Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
181 bitta meni jazolayman, deb shuncha odamni suvga cho‘ktirasanmi?» Uning nolalariga javoban: «Ey gunohkor banda, sen «bular mening kasrimga qolishdi», deb kuyinma, bu kemaga xuddi senga o‘xshaganlar to‘plangan», degan ovoz kelgan ekan... Bu uch odam ham shunday. Ularning hayot kemalari allaqachon falokatga uchrab cho‘ka boshlagan, ammo g‘ofillar sezmaydilar. Fohishaga-ku, insof kirib, tavba qilibdi, ammo bularning qotgan tillariga tavba kalimasi o‘limdan bo‘sa olgunlariga qadar kelmas... Uch odamning biri — Kesakpolvon. U Asadbeknikidan chiqib, mashinasini qozixona tomon burdi. (Qozini ko‘rib Asadbek g‘ashlanmasin, degan fikrda uni choyxonada qoldirib, mashinani o‘zi haydab kelgan edi.) Qozining ichkarida emas, choyxonaning panjarali darvozasi yonida turishi Kesakpolvonni sergaklantirdi. «Bir gap bo‘lganov» degan fikrda mashinadan tushmay o‘tiraverdi. Qozi ildam yaqinlashib, «Nima gap?» degan savolni kutmay hisob berdi: — Selim degan odamdan xabar keldi. Maskovlik mehmon bilan kutishayotganmish. — Maskovlik? — «Xongireymikin?» — Kesakpolvon xayoliga kelgan gumonini haqiqatga aylanishini istab: — Kim ekan? — deb so‘radi. — Otini aytmadi. — Otini aytmadi, deb og‘zingga pashsha qo‘ndirib o‘tiraver, — Kesakpolvon so‘kinib, qozi uzatgan bir parcha qog‘ozga ko‘z tashladi. Qog‘oz parchasiga qing‘ir-qiyshiq xarflar bilan bir uyning manzili yozilgan edi. «Mehmonxonada turibman, devdi, bunisi qanaqa uy bo‘ldi?» Kesakpolvon shu xayol bilan eshikni yopmoqchi bo‘lganida Qozi xushxabar aytdi: — Bolalar do‘xtirni topishibdi. Siz aytganday tuxum bosib o‘tirgan ekan, tuxumini quritib qo‘ya qolishibdi. Xumkalla bilan achom-achom qilib yotishibdi. Kecha kechqurun axlatxonadagi itlarning bazmi bo‘lgan,— Qozi shunday deb suyunchi ilinjida tirjayib qo‘ydi. Kesakpolvon bir nafas o‘ylandi-da, bosh chayqadi: — Bekor o‘ldiribsanlar, bizga xalaqit bermas edi. Qozi «o‘zingiz buyurgan edingiz», demadi. Yuzidagi sovuq kulgi yo‘qolib, «aybdorman» deganday bo‘ynini qisdi. Kesakpolvon qog‘oz parchasiga yozilgan manzildagi uyni qiynalmay topdi. Tashqi ko‘rinishi diqqatni tortmaydigan bu uyda kim yashashini o‘zicha taxmin qilib «Selimning shotiri tursa kerak», degan to‘xtamga keldi. Ichkaridagi hashamni ko‘rgach esa fikridan qayt-di. U manzilga yetib kelgunicha ham «Mehmon — Xongireydir», degan umidda edi. Nazarida Xongireyning keluvi uning obro‘-martabasini ancha yuqori ko‘tarib qo‘yuvi mumkin edi. Hatto Kesakpolvonning xushini o‘g‘irlaydigan tarz-da shohona bezatilgan keng xonada Selim bilan Mamatbey qahva ichib o‘tirishardi. Kutgani, umid qilgani Xongirey o‘rniga Mamatbeyni ko‘rgan Kesakpolvonning xafsalasi pir bo‘ldi. — O‘-o‘, jan qardash, yo‘llaringga ko‘z tikib, ko‘zlarimiz to‘rt emas, to‘rt yuz bo‘lmish. Omonmisan, qardosh, qaylarda yuribsan? — Bek bilan choyxo‘rlik qiluvdik, — dedi Kesakpolvon gapni aylantirmay. — Asadbek bilanmi? — deb ajablandi Selim. — Men bitta bekni bilaman,— dedi Kesakpolvon. — Oh, go‘zal, g‘oyat go‘zal, — dedi Mamatbey kulimsirab. — Bekning ahvol-ruhiyasi nechukdir? O‘g‘li sog‘-mi? — Hammasi soppa-sog‘, — Kesakpolvon Mamatbeyning bu savolidan ajablansa-da, «Nega o‘g‘ilning sog‘-lig‘i bilan qiziqib qolding?» deb so‘ramadi. — Asadbek bilan uzilishib ketmadilaringmi? — deb so‘radi Selim. — Nega uzilishamiz? Hamma ish oppa-oson hal bo‘ldi. Xongirey oshni yaxshi pishirib yuborgan ekan. Bekning o‘zi suzib berdi. — Selimning xo‘jalarcha savolga tutishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling