Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
170 yana bo‘kib qolmasin. — Bek aka, joy tayyor edi-ya... — Senga o‘tir, dedim. Shu kotletning bittasini yeb berasan. Muovin o‘tirgach, Asadbek Manzuraga atalgan kotletni u tomon surib qo‘ydi. Muovin «seni deb men ham baloga qoldim-ku, ol ye», degan ma’noda xizmatchiga qaradi-yu, sanchiqqa qo‘l uzatdi. Manzura bu mojaro erining foydasiga hal bo‘lganini bilib tursa ham igna ustida o‘tirganday halovatini yo‘qotdi. Asadbek esa ko‘zini kotletxo‘rlardan uzmay jim o‘tirdi. «Yaxshiki bu bo‘g‘irsoq meni tanib qoldi,— deb o‘yladi u.— Bo‘lmasa oshxonadan ikki barzangi chiqib, ikki qo‘ltig‘imdan olib, ko‘chaga tashlarmidi? Ha, oppoq sochimning hurmatidan rahmi kelsa shunday qilardi. Berahmrog‘i xuddi axlatga tashlanadigan lattaday sudrab chiqardi. Balki xotinimning ko‘zi oldida bir-ikki tepki yeb sharmanda ham bo‘larmidim? Keyin-chi? Alamimdan Jamshidni yoki boshqasini yuborarmidim? Unda nima foyda?.. Endi yolg‘iz yuraman, bundan bu yog‘iga ahvol shumi? Odamlar izzat qiladi, deb taltayib yuravergan ekanman-da... Yonimda yigitlarim bo‘lmasa Asadbek deganlari sariq chaqadek gapmi? Boloxonadagi yigitlar ketishgach, uyimga it ham, bit ham bostirib kiraveradimi? Bu bo‘g‘irsoq hali o‘rnimni Haydarga bo‘shatib berganimni bilmaydi. Bilsa shu kotletni basharamga otishdan toymasmidi? U kechagi Asadbekdan qo‘rqyapti, bugungisining orqasiga tepishdan toymaydi...» Shu onda Asadbek yanglish fikr yuritayotgandi. Bu fikri o‘zi yaxshi ko‘rib aytib yuradigan «yo‘lbars-yo‘lbarsdir, hech qachon qo‘zichoq bo‘lmas», degan gapiga zid edi. To‘g‘ri, biron idora rahbari ishdan ketsa, unga poyi patak bo‘lib, laganbardorlik qilib yuruvchilar darrov to‘nni teskari kiyib oladilar. Ammo shaytanat olamida bunday holat kam uchraydi. Bunda yo‘lbars-ning yo‘lbarslik, bo‘rining bo‘rilik «guvohnomasi» olib qo‘yilsa ham u beozor jonivorga aylanmasligini barcha biladi. Bu olamda «guvohnoma» shunchaki olib qo‘yilmaydi, balki go‘rkovga topshiriluvchi «o‘lim haqidagi dalolatnoma» bilan almashtiriladi. Bunday dalolatnoma berilmas ekan, chetga surilgan odamdan baribir qo‘rqqulik. Shunga ko‘ra «Asadbek o‘yindan chiqibdi», degan gap tarqalgan taqdirda ham, «O‘qilon»ning avvalgi shuhrati atrofdagi odamlarni talvasadan qutqarmaydi. Ham chandir, ham hidlangan go‘shtdan tayyorlangan kotletni chaynayotgan muovin ham bundan mustasno emas. Ayni damda birov kelib unga: «Jinni bo‘lmasang-chi, bu odam endi hech kim emas», desa ham u «Shu qiymani yeb o‘lmasman, lekin yemasam o‘lishim ehtimoli bor», degan ehtiyotda Asadbek amridan baribir bo‘yin tovlamasdi. Likopcha bo‘shagach, muovin ichkarida joy tayyor ekanini yana eslatdi. Manzura esa «adasi ketaqolaylik» degan ma’noda yalinib qaradi. Asadbek har ikkala taklifni e’tiborsiz qoldirib indamay o‘tiraverdi. U bezatilgan dasturxon uchun past ketib, joyni o‘zgartirishni istamadi. Muovin dasturxon shu yerda bezalishi shartligini uqib, ta’zim bilan iziga qaytdi. Avval dasturxon almashtirildi. Ular kirganda e’tiborsiz ravishda sigaret tutatib, bez bo‘lib o‘tirganlarning barchasi chaqqon tarzda xizmatga kirishdi. Faqat Natali deganlari ko‘rinmadi. Muovin «seni ko‘rsalar Bek akamning g‘ashlari keladi», deb uni oshxonadagi xizmatga qoldirgan edi. O‘ziga oro berib kiyingan uch yigit dasturxon usti noz-ne’matlar bilan bezalayotgan paytda restoranga bepisandlik bilan kirib kelib o‘rtada to‘xtashdi. Oldinroqda turgani o‘tirganlarga bir-bir qarab, kimnidir qidirganday bo‘ldi. So‘ng to‘rdagi stol atrofida o‘tirgan uch erkak, ikki juvondan iborat davra sari yurdi-da, uni ko‘rib sarosima bilan o‘rnidan qo‘zg‘olgan chiroyli juvonga tarsaki tushurdi. Buni ko‘rgan Manzura cho‘chib yoqasini ushlaganicha najot ko‘zlari bilan eriga qaradi. Asadbek xotinining xavotirini sezmagandek, xuddi zerikarli kinoni esnab tamosha qi-layotgan odam singari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling