Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet178/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
o‘yladi-yu, ammo tili boshqa gapni aytdi: 
— Yaxshi. Avval so‘rab-surishtirib bir qarorga kelavergin-chi... Endi senga maslahatim: 
bir gap bo‘lsa oson qutulib ketish yo‘lini ham hisobga ol. Bu idoramizda hisobini olmagan 
edik, qopqonga tushgandek o‘tirardik. Zamon bizga tinch edi, bilinmadi, xavotirimiz yo‘q 
ham edi. Avvalo Xudo asrasin-u, lekin ehtiyotini o‘ylab qo‘y. 
Bunday jo‘yali maslahatni ayamay aytishiga asosiy sabab: oyog‘i ostidagi tikonni 
ko‘rmay qadam bosuvchi sobiq a’yonini hukumat ta’qibidan asrash edi. Agar 
Kesakpolvon nodonlik qilib shu tikonni bossa, hukumat tuzog‘iga ilinsa, Xongirey «Ha, 
o‘zi ahmoq ekan», deb qo‘ymaydi, aksincha Asadbekdan ko‘radi. Fursatdan foydalangan 
Asadbek bu maslahati bilan yana nishonga urdi: mehribon do‘st libosini hali 
yechmaganini, unga nisbatan dushmanligi yo‘qligini bildirib qo‘ymoqchi edi. Kesakpolvon 
maslahatni sobiq xojasi istagan tarzda qabul qilib, iyib ketdi: 
Bu gapingda jon bor, — dedi u. — O‘rni kelib qoldi, endi yana bitta maslahating 
kerak Mahmudning bollariga javob berib yuborsammikin? Bu yoqda Hosilning bollari 
ham laqillab yurishibdi. Shunga nima deysan? 
Asadbek sobiq a’yoniga sinovchan tikildi: «Ularga qo‘shib menga sodiq yigitlarning ham 
dumlarini tugarsan?» dedi uning ko‘zlari. Kishining ko‘ziga qarab dilidagini bilib olish 
qobiliyatidan mahrum Kesakpolvon «savolim kutilmagan bo‘ldi, oshnamni qiynab 
qo‘ydi», deb o‘yladi. 
— Dushmanlaring kammi, yana ko‘paytirmoqchimisan? — dedi Asadbek undan ko‘z 
uzmay. 
— Nega unday deyapsan? 
— Bollarni qo‘yib yuborsang, keyin ular nima qilishadi? Bitta zo‘rrog‘i, farosatlirog‘i 
chiqib qolganlarni atrofiga to‘plasa-chi? Hosilboyvachchaning o‘rniga yana o‘ntasi paydo 
bo‘ladi. Keyin bu yog‘i urchib ketaveradi. 
— Sen hamma narsadan cho‘chiyverma. Hosildaqasidan mingtasi menga ro‘para kelsin, 
jig‘ini ezib, dabba qilib qo‘yarman, — Kesakpolvon shunday deb o‘rnidan turdi. 
Katta ketma, — Asadbek boshqa gap aytmay, uni kuzatish maqsadida o‘rnidan turgan 
damda hovlida Jalilning ovozi eshitildi. 
— Akaxon keldilar-ku,— dedi Kesakpolvon piching bilan. So‘ng bir narsani eslaganday 
ostonada to‘xtadi:— Ha, aytmoqchi, yigitlarga bir nima debsanmi? 
Asadbek Kesakpolvonning shu ondagi ustaligiga tan berib, jilmaydi: 
— Meni bo‘ri yermidi... — Bu javob Kesakpolvonni qoniqtirmay, ensasini qotirdi, shu 
sababli Asadbek Manzuraga aytgan gapini qaytardi: — Kelinlik uyda tepadan baqrayib 
turishlari menga yoqmayapti. Sen bilan meni Xudo asrayman, desa shu poyloqchilarsiz 
ham asraydi. Xudoning joniga tekkan bo‘lsak, atrofimizni ikki ming qo‘riqchi bilan 
o‘rasak ham azroil jonimizni sug‘urib olaveradi. 
— Xudoning joniga tegmaslik uchun odam o‘zini ehtiyot qilishi kerak, — tiliga kelib 
qolgan bu falsafasidan Kesakpolvonning o‘zi ham mamnun bo‘lib boshini g‘oz 
ko‘targanicha ayvonga chiqdi-da, gapini davom etdi: — Bu bahonang o‘tmaydi oshna, 
ko‘changga bitta uycha qurdirib poylataman. Dod desang ham, faryod desang ham shu, 
oshnajon. Ildizimiz bittaligini unutayotganga o‘xshaysan. Bilib qo‘y: sening tinchliging — 
mening tinchligim, sening obro‘ying — mening obro‘yim. 
Jalil ayvon zinasidan ko‘tarilayotgani uchun Kesakpolvon gapini tugatib, unga jilmayib 
qaradi: 
— Akaxon, qaynonasi suygan odamsiz-da, sal vaqtliroq kelganingizda billalashib 
qaymoqxo‘rlik qilardik. — Kesakpolvon shunday deb Jalilga qo‘l uzatdi. Jalil noxushlik 
bilan ko‘risha turib: 
— Sen bilan bir-ikki marta hamtovoq bo‘luvdimmi? — deb to‘ng‘illab qo‘ydi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling