Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet163/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
boshlarimni og‘ritadi hali. Buni Jamshidga buyurishim kerak, imi-jimida to‘g‘irlaydi», deb 
qo‘ydi. 
Asadbek o‘zicha haqiqat yo‘lida bir ish qilib qaytayotgan edi. Ilgarilari ham biron bir 
masala xususida hukm chiqarsa, yoinki biron bir kishining taqdirini hal etsa «Ish haqiqat 
yo‘rig‘icha, vijdonan bo‘ldi», deb hisoblardi. Ammo ko‘p hollarda u yanglishardi. Chunki 
u haqiqat degan narsa aslida haqiqat emas, to‘g‘rilik degan narsa to‘g‘rilik ham emasdi. 
U vijdon deb hisoblaydigan narsa aslida insoniy vijdon emasdi. Chunki zulm bilan vijdon 
bir tanada, bir qalbda yashay olmasligi oyday ravshan. 
Bu safargi zulmga Asadbekni ayblamoq insofdan emasdir. Chunki bu zulmni To‘xtaxon 
bilan kuyovning o‘zlari befarosatsizliklari tufayli sotib oldilar. Ular haqlarini talab qilib, 
nohaqlikning achchiq suvini ichib, qiynalishga erishdilar. Agar oradan uch kunni o‘tkazib, 
keyin «Mayli, otamning vasiyatlariga qarshi bormaylik, uyga da’voyimiz yo‘q, lekin bola-
chaqamiz bilan ko‘chada qolmaylik», deyishganida masalaning boshqacha hal bo‘lishi 
aniq edi. 
Insonni har baloga giriftor etuvchi til bir oilani boshpanasiz qoldirdi. 
Asadbek uyiga ana shu ko‘ngilxiralik bilan qaytdi. Avval o‘g‘illari, so‘ng kelinlari chiqib 
salom berishgach, bu g‘ashlik bir oz ko‘tarilgandek bo‘ldi. Ayniqsa kelinlarning shirin 
talaffuzda so‘zlashishlari, salomni ham dilni erituvchi ohang bilan berishlari Asadbekning 
qorong‘u ko‘nglini yoritguvchi chiroqdek edi. Kelinlaridan shodlanishi barobarinda 
«shunday ajoyib qizlarni uzoq, notanish yurtga uzatgan qudalaridan ajablanardi. 
Zaynabni uzatganida necha kun bir narsasini yo‘qotgan odam kabi garangsib yurgan edi. 
Zaynabi shundaygina qanoti ostida, istagan onida ko‘rib, sog‘inch dardiga malham 
topishi oson edi. Qudalari qanday chidashayotgan ekan? 
Janozadan qaytgan Asadbek kelinlarining salomidan rohatlandi, ammo bu safar 
qudalarining sog‘inchini o‘ylamadi. Zaynab kasalxonadan qaytgach, Manzura kirib, 
yoshlarning shahar aylanib kelish uchun ruxsat so‘rashayotganini aytdi. Ijozatdan 
shodlangan yoshlar ketishgach, Manzura «ovqatni suzaveraymi?» deb so‘radi. Asadbek 
kelgan mahalida xuddi shu savolga «qornim to‘q» deb javob bergan edi. Bu safar 
Manzuraning ovqatlanishni kutayotganini fahmlab, ishtahasi bo‘lmasa-da, «hozir 
chiqaman, suzaver», dedi.
Xotinining ra’yini qaytarmaslik uchun qozonkabobdan kichikroq bir qovurg‘ani olib ermak 
qildi. Manzuraning ishtahasi ham erinikiga bog‘liq edi. Asadbek ishtaha bilan ovqatlansa
u ham ko‘ngli tusaganicha yerdi. Bu safar ham odati kanda bo‘lmadi, qo‘lga olingan 
qovurg‘aning yarmi ham yeyilmadi. «Sen yeyaver, qornim to‘q», degan da’vatga 
«Bolalar bilan yedim», degan yolg‘on javob ovqatlanish jarayoniga yakun yasay qoldi.
Asadbek qo‘lini sochiqqa artgach, Manzura choy qu-yib uzatdi-da: 
— Qamar aka chiquvdilar, — deb «nimaga chiqqanlarini aytaveraymi?» deganday savol 
nazari bilan qaradi. 
— Tinchlikmi, nimaga chiqibdi? — deb so‘radi Asadbek. 
— Sizda maslahatli ishlari bor ekan. 
— Senga aytmadimi? 
— Bir uchini chiqarganday bo‘ldilar. 
— Qani, sen ham o‘sha uchini chiqar-chi? 
— Uyni sotishmoqchimishmi? 
— Nega? 
— Uchta o‘g‘ilni uyli-joyli qilishga qiynalishayotganga o‘xshashadi. Kenjalarini uylay 
desalar ortiqcha xona yo‘q. Hukumatning uylaridan ikki xona-ikki xonali qilibmi sotib 
olishsa kerak. Samadingiz gaplashayotgandi. Qamar aka hamma dardlarini unga 
aytgandirlar, xotin kishiga aytarmidilar. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling