Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet179/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
Formadasiz akam, formadasiz, bitta chaqib olmasangiz ko‘ngil tinchimaydi, a? — dedi 
Kesakpolvon o‘zini hushchaqchaq tutishga intilib, keyin Asadbekka o‘girildi: — bo‘ldi, 
kuzatma, shu yerda xayrlashamiz. 
U ko‘chaga chiqib ketgunicha ikkovlari ham izidan qarab turdilar. 
— Uyingda pashshaxo‘rda bo‘lmasin, devdim-ku, aytmovmiding? — dedi Jalil uning 
qorasi o‘chgach. 
— Men ham senga «bu bilan o‘chakishma, sassiq gaplaringni yig‘ishtir», devdim shekilli? 
— Asadbek o‘rtog‘ining tanbehiga tanbeh bilan javob berib, uni ichkariga boshladi. 
Jalilning dasturxon ustidagi pulga qarab qo‘yganini sezib taxlamni olib ko‘rpacha ostiga 
qo‘ydi. 
— Tinchlikmi o‘zi, nega sening obro‘ying uning obro‘yi bo‘lib qoldi? — dedi Jalil to‘rga 
chiqib joylashgach. Asadbek javob o‘rniga «qo‘yaver uni», deganday jilmayib qo‘ya 
qoldi. Manzura kirib dasturxon ustini sarishta qilib chiqib ketgach, Jalilning donoligi tutib 
gap boshladi: 
— Bitta shaharda ikkita imom-domla bo‘lgan ekan It bilan mushuk murosa qilsa 
qilarkanki, bular ittifoq bo‘la olishmas ekanlar. Ulardan bittasi senga o‘xshagan marjavoz 
ekan. O‘shanisi bir kech o‘ynashi bilan qo‘lga tushib, zindonga solinibdi. Bundan xabar 
topgan ikkinchi imom-domla uning xotiniga borib voqeani tushuntiribdi. Oh-voh qilgan 
xotinni tinchitib, zindonga boshlab kelibdi. Zindonbonning jig‘ildonini moylab, ovqat 
berish bahonasida xotinni erining yoniga kiritibdi, o‘ynash esa xotinning chodiriga o‘ralib 
zindondan chiqibdi. Ertasiga ertalab marjaboz imomni qozining oldiga olib kelishibdi. 
Qozi uni toshbo‘ron qilishga hukm qilaman, deb turganida ikkinchi imom «Qozi pochcha, 
odam o‘z shar’iy xotini bilan qo‘shilsa ham zino hisoblanadimi, shunga jazo o‘limmi?» 
debdi. Qozi xotinni chaqirtirib qarasaki, imomning gapi to‘g‘ri. U mirshablarni so‘kib, 
urishibdi, marjabozni esa ozod qilibdi. Shunda marjaboz xaloskoridan: 
— Meni ko‘rarga ko‘zing yo‘q edi, nega qutqarding? O‘lib ketsam o‘zingga yaxshi 
emasmidi? — deb so‘rabdi. 
O‘shanda xaloskori: 
Sen ham imomsan, men ham. Agar sening buzuqliging isbotini topsa, odamlar orasida 
«imomlarning hammasi ham shunaqa», degan tushuncha tarqaladi. Men sening 
hayotingni emas, o‘zimning obro‘yimni saqlab qoldim, — degan ekan. Shunga o‘xshab 
kessaging obro‘yini senga yuklayaptimi? 
— Be, unda obro‘ degan narsa bormi o‘zi? 
— Bo‘pti, tilimni qichitma, qo‘y o‘sha so‘xtasi sovug‘ingni. Bo‘ladigan gapingni gapir, 
nega chaqirtirding, tushingga kirdimmi? 
— Tushimga kirsang qo‘rqqanimdan lablarimga uchuq toshardi. Aka bo‘lib o‘zing 
maslahatga kelmasang, chaqirtiraman-da. Mening to‘yimga kim bosh bo‘lishi kerak? 
—Hali men to‘yboshimanmi? Tuzuk, odam qatoriga qo‘shilib qolibman-da, a? Tur, 
xotiningni chaqir. 
— Avval o‘zimiz maslahatni pishirib olaylik. 
— Maslahatni Manzura bilan birga pishiramiz. Sen ikkita o‘g‘il tug‘dirib qo‘ydim, deb 
boyvachcha bo‘lib kerilib yurgansan. O‘g‘illaringni Manzura odam qildi. Mana endi to‘y 
uning ko‘ngliga qarab bo‘ladi. Chaqir. Gapimga ko‘nmasang, ana, kessagingni to‘yboshi 
qilib tayinlaginu o‘shaning bilan maslahatni pishiraver. 
— Obbo... chumak ari ham senchalik jizzillatmay-di,— Asadbek shunday deb tobelik 
bilan o‘rnidan turdi. O‘tirgan yerida «Onasi!» deb baqirib chaqirmay o‘rnidan turganini 
ko‘rgan Jalil «suyak-suyagiga qadaladigan qilib gapiribman-da», deb o‘zidan o‘zi 
quvondi. 
Maslahat deganlari uncha cho‘zilmadi. Jalil Manzuraga «To‘y sen istagancha bo‘ladi», 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling