Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet161/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
nima farqi bor?» 
O‘g‘lidan bu rivoyatni eshitgan podsho achchiqlanibdi-da: 
— Demak, seningcha boylik to‘plab, saqlash shart emas ekan-da? — debdi.
— Boylikka ega bo‘lmaslik yomon, boylikka ega bo‘la turib undan oqillik bilan foydalana 
olmaslik undan-da yomonroq,— deb javob qilgan ekan dono shahzoda. 
Qissadan hissa: Tarix oltindan qimmat boylikdir. Biz o‘z oltinlarimizni ko‘mib qo‘yganmiz. 
Ovrupolik olimlar esa uni olib istaganlaricha istifoda etyaptilar. Oltinlarimizdan 
foydalanish o‘zimizga ham nasib etarmikin?..» 
Zohid bu yozuvlarni o‘qib, o‘ylanib qoldi. Ko‘z oldiga Anvar keldi. Oxirgi uchrashuvlarida 
Anvar «Jamshidning o‘limi bilan shug‘ullanadigan odamga tayinlab qo‘ying: Elchindan 
gumon qilib yurmasin, ig‘volarga uchmasin, Asadbekdan har baloni kutish mumkinda. 
Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotar ekan, ko‘zi ochiqlar ikki marta yo‘qotmasin tag‘in...» 
degan edi. Elchin otildi, Jamshid esa tirik, Anvar o‘zini osdi... «Asadbekdan har baloni 
kutish mumkin...» Zohidga bu uch taqdir iplarida bir bog‘liqlik borday tuyuldi. Lekin 
qancha o‘ylamasin, fikrlarini jamlay olmadi. 
«Ikki marta jinnixonaga tushgan. Ikkinchisida o‘zini osgan... — deb o‘yladi u. — 
Shunday aqlga ega odam jinnixonada o‘zini ossa, nima bu, aqllilik balosimi?..» 
Zohid bu savolga javob topa olmadi. 
XIII b o b 
1 
Jalil «Shorasul aka ikkovimizni o‘z o‘g‘liday ko‘rar edi, bel bog‘lamasak ham borib 
turaylik», dedi. Asadbek o‘rtog‘ining donoligidan g‘ashi kelib «Ehtiyot bo‘l, aqling oshib-
toshib ketmasin», demoqchi bo‘ldi-yu, «Gap talashish fursati emas», degan fikrda tilini 
tiya qoldi. 
— Bir narsaga e’tibor bermagan ekanman, bugun aqlimga kelib qoldi, — dedi Jalil 
mashinaga o‘tirgach. Asadbek «Yana nimaga e’tibor bermabsan?» degan ma’noda unga 
qarab qo‘ydi. 
— Shorasul aka ota ulfatdan oxirgilari ekanlar. Adalarimizning oshnalari tamoman o‘lib 
bitdi. Eng ko‘p yashagan shu Shorasul aka ekanlar. Eng uzoq umr ham, eng og‘ir hayot 
ham shu Shorasul akaga atalgan ekan. 
— Bunaqa uzoq umr bergandan ko‘ra Xudo ikkita o‘g‘il bera qolsa yaxshi edi. 
— Sen unaqa dema, Xudoning ishlariga aralashma, tavba qil, — dedi Jalil. 
— Xudoning ishlariga aralashayotganim yo‘q. Shu odamning ikkita o‘g‘li yashab qolsa, 
yaxshi bo‘lardi, deyapman. Senga o‘xshagan kindigini o‘zi kesadiganlardan bo‘lsa ham 
mayliydi. 
Bu gapni eshitib Halimjon ko‘zgu orqali orqaga qaragan edi, baloga qoldi. Jalil: 
— Sen bola menga emas, yo‘lga qara, — deb jerkib berdi. 
Shorasul akanikiga borishgach, Jalil keldi-ketdi bilan ovora bo‘ldi. Asadbek ko‘rpacha 
to‘shalgan o‘rindiqdan joy oldi. Shorasul akani ko‘mib kelganlar uzoq o‘tirmay, 
tarqalishdi. Fotihachilar ham kam keldi. Asadbek siqilib, bir soatga arang chidadi. 
O‘rnidan turib, «ketyapman» degan ma’noda Jalilga imlab qo‘ydi. Uch-to‘rt qadam 
qo‘ymay To‘xtaxonning eri chaqirdi. Asadbek janozada paydo bo‘lganidan beri kuyov u 
bilan gaplashishga fursat izlardi. Asadbek uning besaranjom ko‘zlaridan maqsadini 
anglagan edi. U chaqiriqqa binoan to‘xtab, g‘ashlangan holda o‘girildi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling