Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
189 Yigit bu gapdan keyin iziga qaytish o‘rniga Asadbekka qarab olib, yana oldinga yurdi. Bo‘tqa o‘rnidan turib, uning yo‘lini to‘sdi: — Berk deyapman-ku! — Bitta qahva bering, sovubroq qolgan bo‘lsa ham mayli. — Qahvani Braziliyaga ekib qo‘yishibdi, pishganda kelasan. Yigit yana Asadbekka qarab oldi: — Bu amakimizdan bir narsa so‘rasam maylimi? — Maylimas, amakingning boshi og‘rib turibdi, bo‘ldi, chiqlaring, — Bo‘tqa shunday deb yigitning yelkasidan tutdi. — Xo‘p, ketamiz, — yigit shunday deb yana Asadbekka qaradi: — Amaki, men sizning suratingizni uyimizdagi albomda ko‘rganman. Men Petrenkoning o‘g‘liman. Eslaysizmi, armiyada birga xizmat qilgan ekansiz. Bu gapni eshitib Bo‘tqa «Ertalab telefon qilgan senmiding yo adangmidi?» deganday qarab qo‘ydi. Asadbek esa kutgan odami kelganini anglasa ham sezdirmaslikka harakat qilib bosh chayqadi: — Petrenko? Bunaqa tanishim yo‘q. Armiyada ham bo‘lmaganman. Lekin sening yuz- ko‘zlaring menga kimnidir eslatyapti. Qani, bu yoqqa o‘tib o‘tir-chi. Qizing ham o‘tirsin. — Ular o‘tirgach, Asadbek ajablanib turgan Bo‘tqaga muloyim ovozda buyurdi: — Rasul, bular mehmonga o‘xshashyapti, qahva qaynatib bergin, — Bo‘tqa amrga itoat etib oshxona tomon yurgach, yana yigitga qaradi: — Xo‘sh, mehmonlar, qaerliksizlar? — Biz mehmon emasmiz, shu yerlikmiz, aylanib yurib bir qahva ichmoqchiydik. Dadam hozir Tomskdagi qarindoshlarnikida dam olyatuvdilar. Men ham ertaga o‘sha yoqqa ketyapman. Safardan oldin Yulya bilan sayrga chiquvdik. Siz Tomskda bo‘lganmisiz? — Yo‘q, bunaqa shahar borligini endi sizdan eshit-yapman. — Voy, — deb ajablandi qiz, beixtiyor suhbatga qo‘shilib, — geografiyadan o‘qimaganmisiz? — Men maktabda ikkichi edim, — dedi Asadbek kulimsirab. — Axir... — Yulya, iltimos, aralashmay turgin. Amaki, siz Tomskka albatta boring, zo‘r shahar! Dadam u yerda tug‘ilmagan bo‘lsalar ham «ikkinchi vatanim» deydilar,— yigit shunday deb pidjagining ich cho‘ntagidan bir nechta foto surat chiqardi: — mana qarang-a, chiroylimi? Asadbek shahar manzarasi aks etgan suratlarni qiziqib tamosha qilganday bo‘ldi. — Bular sizga esdalik, — yigit shunday deb suratlarni Asadbekka uzatdi. Yigit sergap ekan, qahvani ichib bo‘lgunicha ham gapdan tinmadi. Bo‘tqa uni gardanidan changallagancha ko‘chaga sudrab chiqqisi keldi. Asadbek esa uning quvligiga tan berib, kulimsirab o‘tiraverdi. Yigit mehmondorchilik uchun rahmat aytib, qizini yetaklab chiqib ketgach, Bo‘tqa: — Bir siltovi kamroq-ku bu bolaning, qandoq chidab o‘tirdingiz? — deb so‘radi. — Bunaqa almoyi-aljoyi gaplarni anchadan beri eshitmovdim. Gapi nima bilan tugashiga qiziqib o‘tiraverdim. — Qizi shkalat ekan, bitta imo qilganingizda bolani chiqqan joyiga kirg‘izvorardim. — Qo‘y, boyaqish ertaga otasining oldiga ketayotgan ekan. Sen bilan meni Tomsk degan shaharga taklif qildi, boramizmi? — Be, sovuq joylarda nima bor, iliklarni to‘g‘natib nima qilamiz. Bizga Yalta yarashadi. «Puling bo‘lsa xaltada — boravergin Yaltaga, puling bo‘lmasa xalta- da — pishirib qo‘yibdimi senga Yaltada?» — Bo‘tqa shunday deb huzurlanib kuldi. «Ilgari ro‘paramda titrab turishardi. Tuzuk-ku, maqolni ham bilarkan. Yana ozgina bo‘shashsam boshimga chiqib olar?» Bu fikrdan g‘ashlangan Asadbek qovoq uydi. Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 190 Quyushqondan chiqib noo‘rin hazil qilganini ang-lagan Bo‘tqa darrov lab-lunjini yig‘ishtirib oldi. — Bo‘tqasanda bola, haqiqiy bo‘tqasan, — Asadbek shunday deb zaxarli tarzda kuldi-da, o‘rnidan turib eshik tomon yurdi. Download 5.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling