Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
2
Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 192 Zohid Said Qodirovning bu safargi yo‘qlovidan asosiy maqsadni durust anglamadi. U odatdagiday Mirkarimovning o‘limi asadbeklar to‘dasiga bog‘lanyaptimi yo yo‘qmi, deb qiziqdi. Zohid gumonlarning biri zaif bo‘lsa-da, hamon shu to‘daga bog‘lanib turganini ayt- di-yu, biroq yangi tug‘ilgan shubhalarini bayon qilib o‘tirmadi. — Mahmud Ehsonovning o‘limidan keyin to‘dada biron o‘zgarish sezilmayaptimi, mish- mishlar nima deydi? Zohid Said Qodirovning bu ilmoqli savoliga darrov javob bermadi. «Meni mish-mish yig‘ib yuradi», deb eshituvdingizmi, demoqchi ham bo‘ldi-yu, tilini tiydi-da: — Asadbeklar bilan shug‘ullanmay qo‘yganman, — deb qo‘ya qoldi. — To‘da ichida qora mushuk g‘imirlab yurganga o‘xshaydi, — dedi Said Qodirov xuddi o‘ziga-o‘zi gapirayotganday. So‘ng «Nahot qiziqmay qo‘ydingiz?» degan savol nazari bilan qaradi-da, gapini davom etdi: — «KamAZ»ning haydovchisidan foyda yo‘qqa o‘xshab turibdi. Boshi katta, bo‘yi kalta odam esa izsiz yo‘qolgan. Mirodil Boyqo‘ziev deganini eshitganmisiz? — Yo‘q. — Uning xotini militsiyaga arz qilgan: eri yo‘qolibdi. Ehsonovning janozasidan keyin uni hech kim ko‘rmagan. Hozircha tirik odamlar orasidan qidirish-yapti. Bugun umid bor... bilmadim... ertaga balki qab-ristonlardan izlashga to‘g‘ri kelar... Ularning orasidan yana kimlar yo‘qolayotgan ekan... Said Qodirov aslida shu savolga javob topish maqsadida Zohidni yo‘qlagan edi. Doimiy ravishda ma’lumot yetkazib turuvchi Halimjonning to‘satdan yo‘qolib qolishi uni xavotirga sola boshlagan, ehtiyot chorasi sifatida Xalimjonning oilasini boshqa joyga ko‘chirtirgach, «biron gap eshitgandir», degan umidda Zohidni chaqirgandi. Chaqirishga chaqirdi-yu, «to‘dadagi odamimiz yo‘qoldi, surishtiring» demadi. Xalimjonni oshkor etishga hali fursat bor, deb o‘ylab, suhbatini chuchmal tarzda yakunladi. Zohid mana shundan ajablandi. Moskvadan javob keldimikin, degan ilinjda shahar prokuraturasidagi xonasiga kirdi. U Oysanam Erkaeva bilan akasining ko‘rsatmalaridan shubhalanib Moskvaga so‘rov yuborgan, Mirkarimov yo‘qolgan kecha bolalarga qanday multfilm ko‘rsatilganini aniqlab berishlarini iltimos qilgan edi. Bundan avvalroq shahar elektr tarmoqlari idorasi bilan bog‘lanib, o‘sha kech Mirkarimovning mahallasida elektr quvvati o‘chirib qo‘yilgan yoki o‘chirilmaganini surishtirgan edi. Shaharni elektr quvvati bilan ta’minlashda qiyinchilik mavjud bo‘lgani sababli mahallalarda navbatma-navbat chiroq o‘chirib qo‘yilardi. O‘sha hafta Mirkarimovning mahallasida chiroq o‘chirilmagani haqidagi ma’lumot Zohiddagi bitta shubhani yo‘qqa chiqardi. Ikkinchi shubhaning isboti Moskvadan kelajak ma’lumotga bog‘liq edi. Zohidning sezgisi aldamabdi: Moskvadan xabar kelibdi. Unda yozilishicha, o‘sha kech rasmiy majlisdagi Gorbachevning ma’ruzasi kutilgandan ko‘proq cho‘zilgani sababli bolalar uchun ertak ko‘rsatuvi umuman efirga chiqmagan, multfilm ham ko‘rsatilmagan... «Bu yog‘i qandoq bo‘ldi», — deb o‘yladi Zohid, — shuncha paytdan beri Erkaeva to‘qigan ertakka ishonib yurildimi? Endi... hammasini boshidan boshlash kerakmi?..» Zohid ishni qanday davom ettirishni o‘ylay-o‘ylay birinchi galda Oysanam yashayotgan uyni kuzatish kerak, degan qarorga keldi. Shu qarori bilan rahbariyat huzuriga kirib, ijozat oldi. Yaqin kunlarda Mirkarimovning uyida tintuv o‘tkazish niyatini esa oshkor etmadi. Uyni kuzatish bo‘yicha militsiya idorasi bilan bo‘ladigan rasmiyatchiliklarni bajargach, Zaripova bilan uchrashish uchun shahar turmasiga bordi. Zaripova — chiroyda Oysanamdan qolishmaydigan xushro‘y ayol — so‘roq xonasiga kirib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling