Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet177/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
bo‘ladilar. Kesakpolvonning xoinligiga shak-shubhasi qolmagan Asadbekning hukmi 
tayin, faqat ijro uslubi va vaqti aniq emasdi. Aslida Asadbek uchun uning izini quritish 
murakkab muammo emasdi. Yo bittagina o‘q bilan, yo yarim quloch chilvirmi yo bigizmi, 
yoki uch-to‘rt tomchi zahar bilan bu masalani yechishi mumkin, faqat yigitlardan biriga 
ishora qilib qo‘yisa kifoya: Kesakpolvon Xumkallaning taqdiriga sherik bo‘lib ketaverardi. 
Lekin qaymoq yuqi barmoqlarini yalayotgan Kesakpolvonning taqdiri faqat Asadbekning 
hukmiga emas, Xongireyning marhamatiga ham bog‘liq edi. Nas-roniylarning ta’biri bilan 
aytilganda, Xongirey — cho‘qintirgan ota — tutingan o‘g‘lini o‘lim changaliga osongina 
topshirib qo‘ymasligini Asadbek yaxshi bilardi. O‘rtada o‘zining emas, farzandlarining 
taqdiri garovda ekani uni har qanday ochiq hamladan tutib turardi. U «tutingan 
o‘g‘il»ning «cho‘qintirgan ota» qo‘lidan o‘lim topishini istardi. Buning uchun esa fursat 
kerak. Ana shu fursat ichida barmoqlarini yalab, chapillatib chaynab g‘ashiga tegish 
nima ekan, yelkasiga chiqib olib, tahorat ushatib yuborsa ham chidaydi. Bosh-qa iloji 
yo‘q. 
Oshnasining payt poylayotganini sezib yurgan Kesakpolvon Asadbekning sodiq 
yigitlaridan hadiksirardi-yu, zarbaning Moskva tomondan kelajagini taxmin ham 
qilmasdi. 
Kosa bo‘shab, qaymoq yuqlari barmoqlar vositasida yalangach, choy quyilib, xo‘rillatib 
ichildi-yu, bir tomonning nafsi orom oldi, ikkinchi tomonning esa ko‘ngli aynidi. 
Kesakpolvon barmoqlari, so‘ng labini sochiqqa artgach, yon cho‘ntagidan pul chiqarib 
Asadbekka uzatdi. Asadbek pulga qo‘l uzatmadi, «nima bu?» deb so‘ramadi ham. 
— Restorandagi ziyofatning haqqini tashlab ketgan ekansan, — deb izoh berdi 
Kesakpolvon, pulni dasturxon ustiga qo‘yib, so‘ng yonida turgan gazetaga o‘rog‘lik 
taxlamni ochib bir dasta pulni ko‘rsatdi: — Bunisi suyunchi. Anchadan beri bu restoranga 
kirmay yurib birdan borib qolganingga quvonib ketishibdi. Sening nomingdan ularni 
o‘zim kechirib qo‘ya qol- dim, — Kesakpolvon bu pullarni ham dasturxon ustiga 
qo‘yib, tepasiga sochiq tashladi. — Bugun ikkalamizni ziyofatga chaqirishyapti. Sasigan 
kotletni bergan befarosatning shkalat qizi bor ekan, senga ilinib turishibdi, bir tabarruk 
qilib berarkansan. 
Kesakpolvonning «sasigan kotlet»ni tilga olishi «mensiz yursang kuning shunaqa sassiq 
taomlarga qoladi», degan ma’noda jaranglab, Asadbekning izzat-nafsiga tegdi. Indamay 
o‘tiraverish o‘ziga ham malol kelib: 
— Qizi shkalat ekanmi? — deb so‘radi. 
— Shkalatki, u yoq bu yog‘i yo‘q, — deb ta’rif berdi Kesakpolvon. 
— O‘zing tabarruk qilib bergandirsan? 
— Qo‘ysang-chi, men senga shilta narsani ilinamanmi? Hali soat oltida o‘zim kelib olib 
ketaman. Sen o‘zingni u yoq bu yoqqa tashlab, noz qilma. Bitta do‘xtir aytdi: uzoq 
yashayman degan odam onasi o‘pmagan marjalar bilan muomala qilib turishi kerak 
ekan. Men sening yuzga kirishingni istayman, oshnam. 
— O‘zing boraver, mening ishlarim bor, — Asadbek bu haqda gaplashishni istamaganini 
ma’lum qilish maqsadida butunlay boshqa mavzuga ko‘chdi: — Idorabop joy 
tanladingmi? Kechagi kun xonamizga kiruvdim, meniyam yutvoray deyapti, Mahmudning 
o‘rni bilinib turibdi. 
— Joy qidiryapman, markazdan ko‘ngilga yoqadigani chiqmayapti. 
— Markazga yopishaverma, chetroqdan bo‘lgani tuzuk. 
— Bir-ikkita joyni ko‘z ostiga olib qo‘yuvdim, bir borib ko‘rsang bo‘larmidi? 
«Bu ham bir o‘yin-da. Menga ko‘rsatasan-u, o‘z bilganingni qilasan. Menga ma’qul joyga 
ikki dunyoda kelmaysan. Men orqangdan ergashib yurib, laqillab qolaveraman. Sen esa 
men bilan yaqinligingni o‘zingcha isbot qilgan bo‘lasan, a?» Asadbek shunday deb 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling