Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
157 fan doktori, professor maktabda ishlashi uchun jinni bo‘lishi kerakmi? Bolalar menga «ustoz» deb murojaat qilishadi. Institutdagi «Habib Sattorovich» bilan «ustoz» degan so‘z orasida farq bormi? Birinchisida samimiyat yo‘q, a? Shirin til bilan aytilsa ham, bu shirinlikning ortida ba’zan zahar turadi. Ikkinchisi juda-juda samimiy, beg‘ubor. Bu shirin tilning ortida zahar yo‘q, munofiqlik yo‘q. Bilasanmi, men hozir qanday ahvoldaman? Balchiqdan chiqib, yuvinib, toza havo olayotgan odamga o‘xshayman. Hatto ota uyimga ko‘chib keldim. Mendagi o‘zgarishdan onam ham hayronlar. Faqat... maktabda ishlayotganimni u kishiga aytmaganmiz. Aytsam... — Habib Sattorovich ayyorona jilmaydi, — balolarga qolaman. Mana, mendagi o‘zgarishlarning natijasi o‘laroq, seni yo‘qlab keldim. E’tibor qilgan bo‘lsang, shoshilmayapman. Mening o‘rnimga sen bezovtasan. «Domla chindan aynibdi, gapini tugata qol- sa-yu, ketsa, men chala ishlarimni bitirib olsam», deb o‘tiribsan. E’tiroz bildirma, bu — aksioma! Men o‘zgarishimni senga ko‘z-ko‘z qilgani kelmadim. Ishingga taalluqli bir fikr bor. Endi esim joyidaligida shuni aytay. — Sizda yana bitta o‘zgarish sezdim, aytaymi? — deb so‘radi Zohid, mug‘ombirlik bilan kulimsirab. — Albatta, — dedi Habib Sattorov. — Kinoyaga usta bo‘libsiz. Avval unaqa emasdingiz. Masalani qisqa va aniq ravishda aytardingiz. — Xuddi robotga o‘xshab, a? Ukam shunaqa deb tan-qid qilardi. Demak, ayniganim rost. — Ha, rost, lekin yaxshi tomonga. — Iltifoting uchun rahmat, azizim, endi eshit: sen matematika ilmidan yuz o‘girib, huquq ilmini tanlading. Ikkalasi butunlay boshqa-boshqa olammi? —Shunaqa. — Shunaqa emas, azizim. Shunaqaga o‘xshaydi. Piramida qoidasi esingdadir? — Habib Sattorov savoliga javob kutmay, yon cho‘ntagidan gugurt chiqardi-da, to‘rtta cho‘pni olib, uchtasining qalpoqchali boshlarini birlashtirdi. So‘ng to‘rtinchi cho‘pni o‘t oldirib qalpoqchalarga tutdi. «Pov» etib yonishi hamonoq puflab o‘chirgach, qalpoqchalar kuyib, bir-birlariga yopishdi-da, piramida shakli hosil bo‘ldi. Shundan keyin Habib Sattorov gapini davom ettirdi: — Bu men uchun piramida. Sen uchun-chi? Zohid ustozining maqsadini anglamay yelka qisdi: — Men uchun ham piramida-da. — Yo‘q, bu sening boshingni qotirayotgan jinoyatga oid ish. Demak, bu holda sen nima qilasan? Sen avval bitta cho‘pni turtkilab ko‘rasan. Keyin boshqasini. Lekin piramidani yiqolmaysan. Chunki piramidaning kuchi mana bu uch qismda. Sen avval mana bu birlashtirib turgan boshni ayirishing kerak. Shunda piramida o‘z-o‘zidan qulaydi. — Habib Sattorov shunday deb birlashib turgan boshchalarga asta chertgan edi, cho‘plar sochilib ketdi. — Xo‘sh, nima deysan? — Umuman... to‘g‘ri. — Unda bu g‘oyani sen shakllantir. Tuzukroq fikr uyg‘onsa, xabar berarsan, aqllasharmiz. Bo‘pti, men ketdim. — U shunday deb o‘rnidan turdi-yu, stol burchagidagi ikki daftar yodiga tushib, qaytib o‘tirdi. Daftarlarni qo‘lga oldi-da, varaqlab ko‘rib, Zohidga uzatdi: — Bu Anvar ukamning xotira daftari ekan. G‘alati narsalarni yozgan. Istasang o‘qib ko‘r, deb olib keldim. Umuman... uning o‘limini sizlar nima deysizlar, «baxt-siz tasodifmi?» Lekin... u jinni emasdi. Kimdir uni majbur qildi... Sizlar ruhan majbur qilgan odamni «qotil» demaysizlar, a? — Ariza bersangiz, tekshiriladi. — Yo‘q, ariza bermayman. Chunki arizaning oqibati ukam o‘ylab topgan formulaning yechimiday bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling