Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet190/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

XV b o b 
1 
Deyilmishkim, aqlan oliy maqomga yetishganlar uch narsaga: Tangri taolo belgilamish 
taqdirga, o‘zi kabi va o‘zidan ulug‘roq kimsalarga, donolarning so‘zlariga bosh 
egarmishlar. Maydakash odamlar esa taqdir yozug‘i nima ekanini fahm etmaydilar, 
undan qo‘rqmaydilar, ulug‘larni mensimaydilar, donolarning so‘zlarini eshitib, ularni 
masxara qiladilar. 
Dunyodagi har narsa o‘z jufti bilan, yana o‘z muqobili bilan yaralmish ekan. Ya’nikim, 
oqning muqobili qora, shirin ro‘parasida achchiq, mehrning ziddida qahr, shafqat 
qarshisida zulm mavjud. Eng ulug‘ muqobillik esa — o‘lim va hayotdir. 
Olamda aqlli odamlar bor. 
Aqlsizlar kam emas. 
Ajab haqiqat shuki, hech kim o‘zining ahmoqligini tan olmaydi. 
Aqllilik va aqlsizlik... Buning o‘lchovi bormi? Me’yori mavjudmi? 
Hayot ne’matlaridan har ikki toifa ham bahramand bo‘ladi. 
O‘lim sharbati har ikki toifaga nasib etadi. 
Odamlar aqllilarning uzoqroq yashashlarini istashadi. 
Lekin aksi bo‘lib chiqaveradi: 
Tor bo‘lib qoladi zamon donoga... 
Baloga aylanib qoladi aqllilik... 
Zohid Anvarning kundaliklarini o‘qib shu fikrga keldi. Anvarning fikrlari uni bir necha kun 
davomida ta’qib etib yurdi. Ayniqsa kundalik so‘ngidagi bir to‘rtlik xotirasiga osongina 
muhrlanib qoldi: 
«Afsuskim, bekordan bekor so‘ldik biz, 
Falakning dastidan kukun bo‘ldik biz. 
Ko‘z ochib yumguncha ko‘rgan alamdan 
Tilakka yetolmay, oxir o‘ldik biz...» 
«Falakning dastidan kukun bo‘ldik...» Aslida bu har bir odamning qismatida bor. 
Tuproqdan yasal- mish odam bolasi oxir-oqibat tuproqqa qorishmagi aniq. Ammo 
unga qadar... Bekordan bekorga so‘lish bor. 
Anvarning yozuvlaridan ta’sirlangan Zohid ko‘proq o‘sha «bekordan bekor so‘lish» 
haqida o‘ylardi. 
Yuzakiroq qaraganda Zohid bilan Anvarning yashamoqdan maqsadlarida yaqinlik bordek 
ko‘rinadi. Unisi ham bunisi ham adolat, holi hayotda haqiqat izlab sarsari kezuvchilardan 
edi. Ajab-ajabki, birovining orzusidagi adolat va haqiqat ikkinchisinikiga uncha 
o‘xshamasdi. Yana ajabki, birovi haqiqatni sirtmoqda ko‘rdi, ikkinchisi kurashdagi 
azobda, orzudagi rohatda deb bilib, hamon sarob sari odimlaydi. Tilakka yetolmay o‘tib 
ketishini anglab tursa ham qaysarlik bilan qadam bosadi.
Yana ajab-ajabki, dunyo dunyo bo‘lganidan beri hali hech kim «tilaklarimga yetib jon 
beryapman», demagan. Chunki tilak deganlari hamisha homilador. Biriga yetilsa, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling