Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
169 — Mana shu kievcha kotletni senga ilindim. Ol, ye! — deb amr qildi Asadbek. — Qornim to‘q, yemayman, — dedi xizmatchi. — To‘q bo‘lsang ham ye. — Yaxshi pishmabdimi, sizga yoqmadimi? — Yeyaver, zo‘r pishgan. Xizmatchi bu mijozdan oson qutula olmasligini fahmlab qiymadan ozgina ushatib oldi. Xuddi totli taom yeyayotganday chapillatib chaynab, tezgina yuta qoldi. — Xo‘sh, yoqdimi? O‘lgan eshakning go‘shtimidi bu? — Yomon emas-ku, sizga nimasi yoqmadi? — dedi xizmatchi bir yutinib qo‘yib. Taomning yomon emasligiga o‘zi ham ishonmagani uchun bu gapni popugi pasaygan tarzda, Asadbekning ko‘zlariga qaray olmagan ravishda gapirdi. — Itga bersang it yemaydi buni, yana yomonmas deysan-a! — Asadbek shunday deb bo‘ralab so‘kdi-da, likopchani uning oldiga surdi: — Oxirigacha yeysan. Yemasang emchakxaltangga solib beraman, uyga borganingda kechasi bilan kavshab chiqasan. — Siz menga qo‘pollik qilmang, — xizmatchi shunday deb o‘rnidan turmoqchi edi, Asadbek uni bilagidan ushlab tortib, joyiga o‘tqazib qo‘ydi. Bunga ko‘zlari tushgan xizmatchilardan ikkitasi yugurib kelishdi: — Natali, nima gap? — Grajdanin nega to‘palon qilyapsiz? Asadbek ularga bir xo‘mrayib qaradi-yu, indamadi. «Natali» deyilguvchi xizmatchiga esa yana amr qildi: — Ye! Ko‘zlari javdirab Manzura o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi: — Adasi... — O‘tir joyingga! Xizmatchilardan biri tez-tez yurib qalin parda ortidagi oshxona tomon o‘tdi. Dam o‘tmay o‘sha tomonda restoran xo‘jayinining muovini ko‘rindi. U avvaliga sochlari oqarib ketgan Asadbekni tanimadi. Dadil yurib kelayotib, Asadbekning o‘tkir nigohi bilan ko‘zlari to‘qnashdi-yu, birov oyog‘iga o‘roq urganday taqqa to‘xtadi. Shu nafasning o‘zida tizzasiga qaltiroq yugurdi. Ammo turli odamlarni ko‘raverib, muomalaning ming bir turini o‘zlashtirgan muovin tezda o‘zini qo‘lga oldi. Noxushlikdan xabar berib, endi ergashib kelayotgan xizmatchiga o‘girilib, bir nima deb shivirladi. Xizmatchi «ma’qul» ishorasini qilgach, epchillik bilan oldinga o‘tib, dugonalarining himoyasiga shay turgan ikki ayolni asta turtdi-da, nariga boshladi. «Nega bir o‘zlari? Nega bizni hech kim ogohlantirmadi?» — Muovin shu savollar to‘riga o‘ralib Asadbekka ro‘para bo‘lgach, ta’zim bilan salom berdi. — Bek aka, g‘aflatda qolibmiz, uzr... «Ha, hali ham Bek akangman. Bek akangligimcha qolaman! «Asadbek shu gapni ko‘nglidan o‘tqazib unga qaradi-yu, tanimadi. Yaqin uch-to‘rt yil ichida bu restoranga kirmagani uchun xo‘jayini kim, shotirlari kim bilmasdi. Buni yo Chuvrindi yo Kesakpolvon yaxshi bilardi. — Xo‘jayin senmisan bu yerga? — deb so‘radi Asadbek. — Yo‘q... xo‘jayin... o‘zingiz bilasiz, Norbo‘ta akamgilar. Sal toblari yo‘qroq edi, izg‘irinda belni oldirib qo‘yibdilar. — Senlarni beldan emas, kalladan olgan. — Bek aka, bu yoqda joy tayyor edi, o‘taylik. Natali, tur, ishingni qil. Xo‘jayini talabi bilan qo‘zg‘olgan xizmatchini Asadbek qahrli qarashi bilan joyiga mixladi- da, hamon ta’zimda turgan muovinga buyurdi: — Sen ham o‘tir, Natali jononingga qarashib yuborasan. Buning o‘zi tirsillab turibdi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling