Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
186 tanitmadi. U yoqdagi ishlarning ostin-ustin bo‘lib ketishidan xavotirlangani sababli emas, balki joni ko‘ziga ko‘rinayotgani uchun o‘zining kimligini fosh qilolmasdi. Agar maxsus topshiriq bilan jinoyatchi to‘daga kirib ishlaganini bilib qolishsa, bu azamat hamkasblari tovoniga urib, lazzatlanib o‘tirishmaydi. «Choyshabni yirtib, o‘zini osibdi», degan xulosani yozib, «yirik narkokurer»ning «Ish»ini yopib qo‘ya qolishadi. 3 Manzura «kuyovingizni bir marta ham borib ko‘rmadingiz-a», deb xarxasha qilaverganidan keyin Asadbek kasalxonaga otlandi. Avvaliga o‘limini istagan, so‘ng rahmi kelib olib qolgan odamni yo‘qlashni o‘zi uchun past ketish deb hisoblayotgan Asadbek kasalxona darvozasiga yetmayoq iziga qaytgisi keldi. Garchi «shu odam yashasin», deb marhamat qilgan bo‘lsa-da, kuyovining gunohini hali kechmagan edi. Suyukli qizi Zaynabning qora kunlari uchun Elchinni kechirish mumkin ham emasdi. U taqdirning qora o‘yinlari bilan murosa qilishga majbur edi. Orada qizining taqdiri bor ekan, har qanday ablahning mal’unliklariga chidashdan o‘zga chorasi ham yo‘q edi. Hamshira bilak tomirini topolmay igna sanchaverib Elchinning tinkasini quritgan damda Asadbek boshtabib kuzatuvida kirib keldi. Hamshira ularni ko‘rib, ishini chala tashlaganicha chiqdi. Qaynota bilan kuyovning ko‘zlari to‘qnashdi. — Bilib turib atay qildingiz-a? — dedi Elchinning ko‘zlari. — Bunchalik makkorligingizni hisobga olmagan ekanman. Bir qo‘lingiz bilan boshimni silab, ikkinchisi bilan jonimni sug‘urib olmoqchi bo‘ldingiz-a?! — Sen bola bundan battar azoblarga loyiqsan, — dedi Asadbekning ko‘zlari. — Men umr bo‘yi azob tortgin, deb seni o‘limdan saqlab qoldim. Sen mening yuragimni tilib, tuz sepgansan. Bu yara o‘lgunimcha meni azoblaydi. Sen ham o‘lguningcha qaqshaysan. Shunda hisob-kitobimiz to‘g‘ri bo‘ladi... Ko‘zlarining suhbati tilga ko‘chmadi. Boshtabib huzurida bunday tikilib turaverish noqulay bo‘lgani uchun Asadbek: — Qalaysiz hofiz, opoqmisiz? — dedi. U mehribon ota kabi hol so‘ramoqchi edi, ammo mehrdan mahrum dildan tilga shirin so‘z chiqmas ekan. Elchin lablarini behol qimirlatib «rahmat» deganday bo‘ldi. Qaynota bilan kuyovning suhbati asosan shu bilan cheklandi. Bularning o‘rniga boshtabib gapirib «Elchinbekning ahvol-ruhiyasi yaxshi tomonga o‘zgarayotganini» ta’riflab ketdi. Hatto tabobat tarixidan ozgina gapirib o‘tdi. Bir-biriga unsiz ravishda tikilib turgandan ko‘ra bu odamning sayrashini ma’qul deb bilgan Asadbek luqma ham tashlamadi, gapini kesib ham qo‘ymadi. Elchin horigan tarzda ko‘zlarini yumgach, Asadbek o‘rnidan turdi. Qaytishda shahar markazidagi uch qavatli imorat yerto‘lasiga joylashgan, «videobar» niqobidagi idorasiga kirdi. Dahlizda Bo‘tqa bilan Jamshid televizor ko‘rib o‘tirishgan edi. Eshikka orqa qilib o‘tirishgani uchun ikkovlari ham Bek akalarining kirib kelganini sezishmadi. Asadbek: — Birov kelib dastmoyalaringni kesib ketsa ham bilmaysanlar-a! — deb baqirib bergach, baravariga sapchib turdilar. — Bo‘tqa, bu yer idorami, yo amma-xolangning tavonxonasimi?! O‘zini oqlashga urinish, kechirim so‘rashning foydasizligini bilgan Bo‘tqa «Bek aka...» deganicha boshini egib turaverdi. Asadbek xonasining eshigini ochib, orqasiga qaramay «Jamshid» deb chaqirdi-da, ichkari kirdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling