Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
171 bamaylixotir o‘tiraverdi. Tarsaki urgan yigitning ikki sherigi davradagi erkaklarning orqasiga o‘tishganida juvon: — Bular bilan birga ishlaymiz, bugun mening tug‘ilgan kunim edi, — deb ularni himoya qilmoqchi bo‘ldi. Yigit o‘rnidan jilishga, ayolni himoya qilishga urinmayotgan erkaklarga qaradi-yu, sheriklariga «urlaring», deb imlamadi. Juvonning bilagidan mahkam ushlab, barmog‘idagi uzukni tortib oldi. Keyin «soatni yech!» deb buyurdi. Juvon titroq barmoqlari bilan soatni yechib uzatgach, yana tarsaki yedi. Bu safar zarba qattiqroq bo‘lgani uchun qalqib ketdi. Yigit uni yana urmoqchi bo‘lib xezlanganida oshxona tomondan yugurib chiqqan xizmatchi oraga tushib, unga nimadir dedi. Yigit shu onning o‘zida shashtidan tushib, Asadbek tomonga qarab oldi-yu, shoshqich ravishda iziga qaytdi. Urushga shay turgan sheriklari nima voqea yuz berganini anglamay taajjub bilan unga ergashdilar. Bu tomosha Asadbekka yoshlik yillarini eslatdi. Restoranga kirgan paytlarda Kesakpolvonning shunaqa qilig‘i bo‘lardi. Ba’zida o‘ziga yoqqan juvonga ega chiqishni istab qolardi. Ko‘cha-ko‘ydami yoki bozordami ovi yurishmagan kezlari esa restoranga o‘ynashlari bilan kirganlarni shilib olish harakatini qilardi. Restoran, mehmonxona atroflariga in qo‘ygan fohishalarning ko‘pini yaxshi biluvchi Kesakpolvon xuddi hozirgiday tamoshani ko‘rsatardi. Kesakpolvon bilan til biriktirgan fohisha bir-ikki tarsaki yerdi-yu, keyin ulushni olgach, mukofotiga uning to‘shagini obod qilardi. Asadbek, o‘sha kunlarni eslab «bu tamosha hozir ham bor ekan- da», deb o‘yladi. Dasturxon shohona ko‘rinish olgach, muovin yana ta’zim bilan paydo bo‘lib, shishalarning qopqog‘ini ochmoqchi bo‘ldi. — Ochma, — dedi Asadbek. — Odamdan aziz bo‘libdimi, Bek aka. Tabarruk qilib bering, o‘zimiz otamiz, — Muovin shunday deb turib qadahlarga konyak quydi. Asadbek uzatilgan qadahga qo‘l uzatmagach, nima qilishini bilmay noqulay ahvolga tushdi. Asadbekning: — O‘zing ich, — deyishi uni bu ahvoldan qutqardi. Qadahni Bek akasining sog‘lig‘i uchun ko‘tarib, yana oshxonaga qaytdi. Ko‘p o‘tmay ikki kosada manpar keldi. Asadbek xotiniga «ko‘rdingmi, bularni», degandek qarab, istehzo bilan jilmayib qo‘ydi, biroq, qo‘liga qoshiq olmadi. Manzura ham «endi bu yog‘i nima bo‘larkin» deb harakatsiz o‘tiraverdi. Manpar sovushga ulgurmay toboqi jo‘ja ham keltirilib, yoqimli hidi ishtahani qitiqladi. Ana shundan keyin Asadbek cho‘ntagidan pul chiqarib sanagach, dasturxon ustiga tashlab ustiga kon’yak shishasini bostirib qo‘ydi-da, o‘rnidan turdi. Asadbekning bu qilig‘idan talvasaga tushgan muovin: — Bek akajon, bizni uyaltirmang, — deb yalindi. — Haligi yigitlarni taniysanmi? — deb so‘radi Asadbek uning gapiga parvo qilmay. — Birinchi ko‘rishim... tanimayman, — dedi muovin dovdirab. — Cho‘tal berishmaydimi senga, shunaqa laqmamisan? Ertaga Jamshid degan yigit keladi, o‘sha bolalar shu yerda bo‘lishsin. Kuzatib chiqqan muovin ularning piyoda ketishayotganini ko‘rib ajablandi, lekin «mashina chaqiraymi?» deyishdan qo‘rqib, indamay turaverdi. 2 Ertalab Asadbek nonushta qilib bo‘lgach, Manzura to‘ydan gap ochdi: — Mahmudning qirqi o‘tgandan keyin deganman-ku? — dedi Asadbek unga javoban. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling