Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet162/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
— Bek aka, kechirasiz, sizdan bir narsa so‘ramoqchiydim. — Kuyov Asadbekdan «Nima 
gapingiz bor, aytavering», degan sado kutdi. Asadbekning norozi qiyofasidan bunday 
lutf qilinmasligini anglab, maqsadini aytishga shoshildi: — Bek aka, uch kundan keyin 
uyni bo‘shatishsin debsiz? 
— Uyning xo‘jayini men emasman. Qaynotangning hohishi shunaqa bo‘lgan. Uch kunni 
men qo‘shib berdim.
— Bek aka, biz qayoqqa boramiz, bola-chaqa bilan kimnikiga sig‘amiz? 
Zorlanish bilan aytilgan bu gapdan Asadbekning g‘ashi keldi. «Senam erkakmisan!» deb 
tupurmoqchi bo‘ldi. Darvoza og‘zida turgan To‘xtaxon bilan Jalilga ko‘zi tushib, o‘zini 
bosdi-da: 
— Qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yoqqa borasan, — deb orqasiga o‘girildi. Asadbekning 
odatini bilmagan kuyov nodonlik qilib yana gapirdi:
— Bu uyda To‘xtaxonning ham haqqi bor. 
Bir qadam qo‘ygan Asadbek bu gapni eshitib to‘xtadi-yu, ammo uning basharasiga 
qarashni, bir nima de-yishni istamadi. Yo‘lida davom etib, yana uch qadam qo‘ygach, 
orqadan To‘xtaxonning ovozini eshitdi: 
— Asad aka, to‘xtang, orani ochiq qilib keting. 
Asadbek to‘xtab, yarim o‘girildi-da, juvonning yonida turgan Jalilga qarab: 
— Bularga tushuntirib qo‘y: to‘rt tomonlari qib-la, — dedi. 
Yuringlar, buni keyinroq gaplashamiz, hozir mavridi emas, — dedi Jalil, ziddiyatni 
yumshatish maqsadida. 
— Yo‘q, — dedi To‘xtaxon bo‘sh kelmay, — otamning uyiga bu odam nega xo‘jayinlik 
qiladi? Sadir sariqqa rahmlari kelsa, ana o‘zlarining uylari bo‘m-bo‘sh, xangillab yotibdi, 
bersinlar. 
Asadbek unga g‘azab bilan tikildi-yu, bir yutinib qo‘yib, teskari qaradi. 
— To‘xta bo‘ldi, yur, bu ishga Asad akangning dahli yo‘q, u sira aralashmagan, bu 
adangning vasiyatlari. 
— Vasiyat bo‘lsa qog‘oz ko‘rsatsinlar. 
— Bo‘ldi qil-e, buncha shang‘illaysan! — Jalil jerkib, juvonning yengidan siltab tortdi: — 
Bor, uyga kir. 
To‘xtaxon Jalilning amriga bo‘ysinib orqasiga o‘girilishga o‘girildi-yu, ammo tilini tiymadi: 
— Qorinlari to‘yib qolgan bularning. Adamning nonlari bo‘lmaganida qirilib ketishardi... 
Ming‘irlab aytilgan bu so‘z o‘qlarining barchasi Asadbekning yuragiga sanchilib, qalqitib 
yubordi. Jalil epchillik qilib o‘rtaga tushmaganida To‘xtaxon shart o‘girilgan Asadbekning 
tepkisini yeb qolishi tayin edi. 
— Past ketma! Bular pastkash, sen ularga teng kelma! — deb baqirdi Jalil. 
Asadbek g‘azabini yutib, o‘girildi-da, bu safar tez-tez yurib ketdi. Mashinaga o‘tirgach, 
Halimjonga: 
— Akangni chaqir, — deb buyurdi. Jalil kelgach: — Uch kundan keyin bularni shaharda 
ko‘rmay, ko‘rsam, uvoli sening bo‘yningga, — dedi. Keyin Jalilga bir so‘z aytishga ham 
fursat bermay Halimjonga «Hayda!» deb buyurdi. 
Har nechuk To‘xtaxon bilan kuyov bolaning taxti bo‘lmasa-da, baxti bor ekan. Chol 
bundan ikki-uch oy avvalroq qaytish qilib, bu mojaro o‘shanda yuz berganida ikkovining 
sho‘ri yomon qurirdi. Hozir Jalilning zimmasiga yuklangan vazifa Kesakpolvonga yoki 
Chuvrindiga aytilardi. Shunda ijro ham boshqacharoq bo‘lardi. Asadbek g‘azablangan 
kezlari Kesakpolvonga qay tarzda, qay ohangda amrlar qilgan bo‘lsa, hozir o‘zi bilmagani 
holda aynan shu ohangda buyurdi. Mashina bir oz yurib, o‘zi sal hovurdan tushgach, 
«Jalilga bunaqa deyishim kerakmas edi. Baribir eplolmaydi. Lekin gapni ko‘paytirib 
yuboradi. «Shaharga xo‘jayin bo‘lsang ham bunaqa qilishga haqqing yo‘q,» deb 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling