina ilmiy xodim» mening bu fikrimni qo‘llamadi. «Tog‘da bir keksa 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling