Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
172 — Yigirmalari o‘tdi... Mayli, siz nima desangiz shu. Lekin.. kunini belgilab, to‘yga aytaversak bo‘larmidi... bilasiz-ku, odamlar tillari bilan yuradigan bo‘lib ketishgan... — Yaxshi... Bor, Samadingni chaqir. Manzura gapni ko‘paytirmay o‘rnidan chaqqon turdi-da, o‘g‘lini boshlab qaytdi. U to‘yning maslahati bo‘lar, degan fikrda yana erining ro‘parasidan joy oldi. Lekin Asadbek hozirgina to‘y haqida gap bo‘lganini unutganday o‘g‘lidan butunlay boshqa narsani so‘radi: — Kecha Qamar amaking chiqibdilarmi? Nimalarni gaplashding? Manzura Abdusamadni boshlab kelayotganida yo‘l-yo‘lakay «adanglar to‘y kunini belgilamoqchilar, tortinmay gapingni aytaver», deb shipshib qo‘ygan edi. Shu sababli o‘g‘il otasining savolidan ajablanib, onasiga qarab qo‘ydi. Manzura «qaydam, o‘zim ham hayronman, bu kechagi gap edi...» deganday pastki labini asta tishlab, nigohini olib qochdi. Abdusamad esa mujmalroq tarzda: — Uyni sotmoqchimishlar, puldan qiynalib qolishganmish, — deb javob qildi. — Sen nima deding? — Adamlar bilan maslahatlashaman, dedim. — Durust... — Asadbek shunday deb o‘g‘liga sinovchan tikildi. — «Sotaman», deb boshqalarga ham aytibdimi? — Yo‘q. Birinchi biznikiga chiqibdilar. Gaplarining mazmunidan bizga sotmoqchiga o‘xshaydilar. — O‘zing nima deysan? — Siz nima desangiz... — Men sening fikringni bilmoqchiman. Senam bitta oilaga bosh bo‘lyapsan. Chetning hayotini ko‘rding. Qani, bir nima degin-chi? Bu gapdan so‘ng ona-bola ko‘z urishtirib oldilar. — Oyingga qarama, men sendan so‘rayapman, menga qarab gapir. — Sotishga astoydil ahd qilishgan bo‘lsa... olganimiz ma’qulroqmikin? — Sen unaqa mijg‘ovlik qilma. Kechadan beri o‘ylangandirsan, aniq bir fikrga kelgandirsan? Sotib olganmiz ma’qulroqmi yo sotib olishimiz kerakmi? — Adasi, bunaqa gaplarni bilmaydi hali... — shunday deb oraga tushgan Manzura «Sen aqling yetmagan ishlarga aralashma», degan tanbeh bilan jim bo‘la qoldi. — Oying senlarni hali ham yosh bola fahmlaydi,— dedi Asadbek o‘g‘liga, so‘ng xotiniga yuzlandi: — baloni bilishadi bu bollaring. Chetda o‘qiganlarni sen anoyi dema. Asadbek keyingi luqmasini jindak mehr bilan ayt-gan bo‘lsa-da, Abdusamad aniq fikrini bildirishga jur’at etolmadi. Otasi talabini yana qaytargach: — Olganimiz yaxshi, — dedi. — Qamar amakingga shunday dedingmi? — Yo‘q, «adam biladilar», dedim. — Yaxshi, yaxshi... uy sotilsa biz olishimiz kerak...— Asadbek o‘g‘lidan ko‘z uzmagan holda piyolaning chetiga chertib qo‘ydi. — O‘g‘lim, uyimiz torlik qilib qoldimi, sig‘mayapsizmi? Sizlashga o‘tilishi yaxshilik alomati emasligini bilgan Manzura bezovtalanib, erini chalg‘itish maqsadida: — Adasi, choy quyaymi? — deb so‘radi. Asadbek bu gapga e’tibor qilmay, o‘g‘liga qattiq tikilganicha javob kutdi: — Sizdan so‘rayapman, sig‘mayapsizlarmi? Boshqa uy-joy qilib beraymi? Abdusamad boshini eggan holda o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi: — Ada, unaqa deganim yo‘q-ku... — Bitta qoringa siqqan aka-uka bitta uyga sig‘masligini bilaman. Siz o‘qishingizni bitirib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling