Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
173 kelguningizcha bundan yaxshiroq uy-joy qurdirib qo‘yaman. Ammo yon qo‘shnimizning uyini sotib olmaymiz, o‘g‘lim. Nimagaligini bilasizmi? Bilmaysiz. Chunki juda-juda kalta o‘ylaysiz. Hali onangiz «odamlar tillari bilan yuradigan bo‘lib ketishgan», dedilar. O‘sha tili bilan yuradigan odamlar «Asadbek qo‘shnisining mushkulini oson qilibdi», deyishmaydi. «Asadbek — zolim, yon qo‘shnisini chiqishtirmay, siqib chiqarib, o‘g‘liga joy solibdi, erta-indin butun mahallani egallaydi», deb nog‘ora-karnay chalishadi. Shunaqami? Nega indamaysan, gapir? — Ada, kechiring, buni o‘ylamabman. — Ha, ana, endi o‘zingga kelding. Ilmning izidan tushganing yaxshi, lekin hayotning g‘alamis tomonlarini unutishga haqqing yo‘q. Bizga ta’zim qilib, tirjayib turganlarning qo‘llariga qara, sal teskari bo‘ldingmi, panjalarida changallab turgan loyni basharamizga chaplashadi. Germaniyada balki bunaqamasdir, sen ilmni o‘sha yoqda olginu hayotni bu yerda o‘rgan. Tushundingmi? — Tushundim, ada. — Tushungan bo‘lsang, bor, Jalil amakingni olib kel. Uyiga quruq kirib borma, bozorga tushib mayda-chuyda olvol. Abdusamad tobelik bilan o‘rnidan turib chiqib ketgach, Asadbek Manzuraga qarab: — Hamid haliyam uxlayaptimi? — deb so‘radi. — Ertalab turuvdi. Sal mazasi yo‘qroq. — Nima bo‘pti? — Shamollaganga o‘xshaydi, «badanim qaqshayapti» deydi. Asal choy ichirib yotqizdim. — Sen Qamar akani chaqirchi. Manzura amrni bajarish uchun qo‘zg‘olganda Asadbek uni to‘xtatdi-da, «o‘zim chiqa qolaman», deb o‘rnidan turdi. Bu hovli sotib olinib qurilish boshlanayotganida o‘zini o‘zi ishboshi qilib tayinlagan Kesakpolvon shu qo‘shnining hovlisiga ham xaridor bo‘lgan edi. «Hech bo‘lmasa yarmisini soting», degan taklifni Qamariddin «O‘g‘illar birin-ketin yetilay deb turishibdi. Ularga uy qursak, hovli katalak bo‘lib qoladi», deb unamaganda Kesakpolvonning g‘ashi kelgan edi. Oshnasi «shu qo‘shningni iniga kirg‘izvormasam yurgan ekanman...» deganida Asadbek «Tinch qo‘y uni, menga shu hovli ham yetadi», deb qaytargandi. Kesakpolvon xojasining gapini ikki qilmay, Qamariddinni tinch qo‘ydi-yu, biroq, bu yondagi qo‘shnini avray-avray avval hovlisining yarmisini sotib oldirdi. Keyinroq «ikki qizingiz bilan hovlida nima qilasiz qiynalib», deb yurib, qolgan yarmini shahar markazidagi to‘rt xonali uyga almashtirdi-yu, so‘ng ko‘ngli orom topdi. Asadbekning «bekor qilding shu ishni», degan gapiga «Sening obro‘ying mening obro‘yim, sen bilan bir ish qiladigan odam avval uyingga qaraydi. Katalakda o‘tirsang birov aftingga boqmaydi», deb javob qaytargan edi. Kecha Manzura «uyni sotishmoqchimishmi...» deganida Asadbek Kesakpolvonning o‘sha paytdagi ahdini esladi. «Bu maraz yana menga yaxshi ko‘rinish uchun Qamar akani siquvga oldimikin?» deb o‘yladi. O‘g‘lining fikridan g‘ashlanishining ikkinchi sababi shu edi. Asadbekning qo‘shnichilik burchini bajarishi to‘y-ma’rakalarga birrov chiqib qo‘yishdan iborat edi. Ko‘chada ko‘rishib qolishgudek bo‘lishsa ham asosan salom-alik bilan kifoyalanardi. Asadbekning hovliga kirib kelishi Qamariddin uchun kutilmagan bo‘lgani bilan maqsadi ma’lum edi. Darvozaxonaga taqab chol-kampir uchun solingan pastak uyga kirib o‘tirishgach, duoyi-fotihadan so‘ng Asadbek gapni cho‘zib o‘tirmay muddaoga o‘tib qo‘ya qoldi. Bir paytlar hovliga xaridor bo‘l- gan odam, bugun yo ertaning o‘zida sotib oladi, degan ishonchdagi Qamariddin ham chaynalib o‘tirmay, niyatini ayta qoldi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling