Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
168 — Manpar yo‘q, umuman suyuq ovqat yo‘q, — dedi xizmatchi bir oz ensasi qotgan tarzda. — Unda toboqi jo‘ja olib keling,— dedi Asadbek. — Bunaqasini uyingizga borganda yeysiz, bizda umuman toboqi bo‘lmaydi, — dedi xizmatchi endi qo‘rsroq ohangda. Manzura «bu qo‘rslikdan erim sachrab ketmasin», degan hadikda unga qarab: — Kievcha kotlet beraversin, mayli, — dedi. Xotinining muloyim ohangdagi bu so‘rovi bo‘lmaganda Asadbek chindan ham bir-ikki «shirin» gap aytishdan o‘zini tiymagan, xizmatchi juvon esa shu bahonada onasining qaysi mahluqqa qo‘shilishi oqibatida dunyoda kelganini bilib olgan bo‘lardi. Asadbek «Umring bo‘yi kievcha kotlet yeyishni orzu qilib, endi shu yerda yetishdingmi?» degan ma’noda Manzuraga qaradi-da, xizmatchiga: — Ikkita kievcha kotlet. Xotinimning boshi shunga qorong‘u bo‘lgan, — dedi. Juvon bu hazilga e’tibor bermay, daftarchasiga buyurtmani yozdi-da, «Yana nima?» deb so‘radi. — Bo‘ldi, — dedi Asadbek. — Salat... vino?.. Xizmatchining takliflari chala qoldi. Asadbek qo‘pol ravishda: — Nima kerakligini senga aytdim, — dedi. Xizmatchi juvon ensasi qotganini yashirmay burilib ketgach, Asadbek so‘kinib qo‘ydi. — Uyga bora qolsak bo‘lardi, — dedi Manzura, yalinish ohangida. — Yo‘q, kotlet, dedingmi, endi yeysan shu kotletni, — dedi Asadbek. — Voy, qornim to‘q, — dedi Manzura og‘ir jazoga hukm bo‘lgan odam kabi cho‘chib. Xotinining bu sarosimasini ko‘rib Asadbek kulib qo‘ydi: — Ke, endi sen ham bir yayrab o‘tirgin. Bizning qudalaringdan kamimiz bormi? Biz ham yeb ko‘raylik o‘sha kotletni. U yoqlardagi xizmatchilar qanaqa ekan, shunaqa lopillagan xotinlarmi? — Yo‘g‘a, u yoqda yosh yigitlar xizmat qilisharkan. Shamolday yelib-yugurishadi, baraka topgurlar. Dasturxonga bitta ushoq tushsa darrov tozalashadi. Men o‘zimizning odatimizni qilib qoshiqni sochiqqa artsam, Hamidingiz «unaqa qilmang, xizmatchi yigitni baloga qo‘yasiz», deydi. — Nega? — deb ajablandi Asadbek. — Xo‘jayin ko‘rib qolsa «qoshiqni yaxshi tozalamay qo‘ygan ekansan», deb uni ishdan haydab yuborarkanda... Nihoyat, kievcha kotlet ham keldi. Asadbek sanchiqda bir tishlam uzib olib, og‘ziga soldi- yu, tuflab tashlashni yoki yutishni bilmay, javdirab qoldi. Manzura erining holini fahmlab kuldonni u tomon surdi-da: — Ko‘nglingiz tortmasa yemang, adasi, — dedi. Asadbek chala chaynalgan qiymani tashladi-da, baland ovoz bilan xizmatchi ayolni chaqirdi. Manzura janjalning hidi kelib qolgani sababli turishga taraddudlandi. — Adasi, yuring, ketaqolaylik, bolalar ham qaytishgandir. — O‘tir, — dedi Asadbek amr ohangida. — Men bu yerga ovqat yegani kelganman. Ikkinchi chaqirishdan so‘ng xizmatchi keldi-da «Buncha betoqatsiz?» deganday qoshlarini chimirdi. — O‘tir, — dedi Asadbek. — Mijozlar bilan o‘tirish mumkinmas, — dedi xizmatchi. — Men sening mijozingmasman, o‘tir degandan ke-yin o‘tir. Oppoq sochli bu odamning ko‘zlarida chaqnayotgan qahr-g‘azab uchquni xizmatchini omonat tarzda bo‘lsa-da, o‘tirishga majbur etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling